Таржима назарияси ва амалиёти кафедраси


III BOB SATIRA JANRIDAGI MATNLARNI PRAGMATIK KO‘RSATGICHLARI



Yüklə 463,5 Kb.
səhifə12/21
tarix07.02.2023
ölçüsü463,5 Kb.
#83301
növüДиссертация
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Таржима назарияси ва амалиёти кафедраси

III BOB
SATIRA JANRIDAGI MATNLARNI PRAGMATIK KO‘RSATGICHLARI
Adabiyot va tilshunoslikni birgalikda ilmiy ishda olib borish qiyinroq balki ancha qiyindir ammo insoniyat jamiyti tilsiz hech kimdir.Satira(lot. satira — qurama, har xil narsa) — komiklik turi bo‘lib, tasvir ob’yektini ayovsiz kulgi vositasi orqali anglash. Voqelikni badiiy aks ettirishning o‘ziga xos usuli bo‘lib, unda jamiyatdagi bema’ni, asossiz, noto‘g‘ri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real ko‘rinishini o‘zgartirib, oshirib, borttirib, mubolag‘a qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa ko‘pgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali Satira. Ob’yektiga "ishlov" beriladi. Satira muallifi komiklikning boshqa turlaridan (yumor,hikoyava boshqalar) ham foydalanishi mumkin, biroq Satira uchun salbiy tuyg‘u berib, keskin ifodalangan estetik ob’yekt xarakterli hisoblanadi.Satira Qadimgi Rimdalirikaning fosh qiluvchi janri sifatida tan olingan. Keyinchalik o‘zini janriy xususiyatlarini yo‘qota borib, ko‘pgina janrlar (masal,epigramma,burleska,pamflet,felyeton,komediyavasatirik roman)ning o‘ziga xos xususiyatini belgilovchi adabiy jinsga o‘xshab qoladi. Satira ijtimoiy kurashning eng muhim vositasi bo‘lib, unga tarixiy sharoit, milliy va ijtimoiy taraqqiyot faol ta’sir ko‘rsatadi. Satiraning ma’naviy ta’sir kuchining o‘tkirligi unda inkor qiluvchi kulgu orqali yaratilgan idealning umumxalq va universal bo‘lishi bilan belgilanadi. Satiraning estetik vazifasi tubanlik, nodonlik va boshqa ijtimoiy illatlarga qarama-qarshi tarzda kishilarda yuksak insoniy tuyg‘ularni uyg‘otish va qayta tiklashdan iborat.


3.1. Matn pragmatikasi tushunchasi haqida
“Pragmatika’’(pragma – ish, harakat) aslida falsafiy tushuncha bo‘lib, u Sokratdan oldingi davrlarda ham qo‘llanishda bo‘lgan va keyinchalik uni J.Lokk E.Kant kabi faylasuflar Aristoteldan o‘zlashtirganlar. Shu tariqa falsafada pragmatizm oqimi yuzaga kelgan. Bu oqimning asosiy taraqqiyot davri XIX-XX asrlardir. Ayniqsa, XX asrning 20-30- yillarida pragmatizm g‘oyalarining keng targ‘ibi aniq sezila boshladi. Amеrika va Yevropada bu targ‘ibotning keng yoyilishida Ch.Pirs, R.Karnap, Ch.Morris, L.Vitgenshteyn kabilarning xizmatlarini alohida qayd etmoq kerak.
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Amerikada hukmron bo‘lgan falsafiy pragmatizm yo‘nalishining asoschilaridan biri Charlz Pirs edi. Ushbu falsafiy tizimning asosiy g‘oyasi semiotik belgining ma’no-mazmunini ushbu belgi vositasida bajarilayotgan harakatning samarasi, natijalari, muvaffaqqiyati bilan bog‘liq holda o‘rganishdir. Bu tamoyil muallifi Ch. Pirs birinchilardan bo‘lib, belgi nazariyasi doirasida kommunikativ faoliyat subyekti omilini inobatga olish lozimligini uqtirdi.
Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida o‘tgan asrning 60-70-yillarida shakllandi. 1970- yilda Dordrext shahrida “Tabiiy tillar pragmatikasi”(Pragmatics of natural languages) mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda o‘qilgan ma’ruzalar to‘plamining muharriri, Tell-Aviv unversitetining professori I.Bar – Hillelning “So‘z boshi”da qayd qilishicha, anjuman ishtirokchilari yakdillik bilan “Tabiiy til vositasida bajariladigan muloqotning pragmatik xususiyatlari ushbu muloqotning sintaktik va semantik xususiyatlari kabi lingvistik nazariyasi doirasida o‘rganilishi lozim”degan xulosaga kelishdi (Vsr-Hilel 1971: V-VI ).
Pragmatikaning “Qayta tuzilish davri” deb e’tirof etilgan xuddi shu paytdan boshlab, xorijiy tilshunoslikda haqiqiy pragmatik ko‘tarilish yuzaga keldi. Bu mavzuga oid qator anjumanlar, yig‘ilishlar o‘tkazildi, chop qilinayotgan to‘plamlar, ilmiy tadqiqotlarning chegarasi yo‘q, Gournal of Pragmatics tom ma’noda xalqaro nashrga aylandi.
Pragmalingvistikaning predmetini aniqlashga ilk bor ahd qilganlardan biri G. Klaus edi. U pragmatikani ”belgilar va ushbu lisoniy belgilarni yaratuvchi, uzatuvchi hamda qabul qiluvchi shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi’’ fan sifatida ta’riflaydi. Ushbu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, pragmatikaning predmetini aniqlashda G. Klaus ham boshqa semiotiklar kabi belgi va uni idrok etuvchi interpretator munosabatidan uzoqlashmaydi, hatto uning “pragmatika dastlabki o‘rinda lisoniy belgilarning psixologik va sotsiologik tomonlarini o‘rganuvchi nazariyadir” degan xulosasi ham pragmatika tushunchasini tor ma’noda tavsiflashdan boshqa narsa emas.
J.Layonz tilshunoslarining 12-xalqaro konferensiyasida (Vena,1977) pragmalingvistikaning predmetini aniqlash va uning ta’rifini berishga harakat qildi:”Pragmatika tinglovchini uzatilayotgan axborotni xuddi so‘zlovchi istaganidek qabul qilishga undash maqsadi uchun mos keladigan lisoniy birliklarning kommunikatsiyada qo‘llanishini tavsiflaydi.Bu pragmatika lisoniy vositalarning shaxslararo muloqatdagi rolini aniqlash bilan shug‘ullanadi, deyish demakdir” (Proceedings 1978: 26). Ushbu ta’rifning asosida lisoniy harakatdagi ko‘zlanayotgan maqsad va unga erishish vositasi o‘rtasidagi munosabat turibdi .
“Sabab – motiv – maqsad” zanjiri nutqiy faoliyat rejasini shakllantiradi va uning voqelanishini ta’minlaydi. Xuddi shu narsa A.Kasherni pragmalingvistik tahlilning asosiy maqsadini “qo‘yilgan maqsadga erishishda lisoniy vositalardan foydalanishni ta’minlovchi insonga xos bo‘lgan qobiliyat qoidalarini” yoritish va tushuntirish deb tasvirlashga undaydi. (Kasher 1979: 38)
Pragmalingvistikani tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida ajratish va uning o‘zgarish ob’ekti, predmetini aniqlash uchun lisoniy birliklardan turli kommunikativ muhitda pragmatik qiymati, “bahosi”, mundarijasining namoyon bo‘lishini taminlovchi omillarni izlamoq darkor. Lisoniy birliklardan har qanday sharoitda namoyon bo‘ladigan belgilari ularning ontologik vazifaviy (funksional) xususiyatlari na’munasidir.
Shunday qilib, pragmatikaning umumiy ta’rifini quyidagicha tasavvur qilish mumkin: pragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo‘lib uning tadqiqot doirasida muloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni qo‘llash hamda ushbu qo‘llanishdagi birliklarning muloqot ishtirokchilariga ta’siri masalalari o‘rganiladi. Ushbu qoidalar kommunikatsiya shart-sharoitlariga nisbatan, keng ma’nodagi kontekst sifatida o‘rganiladi. Lisoniy hodisalarning bu yo‘sindagi tahlili ularning qo‘llanishidagi u yoki bu muhitda mavjud bo‘lgan to‘siqlar, chegaralanishlarni ham aniqlashga imkon beradi. Lingvistik tahlilning asosiy g‘oyasi ham lisonning tabiatini uning amaliy faoliyatda qo‘llanishiga nisbatan yoki boshqacha aytganda, bajarayotgan vazifasi doirasida aniqlashdir. Aynan vazifa (funksiya) tushunchasi lison tahliliga pragmalingvistik yondashuvning poydevoridir. Aminmizki, pragmalingvistikaning xuddi shu yo‘nalishdagi taraqqiyoti nazariy tilshunoslik va amaliy kommunikatsiya o‘rtasida mavjud bo‘lib turgan “uzilish”larni bir oz toraytiradi.
Pragmalingvistika tadqiqot predmetining keng miqyosda tasavvur etilishi ushbu sohaning turli yo‘nalishlarda taraqqiy etishini taqozo etadi. Natijada, pragmalingvistikaning nutqiy akt nazariyasi, deyksis nazariyasi, diskurs nazariyasi , pragmasemantika, pragmastilistika kabi o‘z “ichki” sohalari yuzaga keldi. Bu sohalarning farqi, birinchi navbatda, pragmalingvistikaning umumiy predmetini alohida qismlarga ajratish va har bir qismning batafsil yoritilishi, o‘rganilishida namoyon bo‘ladi.
Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, matn tushunchasini material jihatdan tayin etish va ta’riflashda mutaxassislar o‘rtasida yagona fikr yo‘q, aksincha, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki xil qarash mavjud. Ayrim tilshunoslar faqat yozma shakldagi yaxlit nutq yoki nutq parchasini matn deb hisoblaydilar. Masalan, rus tilshunosi L.M.Loseva “matn” tushunchasi aniqlashda barcha matnlar uchun xos bo‘lgan belgilardan kelib chiqish lozimligini aytadi va bu belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda bo‘lishini alohida qayd etadi. Matnni lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida rus tilshunosligida ilk o‘laroq batafsil o‘rganganlardan biri I.R.Gal’perin “matnning ontologik va funksional belgilarini namoyon etadigan yetakchi jihatlar”dan biri sifatida “yozma xujjat tarzida reallashadigan tugallanganlik”ni alohida ta’kidlab ko‘rsatadi. Uningcha, matn yozuvda qayd etilgan nutqiy asardir. Ammo matnning yozma yoki og‘zakiligi uning ontologiyasi va funksiyasiga nechog‘lik bog‘liq yoki bog‘liq emasligini muallif tomonidan aniq-tiniq ko‘rsatib berilmagan. Matnning mohiyati va kommunikatsiya jarayonida baradigan vazifani faqat yozuv bilan chegaralanadigan bo‘lsa, bu yirik kommunikativ birlikning tildagi o‘rni qanday belgilanishi haqidagi masala ochiq qolgan.
O‘zbek tilshunosligidagi bu yo‘nalishdagi ishlarga e’tibor qilinsa, ularda ham yuqoridagiga o‘xshash mulohazalar yo‘q emas. Masalan, M.Hakimovning nomzodlik dissertatsiyasida mana bunday fikrlarni o‘qish mumkin: “Nutq- bu so‘zlovchining nutqiy jarayoni bilan aloqador bo‘lgan hodisa sifatida ifoda etilsa, matn (tekst) ham mana shu nutqiy hodisaning yozilgan (“bosma harf orqali aks etgan”) parchasidir....”Nutq” o‘zining yozma shaklida “matn” atamasiga teng keladi....Har qanday nutqning yozma shakli matn tushunchasi mohiyatini ifoda etadi....Tekst – og‘zaki nutq, kontekstga nisbatan stabillashgan, ma’lum qoida, qonuniyatlar adabiy til me’yorlari asosida shakllangan yozma nutq....Matn bir vaqtning o‘zida emas, balki bir necha asr avvalgi va keyingi shaxslar o‘rtasidagi aloqa munosabatini yuzaga chiqaruvchi vositadir.”
Avvalo, aytish joizki, kishilar o‘rtasidagi aloqa kommunikatsiya matnlar vositasida amalga oshar ekan, matnni faqat yozma shakl bilan chegaralash shakllanib ulgurgan mavjud matn nazariyasi qoidalariga zid bo‘lishi turgan gap. Axir, kishilar o‘rtasidagi har qanday kommunikatsiya faqat va faqat yozma shaklda amalga oshishini tasavvur etib bo‘lmaydi. Sintaksisning asosiy birligini gap ekanligi hamisha e’tirof etilgan, matn yoki uning birliklari gapdan yirik, oliy sintaktik-kommunikativ birliklar hisoblanishi lozimligi bugungi matn lingvistikasining asosiy qoidalaridan biriga aylanib ulgurdi. Shunday ekan, faqat yozuvda aks etgan gapnigina gap deb, og‘zaki nutqdagi gapni gap bo‘lolmaydi deyish to‘g‘ri bo‘lmasligini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q, albatta. Agar faqat yozuvda ifodalangan yaxlit nutqnigina matn deyiladigan bo‘lsa, mantiq gapni ham faqat yozuvdagisinigina tan olish kerakligini taqozo etadi. Ammo buning mumkin emasligi tabiiy.
Og‘zaki nutqning bir yo‘nalishliligi yozma, (harflar yoki magnit tasmasida) nutq (matn)ning ko‘p yo‘nalishliligi, og‘zaki nutqning “qaytishsizligi”, yozma nutqning esa “qaytishligi”, ya’ni uning istalgan bo‘lagiga har qachon qaytish mumkinligi haqidagi da’vo-dalil ham asosli emas. Chunki bu “qaytish” tushunchasi faqat vizual-amaliy mohiyatga ega, nutqiy asar (matn)ning mohiyatiga aslo dahldor emas. Agar faqat yozma nutqdagi na oldingi qismlarga qaytish mumkin-u og‘zaki nutqiy yaxlitlikda uning oldingi qismlariga qaytishning imkoni bo‘lmasaydi, unda hech qanday og‘zaki nutqni tushunish, demakki,og‘zaki nutqiy kommunikatsiya mutlaqo mumkin bo‘lmasdi. Chunki so‘zlovchi muayyan yaxlit bir fikr, mavzuni og‘zaki bayon qilar ekan, ayni bayon jarayonining har bir onida uning o‘zi ham, xuddi shuningdek, tinglovchi ham mazkur nutqning oldingi istalgan parchasiga qayta oladi, balki oldingi qismlar ularning xotirasida turadi. Agar shunday bo‘lmasa, ya’ni nutq butunligicha ham so‘zlovchining, ham tinglovchining xotirasida turmasa, nutqni tuzish ham, uni mazmunini anglash ham imkonsiz bo‘ladi. Tabiiyki, so‘zlovchi ayni talaffuz jarayonidagina o‘z nutqiga hokim bo‘lsa, tinglovchi nutqning ayni eshitib turgan onidagi parchasinigina tushunsa, nutqning oldingi qismlari ularning har ikkisining ham “esidan chiqib qolaversa”, ular bir-birlarini tushunish imoniyatidan tamomila mahrum bo‘lib qolaveradi. To‘g‘ri, og‘zaki nutqning esa Xakimov M.X O‘zbek ilmiy matning sintagmatik va pragmatik xususiyatlari.zamon nuqtai nazaridan chegaralanmaganligini hech kim inkor etmaydi, ammo bu og‘zaki nutqni eslash, xotirada saqlash, umuman, uni yoki uning muayyan parchalarini tiklash ilojsiz degani emas.
Dunyoda biron-bir, kattadir-kichikdir, xalq yoki qavm yo‘qki, uning necha asrlardan beri og‘zaki shaklda avloddan-avlodga o‘tib yashab kelayotgan rang-barang so‘z san’ati durdonalari bo‘lmasin. Masalan, bir qo‘shiq yoki ertakni faqat qog‘ozga yoki magnit tasmasiga (yoki multimedia shakliga) tushirilganda matn, ammo og‘zaki shaklida matn bo‘la olmaydi deyish matn tushunchasini til doirasidan tashqariga chiqarib yuborishi tayin. Og‘zaki nutqiy asarni muayyan vositalar (yozuv, magnit tasmasi, multimedia kabi) yordamida qayd etish axborotning zamon va makonda saqlanishini ta’minlash imkoniyatlaridir, lekin, garchi yozma nutq muayyan tayyorgarlik bilan amalga oshiriladi, shuning uchun u ravon va ishlangan nutq deyilsa-da, buning til birliklarining tabiatiga bevosita jiddiy o‘zgartirish kiritadigan ta’siri to‘g‘risida gapirib bo‘lmaydi.
Matnning semantik-struktur tuzilishini rus tilidagi og‘zaki va yozma nutq misolida batafsil tadqiq etgan R.A.Karimov doktorlik dissertatsiyasida matn faqat grafik, yozma shakldagina emas, balki og‘zaki shaklda ham namoyon bo‘ladigan nutqiy asar ekanligini, bunda og‘zaki shakl genetik asos ekanligini alohida ta’kidlaydi va faktlarning tahlillaridan kelib chiqqan holda “bir qarashda matn makonining qarama-qarshi nuqtalarida joylashganday ko‘rinadigan og‘zaki spontan matn va yozma matn (badiiy matn) umumiy xususiyat-muayyan tuzilishga ega” degan nazariy xulosaga keladi. Shubxasizki, og‘zaki nutq birlamchi, yozma nutq esa ikkilamchidir, shuning uchun ham yozma matn uchun og‘zaki nutqning “genetik asos” bo‘lishi aksiomadir. Bu o‘rinda O.V.Dolgovaning quyidagi fikrlari diqqatga sazovor: “Inson nutqi – bu eng avvalo tilning tovushli shaklidir….Filolog uchun tovushli nutqni o‘rganish zarurligi haqidagi fikrning barqarorlashuvi og‘zaki va yozma nutq munosabati muammosini hal qilishdagi birinchi qadam bo‘lgan. Til yashash shaklining faqat bir, ya’ni yozma shaklini tadqiq etish bilan ob’ektni cheklash mumkin emas… Fanning istiqboldagi muvaffaqiyatli taraqqiyoti uchun rivojlangan adabiy tilda yozma va og‘zaki shakllar bir butunlikdaligini va ular ichki nutq orqali bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanligini aniqlashtirib olish muhimdir.Yozma matnni o‘qiganda biz uni faqat ko‘zimiz bilan idrok etmaymiz, balki uni ichki nutqimiz tarzida “aytamiz” ham. Yozuvda bir qator eng sodda sintaktik munosabatlar punktuatsiya orqali ifodalanadi. Har qanday matnning yozma shakli, uning ontologiyasi tirik insonlarning mavjudligiga bog‘liq,ular yozma matnga qarab, o‘zlarining ichki nuqtalari (….)da uning talaffuzini aks ettira oladilar. Ichki nutq haqidagi ta’limotsiz mohiyatan tilshunoslik umuman mavjud bo‘la olmaydi.” Demakki, tovushli nutq diqqat markazida turmas ekan, matnni ilmiy o‘raganish, matn nzariyasini tasavvur etish, matn lingvistikasini rivojlantirish mumkin emas.
Matnning ham til, ham nutq birligi ekanligi haqidagi qarash, yuqorida ta’kidlab o‘tkanimiz kabi, tadqiqotchilarning asosiy ko‘pchiligi tomonidan tan olingan. Gap qoliplari tilda mavjud bo‘lgani-singari til sistemasida matn yaratishning ham umumiy qoidalari, qoliplari, “formulalari” bor. Mazkur qoliplar asosida nutqda matn yaratiladi. Shuning uchun ham gap qanchalik ham til, ham nutq hodisasi bo‘lsa, matn ham shunchalik ham til, ham nutq hodisasidir. To‘g‘ri, gapga hos qonuniyatlar, qoidalar, kategoriyalarni matnga bevosita tatbiq etish mumkin emas. Chunki aytilganiday, matn gapdan yirik, oliy kommunikativ birlik va uning yaratilishida mutlaqo farqli qonuniyatlar amal qiladi. O.L.Kamenskaya juda o‘rinli ta’kidlaganidek, matn strukturasining til qonuniyatlari bilan chegaralanishi bir qadar kuchsiz, ayni shu xssusiyat ancha katta hajmdagi matnda eng murakkab fikr-g‘oyani batafsil bayon qilishga imkoniyat beradi. Lekin matn strukturasining til qonuniyatlari bilan kuchsiz chegaralangan bo‘lishiga qaramasdan, uning uzvlari o‘rtasidagi aloqa majburiydir, ayni paytda bu aloqa o‘ziga xos xarakterga ega. Matnlarni tuzishning umumiy qoidalari, albatta, bor, biroq bu qoidalarning tabiati gap tuzish qoidalaridan nisbatan kuchsiz qat’iyligi bilan farq qiladi. Ammo til va nutqqa munosabati masalasida gap va matn o‘rtasida muayyan o‘xshashlikning borligi tabiiy.
Nemis tilshunosi V.Dressler til sistemasining birligi bo‘lgan matnni (“tekstema”, “potensial matn”, “konkret talaffuz qilingan matn”, “etik matn”) farqlash lozimligini alohida ta’kidlaydi. M.Xellidey tilning matn yaratuvchilik vazifasini tilning boshqa asosiy vazifalari qatorida unga organik xos bo‘lgan vazifa sifatida qaraydi va uni faqat nutq doirasi bilan chegaralab bo‘lmasligini aytadi. Umuman, aytish, mumkinki, matn ham til birligi, nutq birligidir degan qarash bugun ancha keng tarqalgan.
Tilshunoslikda til strukturasining sathlari masalasi har qanday tadqiqot uchun muhim ekanligi ma’lum. Til tadqiqi jarayonida tahlilning turli bosqichlarida fonologik, morfologik, sintaktik va leksik-semantik sathlar farqlanadi. Matn mazkur sathlar iyerarxiyasida qayerdan joy oladi ? Umuman, matn til strukturasinining alohida sathi bo‘la oladimi?
Uzoq vaqtlar, matn lingvistikasi keng rivoj topgunga qadar tilshunoslikda bu masalada bir fikr ustuvor edi, ya’ni til birliklarining iyerarxik (pog‘onali) strukturasida oliy birlik sifatida gap e’tirof etilgan. Masalan, mashhur fransuz tilshunosi E.Benvenist gapni segmentlash (bo‘laklarga ajratish) mumkinligini, ammo uni biron-bir boshqa yuqori sath birligining tashkil etuvchisi sifatida qarab bo‘lmasligini ta’kidlaydi va shunday deb yozadi: “Gap faqat biron-bir boshqa gapda oldin yoki keyin kelishi, ular bilan ketma-ketlik munosabati bo‘lishi mumkin. Gaplar guruhi gap sathiga nisbatan alohida sath birligini shakllantira olmaydi. Kategorematik (gap) sathdan yuqorida joylashgan til sathi yo‘q.”
Rus tilshunosi M.Y. Blox til birliklari va til sathlari munosabatini yaxlit sistema tarzida tadqiq etar ekan, tilning eng kichik birliklaridan tortib, eng yirik birligi –matngacha bo‘lgan iyerarxiyaning mohiyatiga alohida e’tibor beradi. Ayniqsa, gap va matnning til sathlariga munosabati masalasida aniq va asosli fikrlarni bayon qiladi.U gapni sath shakllantiradigan birlik sifatida “propozema” deb nomlaydi (gapning semantik asosini ifodalovchi “propozeisiya” so‘zidan) va propozematik sath til belgisi propozematik sath ustida mustaqil gaplarning sintaktik birikuvi natijasida shakllanadigan “suprapropozetik sath” tuzilishini aytadi. Mazkur ikki sathni nomlashda (“propozematik” va “suprapropozetik”) muallifning umumlashtiruvchi jihat, ya’ni har ikkisida ham propozemani nazardan qochirmaganligi diqqatga sazovar.
Ba’zi tadqiqotchilar matnga alohida sath sifatida qarash mumkinligini aytadilar, ammo ayni paytda matn tilning emas, balki nutqning sathi bo‘la olishini ta’kidlaydilar. Bunda matnning nutq jarayoni hodisasi sifatida sistemaliligiga urg‘u beradilar. Bunday talqindan kelib chiqiladigan bo‘lsa, tabiiyki, mantiqan matnga til hodisasi emas, balki faqat nutq hodisasi sifatida qarash lozim. Holbuki, matnning mohiyatan, eng avvalo, til hodisasi ekanligi bugungi matn lingvistikasida deyarli e’tirof etib bo‘lingan bir haqiqatdir. Shuningdek, matnning asosiy va birlamchi til belgisi ekanligi haqidagi qarash ham tilshunoslikda turg‘unlashgan. Shuning uchun ham matn faqat nutq sathiga oiddir degan fikrga qo‘shilish qiyin. Bu.munosabat bilan O. L. Kamenskayaning “Matn va kommunikatsiya” nomli kitobida til sistemasida alohida matn sathining mavjudligini ko‘rsatish maqsadidagi bir qiyosini shu o‘rinda keltirish joiz. Uning fikricha, til birliklarining kommunikativ vazifani bajarishdagi ishtiroki darajasi ham til sistemasini pog‘onalashtirish uchun asos hisoblanadi. Ana shundan kelib chiqqan holda u til sistemasidagi sathlarni ajratish va asoslashning maqbul tamoyillaridan biri til strukturasining bilim strukturasi bilan qiyoslash mumkinligini aytadi. Uningcha insoniyat to‘plagan bilimlarning hajmi favqulodda ulkan va bu bilim muayyan tarkiblanishga ega. Bilim strukturasi modelida eng yuqori umumlashgan sathni shartli ravishda dunyo haqidagi jami bilim deyish mumkin. Dunyo haqidagi jami bilim konkret fanlar bilim sohasiga, shuningdek kundalik turmush bilimlariga ajraladi, bu eng yuqoridan keyingi quyi sath bo‘ladi. Har qanday bilim sohasidagi konkret bilim hamisha tarkiblangan bo‘ladi. U ayrim ilmiy qoidalar va faktlar-mazkur modelda yana bir sathni tashkil etuvchi “bilim fragmentlari” dan tarkib topadi. Bilim fragmentlari, o‘z navbatida mazkur modelda yana bir alohida sathni tashkil etuvchi ayrim hukmlar-muayyan obyektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi bilimlardan tuziladi. Hukmlar esa bilimning yanada quyi sathini yuzaga keltiruvchi tushunchalar-obyektlar yoki ular o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi elementar bilimlardan hosil bo‘ladi. Tushunchalar, o‘z navbatida, keyingi sath elmentlarini yuzaga keltiruvchi tugallanmagan tushunchalar-obyekt yoki munosabatlar haqidagi tugallanmagan bilimlardan tashkil topadi. Keyingi, aytish mumkin bo‘lsa, so‘ngi sath esa tushunchalarni farqlaash sathidir.
Ana shu mulohazalardan kelib chiqib, matnni gaplar ketma-ketligining bog‘lanishlilik asosida og‘zaki yoki yozma shaklda yuzaga keladigan struktur, mazmuniy va kommunikativ yaxlitligi tarzidagi butunlik sifatida, til sintaktik sathining oliy darajadagi birligi sifatida talqin etish maqsadga muvofiq.
Badiiy matnning quyidagi mazmuniy turlarini belgilash mumkin: 1.Hikoya mazmunli matn. 2.Tasviriy matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4.Didaktik matn. 5.Xabar mazmunli matn. 6.Buyruq-istak mazmunli matn. 7.Hissiy ifoda mazmunli matn.
Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tmoq joizki, ushbu turlarning faqat bittasi asosida shakllantirgan badiiy matnni kamdan-kam hollarda uchratish mumkin bo‘ladi. Badiiy asar tarkiblanish jihatidan ham, mazmun jihatidan ham o‘ta murakkab tuzilishga ega bo‘lganligini bois, unda matnning barcha mazmuniy turlarini yoki ma’lum bir turining ayrim xususiyatlarinigina uchratish mumkin. Shuning uchun biror asarning matn turini aniqlashda asarning umumiy ruhiga va yozuvchining asl maqsadiga e’tibor qaratish lozim. Yozuvchi ushbu matn orqali nima demoqchi ekanligi, qanday fikrni ilgari surmoqchi ekanligi va maqsadiga erishish uchun qanday ifoda tarzini tanlanganligini aniqlash hamda qanday matn turlaridan foydalanganligini o‘rganish zarur hisoblanadi.

Yüklə 463,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin