Tarixiy tadqiqotda ilmiy axbortning o’rni



Yüklə 11,99 Kb.
tarix03.05.2023
ölçüsü11,99 Kb.
#106476
Tarixiy tadqiqotda ilmiy axbortning o


Tarixiy tadqiqotda ilmiy axbortning o’rni
tarixiy tadqiqot ishlarining dastlabki metodlari bilan amaliy ravishda tanishadilar.
O’qituvchi o’zining bayonini boshqa matnlar asosida yanada aniqlashtiradi va boyitadi. Darslik matni o’quvchilarning darsda va darsdan tashqari tarixni o’rganish, o’zlashtirish va uni esda saqlab qolishining, bilish faoliyatining, ijodiy izlanish ishlarini olib borishning muhim manbaidir. Matn va ulardagi savollar, topshiriqlar tarix kursining mazmunini ijodiy o’zlashtirishga va olingan bilimlarni hayotda qo’llashga o’rgatadi.
Darslik matni ustidagi ishlar o’quv materialini o’zlashtirish va uni esda saqlab qolish o’quv matnini tahlil qilish va undan tarixiy voqea, hodisalarning muhim belgilarini topish, faktik materiallarni va tarixiy faktlarning muhim belgilarini bir-biriga taqqoslash, aniqlashtirish va umumlashtirish kabi turli xil maqsadlarda olib boriladi. SHuningdek, matn ustida ishlashda xronologiyani, tayyor tarixiy tushunchalar ta’rifini o’z­lashtirish va ularni mustaqil aniqlash, darslikda bayon qilingan voqea va hodisalarning rivojlanishini kuzatib borish, aniq tarixiy faktlar va statistik ma’lumotlar asosida ijtimoiy rivojlanish an’analarini bilib olish, mahalliy, vaqtli, sabab-natijali va tarixiy aloqalarning qonuniyatlarini o’zlashtirish va aniqlashtirish, lug’at ishlarini mazmunli va suratli rejalar, jadvallar tuzish va boshqa shu kabi uncha murakkab bo’lmagan yozuv va grafika ishlarini olib borish, matn ustida programmalashgan ta’lim elementlarini amalga oshirish kabi vazifalar ham ko’zda tutiladi.
To’garak o’quvchilarni tarixiy tadqiqotning ba’zi tomonlari bilan ham ma’lum darajada tanishtiradi. Masalan, yosh arxeologlar, yosh arxivshunoslar to’garagida o’quvchilar arxeologiya ishlarini olib borish, arxivda ishlash malakalarini egallaydilar. To’garakda ma’ruza qilishga, axborot berishga, ko’rsatmali qurollar tayyorlash va eskilarini ta’mirlashga, ta’limning texnika vositalari bilan ishlashga o’rganadilar. Tarixiy-o’lkashunoslik to’garaklarining faoliyati ko’proq yuqori sinf o’quvchilarining kichik yoshdagi o’quvchilar va aholi orasida olib boradigan targ’ibot ishlari bilan bog’langan bo’ladi.
To’garakda tarixiy-biografik mavzularni o’rganish o’quvchi yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Agarda 5-7-sinf o’quvchilari uchun kishilarning jangdagi qahramonligi, jonbozligi qiziqarli va tushunarli bo’lsa, yuqori sinflardagi o’quvchilarni olim, tadqiqotchi va davlat arboblarining ichki dunyosi, yirik olim bo’lgunga qadar bosib o’tgan yo’li qiziqtiradi. SHu sababdan 8-9-sinflarda va o’rta maxsus ta’lim tizimida to’-garaklar tematikasining asosiy mazmunini ko’pincha biografik xarakterdagi mavzular tashkil etadi.
To’garakda harbiy o’tmishni o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, 5-6-sinf o’quvchilari to’garagida qadimgi dunyo, o’rta asrlardagi harbiy texnikani o’rganish mumkin. 7-9-sinflardagi o’quvchilarning to’garaklarida urush va harbiy san’at tarixining nazariy masalalari o’rganiladi.
Yüklə 11,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin