OLKA SHINOSLIKDA ARXIV SHINOSLIKNING AHAMIYATI
Reja:
1. Tarixiy o`lkashunoslikda yozma manbalarning ahamiyati va ularning turlari.
2. O`lkamiz tarixi to`g`risida dastlabki ma`lumotlar. (“Avesto”, boshqa fors manbalari, yunon-rim mualliflari asarlari, Xitoy manbalari).
3. Qadimgi yozuv yodgorliklari so`g`d, baqtriya va Xorazm yozuvlari.
4. O`rta asrlar davri arab va mahalliy mualliflarining asarlari.
5. Tarixiy o`lkashunoslikni o`rganishda arxiv manbalarining ahamiyati. Arxivshunoslik to`g`risida umumiy ma`lumotlar.
6. Qadimgi va o`rta asrlar davri arxivlari.
7. Mustaqillik davrdagi arxiv hujjatlari.
8. Arxiv hujjatlarini hisobga olish, saqlash va ularning foydalanish to`g`risida umumiy ma`lumotlar.
Ulka tarixini o`rganishda arxeologiya, etnografiya, yozma va moddiy madaniyat yodgorliklari bilan bir katorda arxivshunoslik, ya`ni arxiv xujjatlaridan foydalanishning axamiyati benixoya kattadir. Arxiv xujjatlarini kidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma`lumotlarni xayotga tadbik qilish bu juda murakkab ishdir. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, kolxoz, sov-xozlar, ayrim shaxslarning ko`p yillik faoliyatlari haqidaa ma`lumot va xujjatlar saqlanadi.
Yozma manbalar.
Yozma manbalar o`z navbatida ikki guruhga bo`linadi:
1.Rasmiy hujjatlar.
Oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan hujjatlar-yorliqar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-hisob daftrlari, rasmiy yozishmalar.
2.tarixiy, geo-kosmografiya, hamda biografik asarlar “Zafarnoma”, Yoqut Hamaviy- “Mo``jam ul-buldon”, Abu Tohir xo`ja “Samariya”, Xudoyberdi ibn Qo`shmuhammad “Dili g`aroyib”, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkarat ush-shuaro”, Bahouddin Hasan Nisoriy “Mazakkiri ahbob”, Mutribiy- “Xotiroti mutribiy”…
Ulka materiallaridan va uning asosiy manbalardan biri bulgan arxiv xujjatlaridan foydalanish metodikasi bilan shugullanish juda muhim axamiyatga ega.
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida teran yangilanishlar jarayoni boshlandi. Ushbu mas`uliyatli bir davrda tarixni o`rganish, uni haqqoniy baholash tarixchilar oldiga katta mas`uliyatli vaziflarni qo`yadi. Vazifa yangi o`quv qo`llanmalarni, ma`ruza matnlarini va darsliklarini yaratishdan iborat.
Tarix fani taraqqiyotini belgilovchi omillar orasid arxiv materiallari, ayniqsa diqqatga sazovordir. Shuning uchun tarixiy jarayonlarni yoritishda arxiv hujjatlarini qayta tadqiq va tahlil etish masalasi ayniqsa muhimdir.
Arxiv so`zi bu lotincha “arxivium” –tushunchasidan olingan bo`lib, aslida-hukumat binosi-degan ma`noni anglatadi. Lekin “arxiv” atamasining hozirgi qo`llanilishida “hujjatlar saqlanadigan maxsus bino”-degan mazmunni anglash kerak.
O`zbek davlatchiligi tarixida arxivlar yozuv bilan birga paydo bo`lgan. Qadimshunoslar ko`hna Tuproqqal`aga tegishli III-IV asr boshlariga oid boshqa hujjatlar topilgan. 1930 yilda Pnjikent shahri yaqinidagi Mug` tog`laridagi arxeologik manzillardan So`g`diyona davlatlriga tegishli Divashtich arxivi xarobalari topildi. Qazishmalar natijasida VIII asrga oid saqsonga yaqin so`g`d tilida hjjatlar saqlanganligi aniqlangan. IX-X asrlarga oid Somoniylar davlatining poytaxti Buxoroda Abu Ali ibn Sino foydalangan yirik arxiv-kutubxona bo`lgan. Keyingi davrlardagi davlatlarda, ayniqsa temuriylar davrida mahkamalarda hujjatlarni saqlashga birmuncha e`tibor berildi. Biroq so`nggi yillardagi xonliklar o`rtasidagi o`zaro urushlar natijasid ko`pgina arxiv hujjatlar yo`q qilib yuborildi.
Arxivshunoslik kursi tarix fanining boshqa yo`nalishlari o`lkashunoslik, manbashunoslik, tarixshunoslik, muzeyshunoslik va shu kabi kurslari bilan ham chambarchas bog`liq. Talabalar tarix fanining ushbu yo`nalishlari bilan tanishar ekan arxivshunoslik kursining nazariy asoslarini ham to`laroq tushuna boshlaydi. Lekin talaba uchun arxivshunoslik kursining hozirgi bosqichdagi nazariyasi va amaliyoti nihoyatda muhim bir kasbiy mavqeni egallaydi.
Bugungi taraqqiyotda har bir tashkilot o`z xizmati nuqtai-nazaridan faoliyat ko`rsatar ekan hujjatlarni ijod qilib, yaratibgina qolmasdan, chetdan o`ziga zarur bo`lgan axborotlarni hujjatlar vositasida qabul qilib ham oladi. Korxonami yoki shaxsning mana shunday faoliyati natijasida to`planadigan yozma ma`lumotlar-hujjatlar-fondi (jamg`armasi)ni tashkil etadi.
Ko`pchilik korxonalarda arxiv faoliyatini yuritish va arxiv ishini bajarish amaliyotidan xabardor bo`lmoqlikni shart qilib qo`yadi.
Universitet oliy ta`limini oluvchi talabalar uchun “Arxivshunoslik” kursi quyidagi 16 ta mavzudan iborat qilib o`tiladi. Arxiv ishi amaliyoti va tarixi kursini ikki bosqichga ajratish mumkin. Dastlabki oltita mavzu O`zbekiston davlatchiligi tarixida arxiv ishi tarixiga bag`ishlanadi, qolgan o`n mavzu arxivshunoslikning asosiy qismi arxiv ishi nazariyasi va amaliyotini yoritishga xizmat qildi.
Arxivshunoslik kursining vazifasi qo`yidagilardan iborat bo`ladi: hujjatlarning jamiyat hayotida tutgan mavqeini ochib berish; ishlab chiqarish yoki boshqa tashkilotlrda yozma ma`lumotnomalar bilan bevosita bog`liq ish yurituvchilarning hujjatlarni ilmiy soha uchun saqlash zarurligidagi mas`uliyat; O`zbekistonda rxiv ishi haqida tasavvurga ega qilish; joriy arxivlarning davlat arxivlarining faoliyatidagi muhim bosqich ekanligini ko`rsatish; talabalarni hujjatlarning ilmiy qimmatini ekspertizadan o`tkazishning usullaridan voqif etish; umuman arxivarus xizmati yoki o`zi uchun zarur bo`lganda arxiv hujjatlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlari uchun foydalana olish.
SHunday qilib, arxiv ishining nazariy, metodik va tashkiliy tomonlarini ilmiy asosda o`rganuvchi, uning tarixini to`liq ochib berishga qaratilgan fan-arxivshunoslik deb ataladi.
Arxiv-bu arxiv hujjatlari majmui, shuningdek arxiv muassasasi yoki korxona, muassasa va tashkilotning arxivi hujjatlarini qabul qiluvchi, saqlovchi va ulardan foydalanuvchi tarkibiy bo`linmasi tushuniladi.
Arxiv hujjatlari-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo`lyozma va mashinada o`qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plenkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek turli moddiy ashyodagi yozuvlarni tushunish kerak.
O`zbekiston Respublikasining “Arxivlar to`g`risida”gi Qonuni 1999 yil 15 aprelida qabul qilingan bo`lib, 21 ta moddadan iboratdir. Ushbu qonun rxivlarni shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan munosabatlarni hamda O`zbekiston Respublikasi arxiv muassasalari faoliyatini tartibga soladi.
Qonun O`zbekiston hududida mavjud bo`lgan barcha arxiv hujjatlarini to`liq qamrab olishga, O`zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlitligini saqlab qolishga va fuqarolar, jamiyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida arxiv hujjatlarini hisobga olish, ekspertiza qilish ro`yxatdan o`tkazish, butlash hamda ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgandir.
Mustaqillik sharoitida arxiv ishining istiqbolda ravnaqi masalasi muhim o`rin tutadi. Zero, moddiy saboqlari; o`tmish tajribalarini arxiv materiallari asosida o`rganishning nafaqat nazariy, balki dolzarb amaliy ahamiyati bor.
III. Sam DU da “Arxivshunoslik” fanini o`qitishda Toshkent Milliy universiteti tarix fakulteti olimlarining ya`ni o`quv dasturi tarix fakulteti yozma manbalar, arxiv va muzey fondlarini o`rganish hamda tadqiq etish, tarixnavislik markazi a`zolari tomonidan yozilgan, o`quv dasturidan foydalanib tuzildi.
Xuddi shuningdek, I.Alimov v.b. Arxivshunoslik. O`quv qo`llanma (Ibrohim Abdug`afforovich Alimov, Fatxulla Raimovich Ergashev, Abdurashid Bo`taevich Bo`taev) Mas`ul muharrir: O.Toshmuhamedov. I., Sharq, 1997-80 bet)ni tayyorladilar. Ushbu qo`llanma dastlabki harakat bo`lib, und keltirilgan arxiv ish nazariyasi ma`lumotlari bugungi kunda ancha boyigan bo`lib, talabalardan yangi ma`lumotlarni to`laroq bilishni talab etadi. Shu jihatdan Bosh arxiv boshqarmasi va Respublika atamashunoslik qo`mitsi tomonidan nashrga tavsiya etilgan “Hujjatlar”. Arxiv ishiga doir ruscha-o`zbekcha qisqacha izohli lug`at.-T., Qonunlar Bosh tahririyati, 1993 yilda nashr etilgani yordam beradigan bo`ldi.
Yuqoridagilardan tashqari Rudelson K.I., Dolgix V.I. Teoriya i praktika arxivnogo dela.-M., 1980; kabi Rossiya Federatsiyasida nashrdan chiqarilgan darsliklar ham arxivshunoslik fanini o`rganishda muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
30 oktyabr 1999 yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Arxivlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida” 1999 yil 15 apreldagi 769-1-son qarorini bajarish maqsadida quyidagi 4 ta Nizomni qabul qilishi arxivshunoslik fanini o`rganishda yangilik bo`ldi:
1.O`zbekiston Respublikasi Milliy arxivi fondi to`g`risida Nizom;
2.O`zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibi;
3.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi;
4.O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxiv to`g`risidagi Namunaviy Nizom.
Hozirgi paytda arxivshunoslikning asosiy maqsadi bo`lajak tarixchilarni arxiv muassasalari bilan ishlashga, arxiv hujjatlarini qidirib topish metodikasi bilan tanishtirishga hamda ulardan ilmiy-tadqiqot yohud targ`ibot-tashviqot va amaliyot ishlarida foydalanishga o`rgatishdan iborat.
Albatta, arxiv materiallariga eng ko`p murojaat qiluvchilar-tarixnavislar, moziyshunoslardir. Mustaqillik davridagi tarixiy tadqiqotchilarning aksariyati arxiv materiallariga asoslangani va yangicha, xolis tarixiy taraqqiyot kontseptsiyasi zaminida yaratilayotgani tufayli bugun tariximizga qiziqish tobora ortayotir.
SHuningdek, arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilar sirasiga o`zi tadqiq etayotgan muammo tarixini o`rganmoqchi bo`lgan muayyan soha tadqiqotchilari-iqtisodchilar, huquqshunoslar, adabiyotshunos va san`atshunoslar, fan va texnika tarixi mutaxassislari, umuman, tabiiy fanlar sohasi vakillari ham kiradi. Bu jabh tadqiqotchilari uchun arxiv materiallari fan ufqlarini kengaytirish, uni yangi dalil-isbotlar bilan boyitish, jamiyat hayoti, insoniyat tafakkuri taraqqiyoti jarayonining turfa xil jihatlarini mutlaqo baholash bobida ma`lumotlar manbai bo`lib xizmat qiladi.
Xozirgi kunda O`zbekiston respublikasida juda ko`p arxivlar mavjud bulib, ularni shartli ravishda 2 guruxga bulish mumkin: muassa arxivlari va davlat arxivlari. Respublikamiz xududida faoliyat kursatayotgan markaziy va maxalliy boshqaruv organlari (vazirliklar, xokimiyatlar va boshqalar) turli tashkilotlar, korxona va jamoat tashkilotlari haqidaa joriy arxivlar mavjud.bunday arxivlar muassasa arxivlari deb ataladi. Muassasa arxivlarida xujjatlar ma`lum muddat saqlanadi. Shu boisdan bu arxivlarda saqlanayotgan xujjatlarning tarkibi uzgarib turadi. Belgilangan muddatdan sung muassasa arxivlaridagi xujjatlar davlat arxivlari fondlariga topshiriladi. Muassasa arxivlari-ning faoliyati, bu arxivlarda saqlanayotgan xujjatlarning davlat arxivlariga topshirish tartibi tegishli nizomlar asosida amalga oshiriladi. Muassasa arxivlarida xujjatlar turli muddatlar davomida saqlanadi. Xujjatlarning saqlanishi mazkur muassasalr faoliyati bilan boglikdir.
Davlat arxivlari shaxobchalari respublikaning ma`muriy tu-zilishi nizomida tashkil qilingan. Respublika davlat arxivlari tizismiga quyidagi arxivlar kiradi.
1. Korakalpogiston respublikasi va viloyatlar davlat arxivlari xamda ularning joylardagi organlari.
2. Respublika markaziy davlat arxivlari.
Xozirgi kunda korakalpagiston respublikasi Markaziy Davlat arxivi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Kashkadaryo, Navoiiy, Namangan, Samarqand, Surxandaryo, Sirdaryo, Toshkent, Fargona, Xorazm viloyatlari Davlat arxivlari xamda toshknt shaxar davlat arxivi mavjud. Joylarda ularning filiallari faoliyat kursatib kelmokda. Fargona viloyat davlat arxivi fondlari, Fargona viloyati va Fargona shaxar tarixini qisman bir vaktlar Fargona viloyat tarkibiga kirgan Adijon va Namangan viloyatlari tarixini aks ettiradi. Margilon va Kukon shaxarlarida Fargona viloyat davlat arxivning organlari faoliyat kursatmokda. Respublika markaziy davlat arxivlari tizimiga quyidagi uchta arxiv kiradi.
1. O`zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi.
2. O`zbekiston Respublikasi ilmiy texnikaviy va meditsina xujjatlari markaziy davlat arxivi (1962 ymilda tashkil etilgan).
3. O`zbekiston Respublikasi kinofotofono xujjatlar markaziy davlat arxivi (1943 yilda tashkil etilgan)
Toshkentdagi O`zbekiston Respublikasi MDA saqlanayotgan kimmat baxo xujjatlarning soni va moxiyati jixatidan Urta Osiy respublikalari MDA ichida eng yirigidir. Unda 19 asrning ikkinchi yarimidan boshlab to xozirgi kunimizgacha bulgan juda ko`p sonli xujjatlar saqlanmokda. Arxivda Turkiston general gubernatorligiga karashli xozirgi O`zbekiston, Turkmaniston, Kirgiziston, Tojikiston va Kozogiston teretoriyasidagi viloyat-lar uezdlar, volostlar muassasa va korxona xamda xamda tashki-lotlarning tarixiy faoliyatlariga doir barcha xujjatlar manashu markaziy arxivda mujassamlashtiladi. Bu xujjatlarda Turkiston-da chor xukmmatining olib borgan mustamlakachilik siyosati, Urta Osiyo xalqlarning sotsial iqtisodiy axvoli tarixi haqidaa ma`lu-motlar uchraydi. Arxivda turkiston o`lkasidagi chor xukumatining ma`muriy tashkilotlari faoliyatiga doir xujjatlar tulaligicha saqlanib turibdi. Akademik V. V. Bartolvning aytishicha bosib olingan joylardagi xonliklarning kutubxonalari va arxiv xujjatlarni saqlab qolish uchun xech qanday tadbirlar kurilmagan. Ular Urta Osiyo xalqlarining madaniyat va tarixiy yodgorliklarini saqlab qolishga yetarli axamiyat bnrmaganlar. XIX asrning boshlaridan oldingi arxiv fondlari saqlanayotgan xujjatlar uchun tuzilayotgan kursatkich 8 bulimdan iborat.
1. Davlat ma`muriy boshqaruv organlari deb ataladi.
2. Uz-uzini boshqarish tashkilotlari va oliy martabali muassasalr deb nomlangan, unda Toshkent shaxar dumasi, shaxar boshqarmasi shaxar umumiy xujalik boshqarmasi, Samarqand va Yangi Margilon xujalik boshqarmasi va toshkent meshchanlar oksoqollar, tashkilotlarga doir xujjatlar markaziy arxivning 718, 37, 472, 473, 277, 286, 79 fondlariga joylashgan.
3. Sud va prokuror fondlari deb ataladi. Bu bulim uz navbatida uch bobdan ya`ni viloyat sudlari, okgrug sudlari va uezd sudlaridan iborat. Sud ijrosini janjalli ishlar komissiyasi xalq sudlari kozilar natariuslar haqidaagi xujjatlar bulib, ular 127, 134, 353, 178, 122, 504, 592, 593, 129, 133, 128, 132, 318, 130, 131, 278, 350, 150, 50- fondlarida saqlanmokda.
4. -bulimXujalik iqtisodiy tashkilotlar, muassasalar va korxona-lar deb ataladi. U yetti bobdan iboratdi.
5.-bulim «Ilmiy va madaniy muassasa va tashkilotlar» deb nomlangan.
6.-bulim «Jamoa tashkilotlari» deb nomlangan va bu bulimgi tegishli xujjatlar 596, 27, 81, 268, 611, 34, 8, 595, 76, 490, 279-fondlarida saqlanmokda.
7-bulim «Diniy nazorat fondi» deb nomlangan va bu xakdagi ma`-lumotlar, arxivning 182, 85 fondlarida saqlanmokda.
8-bulimni «Kartotekalar va adabiyotlar» tashkil etadi
O`lkashunoslikning asosiy manbalaridan biri xisoblangan arxivshunoslik Vatan tarixini, shu jumladan uz o`lkasining tari-xini xar tomonlama va chuqur o`rganishda talabalarga katta yordam bera-di.
SHuni takidlab utish kerakki respublikamizning xamma tuman va viloyatlarida davlat arxivlari mavjud, rayon arxivlari uz kuli ostidagi barcha muassasa va tashkilotlardagi davlat axamiya-tiga ega bulgan xujjatlarni yigib oladi va ma`lum muddatdan sung VDA lariga, ular esa uz navbatida respublika davlat arxivlariga yoki boshqarmaning vazirliklariga ular xam uz navbatida bir qancha muddat saqlaganlaridan sung, UzRMDA ning konun koidalariga rioya kilgan xolda xujjatlarni tayyorlab, sung UzRMDA ga topshiradi. O`zbekiston UzRMDAdagi xujjatlar uz axamiyatiga karab bir umr yo bir necha yil saqlanadi yoki yokib tashlanadi.
Arxivlar haqida umumiy tushuncha
Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida xo’jalik va ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishiga hamda davlatchilikning vujudga kelishiga olib keldi. Deyarli bir vaqtda ijtimoiy zarurat tufayli yozuv ham paydo bo’ldi. Qadimiy davlatlar o’zlarining ijtimoiy funksiyalarini bajarish jarayonida turli hujjatlar (qonunlar, farmonlar, mulk va soliq hisobotlari va h.) yaratish hamda ularni saqlashga ehtiyoj sezdilar. Shu tariqa hujjatlarni saqlaydigan muassasalar – arxivlar paydo bo’ldi.
“Arxiv” atamasi lotincha “arxivum” so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida “mahkama”, “muassasa” degan ma’noni bildiradi. Lekin bu so’z hozirgi kunda boshqacha ma’noda qo’llaniladi. Arxiv deganda biz odatda faqat hujjatlar saqlanadigan muassasani tushunamiz.
Arxivlarda turli idoralar, korxonalar, tashkilotlar, shu-ningdek ayrim shaxslar faoliyati jarayonida yaratilgan va to’plangan hujjatlar va materiallar saqlanadi.
Arxivlarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga bir nazarArxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, arxivlar qadimgi zamonlarda, yozuv paydo bo’lishi bilan bir vaqtda vujudga kelgan. Mesopotamiya, Misr va Kichik Osiyoda ibodatxonalar va quldorlar saroylarida dastlabki arxivlar mavjud bo’lganligi aniqlandi. Bu arxivlarda o’sha davrdagi qonunlar matni, sud hujjatlari, podsholarning farmoyishlari va boshqa hujjatlar saqlanar edi. Mazkur hujjatlar sopol lavhlarga, randalangan taxtachalarga, papirus va oshlangan charm (pergament) ga bitilgan.
Qadimgi Yunonistonning Knoss shahri xarobalarida (Krit oroli) yirik arxivning qoldiqlari topildi. Antik davrda Afina shahridagi arxivlar, ayniqsa, Metroon ibodatxonasi qoshidagi arxiv dong taratgan edi.
Qadimgi Rimda arxivlar dastlab kohinlar tasarrufida bo’lgan. Rimdagi eng qadimiy arxiv Senat arxivi bo’lib, bu hujjatgoh Saturn ibodatxonasida joylashgan edi. Mazkur arxivda senat va respublika mahkamalarining hujjatlari, senzorlarning aholini ro’yxatga olishi bilan bog’liq materiallar va boshqa muhim hujjatlar saqlanardi. Rim saltanati davrida esa yozma hujjatlar saqlanadigan arxiv imperatorlar saroyida joylashtirildi. G’arbiy Rim saltanitining halokatidan so’ng Rim imperatorlari arxivining davomchisi Vizantiya arxivi bo’ldi.
Ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada qirollar, yirik feodallar va monastirlarning arxivlari vujudga keldi. Ularning orasida eng yirigi V asarda tashkil etilgan Vatikan arxivi hisoblanadi. Vatikan arxivi hozirgi kunda ham mavjud bo’lib, bu yerda Yevropaning o’rta asrlar tarixini o’rganish uchun zarur bo’lgan nodir va qimmatli hujjatlar majmuasi saqlanmoqda.
Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topishi va rivojlanishi natijasida mayda arxivlarning yiriklashish jarayoni kuzatiladi. Qirollar arxivlari bo’ysundirilgan feodallarning arxivlari hisobiga kengayib bordi. Qirollar arxivlari g’oyat maxfiy tarzda saqlanar edi. Yevropada qirolik hokimiyatining kuchayishi va umumdavlat boshqaruv muassasalarining shakllanib borishi natijasida muassasa arxivlari paydo bo’ldi. Muassasa arxivlarining faoliyati o’zaro bog’lanmaganligi oqibatida hujjatlar nihoyatda tarqoq holda saqlanar edi.
XVIII-XIX asrlardagi burjua inqiloblari arxiv ishlarida tub o’zgarishlarga olib keldi. Burjuaziya qator mamlakatlarda arxiv ishlarini markazlashtirdi. Arxivlarni boshqarish uchun maxsus muassasalar ta’sis etildi. Masalan, 1794 yilda Fransiyada Konvent maxsus dekret qabul qilib, markaziy davlat arxivini tashkil etdi. Mazkur arxivga umumdavlat boshqaruv organlarining hujjatlarini topshirish shart etib qo’yildi. Joylardagi davlat organlari hujjatlari departamentlar arxivlariga topshirilishi shart edi. Fransiyada arxiv ishi sohasidagi bu islohot qator boshqa davlatlar uchun namuna bo’ldi. Ular ham Fransiya singari davlat arxiv tizimini yaratdilar. Lekin Angliya va AQSh singari mamlakatlarda o’sha vaqtda ham, hozir ham yagona davlat arxiv tizimi barpo qilinmadi. Bu yerdagi markaziy, viloyat va shahar arxivlarining har biri mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
XIX asrda qator Yevropa mamlakatlari va AQShda arxivlarining eshiklari tadqiqotlar uchun ochildi. Natijada arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadlarda foydalanish va ularni nashr etish imkoniyati paydo bo’ldi. Ko’p mamlakatlarda maxsus arxivshunos kadrlarni tayyorlash yo’lga qo’yildi. 1821 yilda Fransiyada ilk arxiv instituti – Xartiyalar maktabi ochildi.
Hozirgi kunda jahonnning barcha mamlakatlarida minglab arxivlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning orasida har bir davlatning markaziy (yoki milliy) arxivlari o’zlarining noyob hujjatlarga boyligi bilan ajralib turadi. Londondagi Davlat arxivi, Parijdagi Milliy arxiv, Rimdagi Markaziy davlat arxivi, Koblens shahridagi Federal Arxiv (GFR), Vashingtondagi Milliy arxiv, Moskvadagi Rossiya Markaziy davlat arxivi, Dehlidagi Milliy arxiv, Qohiradagi Markaziy davlat arxivi jahondagi eng yirik arxivlar qatoriga kiradi.
O’zbekiston arxivlari jahondagi eng yirik arxivlar bilan yaqindan aloqa o’rnatganlar. Masalan, 2003 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasi AQShning Xolokast yodgorligi kengashi va uning Vashingtondagi muzeyi o’rtasida arxiv sohasi bo’yicha bitim imzolandi.
Hozirgi kunda arxivlar butun jahon miqyosida o’z faoliyatlarini muvofiqlashtirib, hamkorlik qilmoqdalar. 1948 yilda YuNESKO qoshida Xalqaro Arxiv Kengashi tashkil etildi. O’zbekiston arxiv muassasalari ham mazkur xalqaro tashkilotning a’zosidir. Xalqaro Arxiv Kengashi turli davlatlar arxivlari o’rtasida aloqalarni yo’lga qo’yish, hujjatlarni saqlash va ularni himoya qilish borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Bu xalqaro tashkilot 1981 yildan boshlab “Archivum” nomli jurnal nashr etmoqda. Parijda arxivshunoslarning xalqaro kursi faoliyat ko’rsatmoqda.
Arxivshunoslik fani, uning maqsad va vazifalariYangi zamonda arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar sonining keskin oshganligi tufayli ularni saqlash va foydalanish bilan bog’liq ishlar tobora murakkablashib bordi. Natijada, hujjatlarni hisobga olish, ularni bir tizimga solish va ro’yxatga olishning yangi-yangi usullari ishlab chiqildi va amalda qo’llanildi. Shu tariqa arxivshunoslik fani paydo bo’ldi.
Arxivshunoslik – muhim ijtimoiy ahamiyatga hujjat va materiallarni turkumlash, ularni bir tizimga solish, saqlash, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish to’g’risidagi fandir. Mazkur ko’makchi tarix fani arxiv ishining umumiy qonuniyatlarini, hujjat va materiallarni tanlab olish va saqlash, ulardan foydalanish tamoyillarini ishlab chiqadi.
Hozirgi kunda hujjat va materiallarning umumiy miqdori va turlari nihoyatda ko’pdir. Shuning uchun ham arxivshunoslik fanini rivojlantirmasdan, hujjatlarni saralash va saqlashning zamonaviy usullarini egallamasdan turib arxiv ishini to’g’ri yo’lga qo’yish amri maholdir.
Arxivshunoslik asoslarini yaxshi bilish bo’lajak tarixchi uchun g’oyat muhimdir. Arxiv hujjatlari bilan ishlash uslublarini egallash ilmiy-tadqiqotlar uchun yo’l ochib beradi, bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarga yuqori ilmiy saviyadagi bitiruv-malakaviy ishlar va magistrlik dissertasiyasi tayyorlash imkonini beradi.
Mazkur fanni o’rganish arxivshunos kadrlar tayyorlash nuqtai nazaridan ham zarur. Hozirgi kunda ayrim kasb-hunar kollejlarida “Hujjatshunoslik, arxivshunoslik” mutaxassisligi bo’yicha o’rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlashga kirishildi. Lekin respublikamizning birorta universitet yoki institutida oliy ma’lumotli arxivshunoslar tayyorlanmaydi. Shu boisdan bu fanni tarix fakulpteti talabalariga o’rgatish arxivlarni oliy malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun ham muhimdir.
Arxivshunoslik kursini o’rganish jarayonida biz O’zbekistonda arxiv muassasalarining vujudga kelishi, ularning rivojlanish bosqichlari, arxivlarning hozirgi ahvoli, faoliyatining asosiy yo’nalishlari bilan tanishib boramiz. Shu bilan birga arxivlarning maqsad va vazifalari, arxivlarga topshiriladigan hujjatlarni tanlash va saralash, ularni saqlash va turkumlash, hisobga olish, ulardan foydalanish usullarini o’rganamiz.
Oʻlkashunoslik — mahalliy aholi tomonidan oʻz ona yurti hisoblangan muayyan oʻlka, viloyat, shahar, tuman, qishloq va boshqalar hududlarning har tomonlama oʻrganilishi. Oʻ. tabiiy, ijtimoiy, madaniy, tarixiy va boshqalar tadqiqotlar majmuidan iborat. Oʻ.da oʻlkaning tabiati, aholisi, xoʻjaligi, tarixi, madaniyati, arxeologiyasi, oʻlka namoyandalari oʻrganiladi. Oʻ. kompleks va soha Oʻ.likka boʻlinadi. Kompleks Oʻ. turli sohalarni bir-biri bilan bogʻliq holda, soha Oʻ. geografiya, tarix, etnografiya, madaniyat, toponomika va boshqalar sohalarga oid masalalarni alohida oʻrganadi. Hozirgi vaqtda ekologik vaziyat va tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish masalalarini oʻrganuvchi Oʻ. rivojlanmoqda. Oʻ.ning asosiy maqsadi oʻz oʻlkasi tabiati, aholisi, etnografiyasi, xoʻjaligi, madaniyati, ekologik vaziyat va h.k. haqida ashyoviy dalillar, maʼlumotlar, namunalar toʻplab, ularni ommalashtirib, aholi bilimini oshirishdir. Oʻ. juda katta ijtimoiy-siyosiy, madaniymaorifiy, oʻquvtarbiyaviy ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy qadriyatlarni aniqlash va ommalashtirishda Oʻ.ning oʻrni juda katta.
Oʻzbekistonda Oʻ. tashkiliy shakliga koʻra 3 turga boʻlinadi: ilmiy (davlat), jamoat va maktab. I l m i y (davlat) Oʻ. bevosita davlat ilmiy tashkilotlari, ilmiy tekshirish institutlari, tabiiy, tarixiy va arxeologik yodgorliklarni muhofaza qilish qoʻmitalari, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari, maxsus muzeylar xodimlari tomonidan olib boriladi, tadqiqot maʼlumotlari toʻplanadi, topilmalar maxsus muzeylarda koʻrgazmalarga qoʻyiladi. J a m o a t Oʻ. mahalliy hokimiyatlarning bevosita rahbarligida tegishli joylardagi tabiiy, tarixiy va arxeologik, etn., toponimik va boshqalar tashkilotlar mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Maktab Oʻ. umumiy taʼlim maktablarida, geogr., tarix, botanika, zool., til va adabiyot oʻqituvchilarining bevosita rahbarligida tashkil etiladi. Oʻlka tabiati, tarixi, aholisi, xoʻjaligi, madaniyati, etnografiyasi, toponimikasi, arxeologiyasiga oid dalil va topilmalar maktab Oʻ. muzeylarida namoyish etiladi.
Oʻzbekiston hududida Oʻ. tarixi oʻrta asrlarga borib taqaladi. Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston", "AtTafhim", "Mineralogiya", "Saydana" asarlarida Oʻ.ka, jumladan, toponomik Oʻ.ka oid, Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida geografik, toponimik Oʻ.ka oid maʼlumotlar juda koʻp. Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asari esa Oʻ.ning mumtoz asari hisoblanadi.
Mamlakatimizda oʻlkani har tomonlama oʻrganish 20-asr oʻrtalarida ayniqsa rivojlandi. Bunda oʻlkaning tabiati va tabiiy boyliklarini oʻrganish kengaydi. Chunki bu vaqtda mahalliy tabiiy boyliklar va ulardan xalq xoʻjaligida koʻproq foydalanish vazifasi qoʻyilgan edi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Oʻ. ishlari xalq tarixini, qadriyatlarini oʻrganishga, ularni tiklashga qaratildi. Fan va texnika rivojlanishi, tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning jadallashishi natijasida ekologik Oʻ. tez rivojlanib bormoqda. Maktablarda yosh oʻlkashunoslar guruhlari tashkil etilib, oʻz joyining tabiati, ekologik sharoitlari, tarixi, toponimikasi va qadriyatlarini oʻrganish taraqqiy etmoqda. Baʼzi mamlakatlarda Oʻ. maktabdagi taʼlim ishlarining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Foydalaniladigan ro`yxati:
Dostları ilə paylaş: |