Таржима назарияси ва амалиёти кафедраси



Yüklə 463,5 Kb.
səhifə15/21
tarix07.02.2023
ölçüsü463,5 Kb.
#83301
növüДиссертация
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Таржима назарияси ва амалиёти кафедраси

Izoh mazmunli matnda aytiladigan fikrning ishonarliligini ta’minlash uchun turli dalil va izohlar keltiriladi. Asoslash, isbotlash, o‘zini oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har xil dalil yoki vajlarni keltirish izoh mazmunli yoki argumentli matn turining o‘ziga xos jihatlaridan hisoblanadi. Fikr bilan keltirilgan dalil o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlikning bo‘lishi muhim sanaladi. Bunday matnda chunki, zero, aslida, shuning uchun, to‘g‘risini (ochig‘ini, rostini) aytganda, eshitishimga qaraganda, bilishimcha, taxminimcha kabi birliklar qo‘llanilganligini ko‘ramiz. Kitobxonni yoki tinglovchini ishontirish asosiy maqsad bo‘lganligi uchun shunga mos ritorik uslub tanlanadi. Badiiy tasvir vositalaridan foydalaniladi. Gaplarning, to‘g‘rirog‘i, mikromatnlarning o‘zaro zich bog‘langanligi va ta’kid oxangi sezilib turadi. Masalan, quyidagi parchaning ikkinchi obrazi ana shunday odamlarning tirnoqcha “nuqson” nini ham tuyadek qilib ko‘rsatar edi: umuman, izoh mazmunli matndir:
Men uning boshlig‘iga sodiqligi uchun besh ketdim. Ammo bir andisha g‘ashimni keltirdi: ilgari, huv ilgari shunaqa deyishsa, e’tiroz bildirmas edim.
Chunki rayko‘m kotibi – hokim, xoqon edi! Panada bilganini qilib, ochiqda xo‘jalik rahbarlarining restoranga kirishi istisno hol edi. Ammo hilvat go‘shalarda ular qilgan ishni o‘sha xonlar ham qilolmagan-ov…(Sh.Xolmirzaev, “Quyosh-ku falakda kezib yuribdi” hikoyasi)
Didaktik matn o‘quvchi yoki tinglovchiga pand-nasihat qilish, uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishga o‘rgatish niyati bilan tuziladi. Sharq adabiyotshunosligida alohida didaktik adabiyot tushunchasi ham mavjud.
Masalan, A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud ahloq” asaridagi quyidagi she’rni ana shunday matn deyish mumkin:
G‘azablik bo‘lmog‘il, bo‘lg‘il muloyim,
Bo‘lursan shodu xurramlikda doim.
G‘azab o‘tdur, yoqadur jismu joning,
G‘azab barbod etadur xonumoning.
G‘azablik o‘tni bo‘sh suv past qilg‘ay,
G‘azabni jinni yoki mast qilg‘ay.
Maqol,aforizm,masal,rivoyatlar, turli hayotiy voqealar asosidagi didaktik hikoyatlarni ham didaktik matn deb qarash mumkin, zotan, ulardan mazmunning mohiyatida tarbiya, pand-nasihat, didaktika yotadi. Shuning uchun ham ularni didaktemalar tarzida umumlashtirish mumkin.
Badiiy matnda muayyan maqsad bilan qo‘llanilgan didaktemalarning matn ichiga singdirilish tarzi ham turlicha bo‘ladi.Muallif bunday didaktemalarni matnga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kiradi va uning qaysi janrga taalluqli ekanligini aytib o‘tadi.Didaktemalar matn tashqarisida avvaldan tayyor holda mavjud bo‘ladi. Muallif yoki qahramon nutqida quyidagi ifoda shakllari ishlatiladi:shunday maqol bor, mashoyixlar demishlarki,ulug‘larda shunday gap bor,derlarkim,shunday rivoyat eshitganman va hokazo.

Yüklə 463,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin