2.3. Matinning mazmuniy xususiyatlarini o‘rganish Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida yozuvchining tildanfoydalanish mahoratini namoyon etadigan, emotsional-ekspressiv ifoda semalari qabariq holda reallashgan lekslk birliklarni aniqlash va ular adibning badiiy-estetik maqsadiga qay darajada xizmat qilgani haqida mulohaza yuritish talab qilinadi. Buning uchun badiiy asar tilidagi ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli, ko‘p ma’noli, tarixiy va arxaik so‘zlar, yangi yasalmalar, shevaga oid so‘zlar, chet va vulgar so‘zlar ajratib olinadi va asarga nima maqsad bilan olib kirilganligi izohlanadi.
Ma’nodosh so‘zlar tilning lug‘aviy jihatdan boylik darajasini ko‘rsatib beruvchi o‘ziga xos vositadir. Tilda ma’nodosh so‘zlarning ko‘p bo‘lishi tilning estetik vazifasini yana-da to‘liq bajara olishini osonlashtiradi. Bu juda qadim zamonlardan beri anglangan, idrok etilgan va o‘rganilgan hodisadir. O‘zbek tili ma’nodosh so‘zlarga juda boy. Yozuvchilar tilimizdagi ma’nodosh so‘zlar ichidan tasvir maqsadiga eng munosibini topib ular orqali qahramonlar ruhiyati hamda tasvir obyektining eng kichik qirralarigacha ifodalashga harakat qiladilar. Badiiy matndagi ma’nodosh so‘zlar tahlilida, asosan ikki jihatga e’tiborni qaratish zarur. Ulardan biri muallifning ikki yoki undan ortiq ma’nodosh so‘zdan ifodalanayotgan mazmun uchun eng maqbul birini tanlashi bo‘lsa, ikkinchisi ayni bir matn tarkibida ikki yoki undan ortiq ma’nodosh birliklarni badiiy tasvir maqsadiga uyg‘un holda qo‘llashi masalasidir.
Tilshunoslikda ma’nodoshlikning, asosan, uch turi farqlanadi, ya’ni: 1) leksik ma’nodoshlik; 2) frazeologik ma’nodoshlik; 3) leksik-frazeologik ma’nodoshlik. Leksik ma’nodoshlikdan bir necha maqsadlarda foydalaniladi. Til birliklarining takrori natijasida yuzaga keladigan ifoda kambag‘alligi va rangsizligidan qochish uchun: Ikkala o‘rtoqning sharaq-sharaq gaplashgan, bir-birlariga sevinch bildirishgan quvnoq va baland ovozlari boshqa hamma unlarni bosib ketdi. (Cho‘lpon) Tasvir obyektiga e’tiborni jalb qilish uchun: Xolbuki, musulmonlik kiyimda emas, qalbda, dilda. (Cho‘lpon) Ijobiy belgining darajama-daraja ortib borishini aniq ifodalash uchun: Zebixon bilan kelgan boshqa qizlar ham bir-biridan yaxshi, bir-biridan soz, bir-biridan ochiq, bir-biridan quvnoq...(Cho‘lpon) Salbiy belgining kuchayib borishini ifodalash uchun: Xo‘sh, mingboshining o‘zi odamlar aytganiday juda xunuk va badbashara odammi? (Cho‘lpon) Kontekstual ma’nodoshlik. Katta mahoratli yozuvchilarning badiiy til borasidagi ustunliklaridan biri shundaki, ular faqat tilda mavjud bo‘lgan, tayyor ma’nodosh so‘zlardangina foydalanib qolmasdan, badiiy tasvir ehtiyojiga ko‘ra ma’nodosh bo‘lmagan so‘zlarni ham shunday qo‘llaydilarki, bu so‘zlar ham matnda xuddi ma’nodosh so‘zlar kabi idrok etiladi. Masalan: Kechagina qarg‘ab, so‘kib, “o‘ldirsam!” deb yurgan kundoshini o‘pib, quchoqlab, silab-siypab bir nafasda ikkalasi “qalin do‘st” bo‘lgan emishlar. (Cho‘lpon) Frazeologik ma’nodoshlik. Voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko‘zi o‘ngida aniq va to‘la gavdalantirishda frazeologik iboralarning ma’nodoshligidan keng foydalaniladi. Toqati toq bo‘lmoq– sabr kosasi to‘lmoq, burni ko‘tarilmoq – dimog‘i shishmoq, yaxshi ko‘rmoq –ko‘ngil bermoq, ikki oyog‘ini bir etikka tiqmoq oyoq tirab olmoq, og‘ziga tolqon solmoq – mum tishlamoq kabilar frazeologik ma’nodoshlikka misol bo‘ladi. Jumla tarkibida kelgan ma’nodosh iboralar qahramon bilan aloqador biror bir sifatni, xususiyatni detallashtirib, ikir-chikirigacha ko‘rsatib tasvirlashga xizmat qiladi. Masalan: U yenggan, yutgan, oshig‘i olchi kelgan, deganini bo ‘ldirgan kundosh emasmi? Leksik-frazeologik ma’nodoshlik. “Lug‘aviy birlik sifatida frazeologizmlar so‘zlar bilan ham sinonimik munosabatda bo‘la oladi”. Masalan: Xursand - og‘zi qulog‘ida, g‘azablanmoq – jahli chiqmoq, beg‘am – dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydi kabilar leksik-frazeologik ma’nodoshlik hisoblanadi. Badiiy matnda ma’nodoshlikning bunday turidan holatni bo‘rttirib, atroflicha tasvirlashda foydalaniladi: Qurvon bibi so‘zga qancha epchil bo‘lsa, Razzoq so‘fi shu qadar kamgap, indamas, damini ichiga solgan, ziqna odam edi.
Tilimizda tovush (yozuvda grafik) tomoni bir xil bo‘lib, turlicha ma’nolarni ifodalovchi so‘zlar mavjud. Bunday so‘zlar omonimlar deb ataladi. Tilshunoslikda omonimiyaning uch ko‘rinishi mavjudligi ta’kidlanadi: Omoleksema, omograf va omofonlar. «Omoleksemalarni belgilashda talaffuz jihatidan bo‘ladigan bir xillik ham, harfiy (grafik) ifoda jihatidan bo‘ladigan bir xillik ham hisobga olinadi»Masalan, qovoq-I (inson a’zosi) –qovoq-II (o‘simlik nomi). Omograflar esa, harfiy jihatdan bir xil bo‘lib talaffuzi har xil bo‘ladi: tom-I (uyning tomi) – tom-II (jild), atlas-I (ipakdan tayyorlangan mato turi) - atlas-II (xarita). Omofonlar deb talaffuz jihatidan teng kelish hodisasiga aytiladi: yot(Tilda zid ma’noli so‘zlarning mavjudligi badiiy nutqning ifodaliligi, ekspressivligi, ta’sirchanligini ta’minlashda qulay vositalardan biridir. Sharq adabiyotida juda qadim zamonlardan buyon tildagi bu ifoda imkoniyatidan keng foydalanib kelingan. «Shoir uchun juda zaiur bo‘lgan san’atlardan biri tazoddir. Bu san’at yana mutobaqa, tiboq, tatbiq, muttazod, ittizod va takofu deb ham ataladi. Bu san’atda, badi’shunoslarning aytishicha, zid ma’noli so‘zlardan foydalaniladi". Abu Abdulloh al-Xorazmiy o‘zining badiiyat ilmi istilohlari tadqiqiga bag‘ishlangan "Mafotih al-ulum’’ asarida mutobaqa atamasiga shunday izoh beradi: mutobaqa so‘zi tobaqa fe’lidan olingan bo‘lib, u muannas "tuya orqa oyog‘ini o‘zining oldingi oyog‘ining iziga qo‘yib yurdi" ma’nosini beradi
Yevropa filologik an’anasida bu san’at «antiteza» deb yuritiladi. Badiiy asar tiliga bag‘ishlangan ishlarda zjdlantirish, qarshilantirish atamalaridan foydalaniladi. Zid ma’noli so‘zlarni yonma-yon qo‘llash orqali tushunchalar belgilar, holatlar, obrazlar zidlantihladi. Odatda, lisoniy va kontekstual yoki nutqiy zid ma’noli so‘zlar farqlanadi. Masalan: Eski qishloqda yangi odat (maqol) Hali ancha balandda bo‘lsa ham uning kamolidan zavoli yaqinroq ekani ko‘rinib turardi. Shuncha yer qo‘ldan chiqqan bo‘lsa, uning baravariga qancha davlat qo‘lga kirgandir, muni xudo biladi-yu xudoning sevimli bandasi qorako‘z Miryoqub biladi!..(Cho‘lpon) Ba’zan mahoratli yozuvchilar qahramonlar ruhiyatidagi kontrastlikni bo‘rttirib tasvirlash maqsadida muayyan bir kontekstual sinonimik qatordagi bir necha so‘zni boshqa bir kontekstual sinonimik qatordagi bir necha so‘zga birdaniga zidlantiradilar. Masalan: U vaqtda o‘zi - kuldi, ochildi, quvondi, gerdayib, osmondan qarab qadam bosdi... Xadichaxon esa ezildi, kuydi, o‘rtandi, xo‘rlanib-xo‘rlanib, achchiq - achchiq yigladi. (Cho‘lpon) Kontekstual antonimlardan badiiy asarda tasvirning ta’sirchanligini oshirish maqsadida ishlatiladi. Masalan: «Zelixon Elchindan qasos haqidagi gaplarni birinchi marta eshitganda sergaklandi. U mushtdek yurakni qoyadek dard bosib turibdi, deb yursa, bu vujudda vulqon kuch to‘playotgan ekan...» (T.Malik) Bu nutqiy parchada mushtdek va qoyadek so‘zlari «kichik» va «katta» ma’nolari bilan antonimik munosabatga kirishgan. Zid ma’nolilikni barqaror birikmalarda ham ko‘plab kuzatishimiz mumkin. Iboralarda: ko‘kka ko‘tarmoq-yerga urmoq, yuzi yorug‘ -yuzi shuvut, ko‘ngli oq - ichi qora, ko‘ziga issiq ko‘rinmoq – ko‘ziga sovuq o‘rinmoq kabi. Yoki so‘z va ibora o‘rtasidagi– leksik-frazeologok zid ma’nolilik: xasis – qo‘li ochiq, xafa – og‘zi qulog‘ida kabi. Maqol va matallarda: kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda. Yaxshidan ot qoladi yomondan dod. Osmon yiroq – yer qattiq. Hikmatli so‘zlarda: Bilmaganni so‘rab o‘rgangan– olim, orlanib so‘ramagan– o‘ziga zolim. (Navoiy)
Yozuvchining tildan foydalanish mahoratini belgilashda badiiy nutq ifodaliligini qay darajada ta’minlay olganligiga e’tibor qaratiladi. Buni ko‘p ma’noli so‘zlarni o‘z o‘rnida, muayyan estetik maqsad bilan qo‘llay olishidan ham aniqlasa bo‘ladi. Ko‘p ma’noli so‘zlar nutqning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashuvchi lisoniy vosita hisoblanadi. Masalan: yuk so‘zi o‘zbek tilida ko‘p ma’noli so‘z hisoblanadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida mazkur so‘zning quyidagi ma’nolari qayd qilingan: 1) “Bir yerdan ikkinchi yerga ko‘tarib, tashib borilishi lozim bo‘lgan og‘irlik»; 2) «Kishini urintirib qo‘yadigan, tashvishga soladiganortiqcha narsa, tashvish, dahmaza»; 3) «Qorindagi bola, homila”;4) «Diniy e’tiqodga ko‘ra aziz-avliyolarni ranjitish tufayli yuz beradigan kasallik». Ardoqli adibimiz Cho‘lpon o‘zining «Kecha va kunduz» deb nomlangan romanida qahramonlar nutqida anashu so‘zning 2- va 4-ma’nolarini qorishtirish asosida ham qahramoniar ichki dunyosini yorqinroq ochishga, ham chiroyli kulgi chiqarishga muvaffaq bo‘lgan: - Yelkamda o‘n putdan o‘ttiz put yukim bor... - dedi mingboshi. Bu ham baqirishga yaqin bir ovoz bilan aytilgan edi. Uchala xotin ham bu yukning nimaligini anglab yetolmadilar. Xadichaxonning fikricha, mingboshiga «irim» qilgan edilar. Endi uni «qaytartirmoq»dan o‘zga iioj yo‘q edi. Bu fikr boshqa kundoshlarning miyalaridan ham o‘tmadi emas... Faqal Xadichaxonning bu fikri qat’iy bo‘lsa kerakkim, yashirishga lozim ko‘rmadi:
- G‘animlar qasd qilganga o‘xshaydi. Qaytarma qildirib bersammi? - dedi.
-Ayollaming bilgani irim, bilgani qaytarma, bilgani azayimxon... - dedi mingboshi... Shu ochilishdan dadillanib bo‘lsa kerak Xadichaxon yana e’tiroz qildi:
-O‘zingiz o‘z og‘zingiz bilan «yuk bosd” demadingizmi?
Mingboshi kulib yubordi:
-“Yuk bosdi” degan bo‘lsam -qanday yuk?” deb so‘ragin-da, bachchag‘ar! -dedi u.
Bu vaqtda uydagiiar ham asta-sekin tashqariga chiqib yaqin o‘rtaga kelgan edilar. Mingboshi davom qildi:
-Uchalang yukmisan menga?
-Nima og‘irimiz tushdi sizga? -dedi Xadichaxon. (Cho‘lpon)
Ko‘p ma’noli yuk so‘zi mingboshi nutqida «ortiqcha tashvish” ma’nosida, ya’ni «uchta xotini o‘n puddan o‘ttiz pud» dahmaza ma’nosida qo‘llangan, xotinlar esa bu so‘zning qayd etilgan 4-ma’nosida tushunganlar, shu tarzda kulgili holat yuzaga kelgan. Iboralarda ham ko‘p ma’nolilikni kuzatishimiz mumkin. Masalan: yuragi qinidan chiqmoq iborasi sevinchni va qattiq qo‘rquvni ifodalashga xizmat qiladi. Qizning paranjisini ko‘rishi bilanoq yigitning yuragi qinidan chiqayozdi (Oybek). Qo‘rqmayman deb bo‘lmayd, o‘g‘lim. Shunaqa vaqtda odamning yuragi qinidan chiqib ketadi. (A.Qahhor) Bosh suqmoq – qisqa fursatga kirmoq, xabar olmoq; aralashmoq odamlarga qo‘shilmoq. Tomdan tarasha tushganday – kutilmaganda, qo‘qqisdan; qo‘pol tarzda.
Jamiyat o‘sib-o‘zgarib borar ekan, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy hayotdagi ba’zi tushunchaiar tamomila eskirib, amaliyotdan chiqib ketadi. Badiiy asarda muayyan davr voqealari tasvirlanar ekan, ana shu davrga oid bo‘lgan eski tushunchalarga murojaat qilmaslikning aslo iloji yo‘q. Tilshunoslikda bunday tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlar «arxaizmlan” va «istorizmlar» degan nomlar ostida umumlashtiriladi. Tilning hozirgi davri uchun eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan til birligi arxaizm deb yuritiladi. «Arxaizm o‘zi nomlayotgan voqelikni anglatuvchi leksik birlik bilan yonma-yon yashaydi". Arxaizmlar badiiy matnda tasvirlanayotgan davr voqeligini real tasvirlash, asarning tarixiylik ruhini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. o‘rdu-qo‘shin, handasa-geometriya, tilmoch-tarjimon, mirza-kotib, sadr-rais, lak-yuz ming kabi so‘zlar ishlatilganda davr ruhi ta’kidlangan bo‘ladi. Ayrim arxaik so‘zlar zamonaviy ma’nodoshiga qaraganda ma’noni kuchliroq ifodalash xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, yo‘qsil – kambag‘al arxaik so‘zlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, «hech narsaga ega emaslik» ma’nosi yo‘qsil leksemasida kambag‘al leksemasiga qaraganda ancha ortiq, chunki mazkur so‘zlar tarkibi tarixiy-etimologik tahlil etilganda anglanadigan yo‘q–kam so‘zlari qiyoslansa, birinchisida muayyan ayni belgining “nol” darajada ekanligi seziladi. Arxaik so‘zlar nutqiy xarakteristkasini berishda ham uslubiy vosita sifatida ishlatiladi. She’riyatda nutqqa ko‘tarinki ruh bag‘ishlash maqsadida ishlatiladi:
Siz ko‘kning qopqasin qoqqan soatda
Quyosh ko‘z uqalab uyg‘onar edi.(G‘.G‘ulom)
Ulug shaharlarning bo‘ysirasida Abadiy o‘rinni topa olgan Shosh. (A.Oripov) «Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi». Iboralar, maqol-matallar va hikmatli so‘zlar barqaror birikmalar hisoblanadi. Iboralar. Voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko‘zi o‘ngida aniq va to‘la gavdalantirishda frazeologik iboralarning o‘rni, ahamiyati beqiyosdir. Iboralar hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish, jamiyatdagi maqbul va nomaqbul harakat-holatlarni baholash, turmush tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan xulosalarning o‘ziga xos obrazli ifodalaridir.Badiiy asarda qo‘llanilgan iboralarni o‘rganishda bir asar doirasidagi frazemalar miqdorini (fondini) aniqlash va xarakterli xususiyatlariga qarab tasniflash, ularni struktural-semantik jihatdan tavsiflash hamda matndagi vazifasini tekshirish lingvopoetik tahlil talablaridan hisoblanadi. Ana shunday tahlilda yozuvchining imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til birliklaridan foydalanish mahorati ham namoyon bo‘ladi.