Таржима назарияси ва амалиёти кафедраси



Yüklə 463,5 Kb.
səhifə16/21
tarix07.02.2023
ölçüsü463,5 Kb.
#83301
növüДиссертация
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Таржима назарияси ва амалиёти кафедраси

Xabar mazmunli matn biror voqea-hodisa haqida xabar berish maqsadida tuziladi. Tabiiyki, badiiy matndagi xabar mazmuni o‘ziga xos tarzda bo‘ladi, u oddiy xabardan, oddiy informativlikdan farq qiladi. Estetik maqsad yuklangan bo‘ladi. Boshqa matn turlari bilan qorishgan holda keladi. Masalan, Abdulla Qodiriy “O‘tgan kunlar” romani yakunida shunday bir xabarni keltiradi:
Keyingi Marg‘ilon borishimda yaqin o‘rtoqlardan Yodgorbek to‘g‘risini surishtirib bildim: Yodgorbek ushbu asrning o‘n to‘qqiz va yigirmanchi ochlik yillari muyonasida vafot qilib, undan ikki o‘g‘il qolibdir. O‘g‘illaridan bittasi bu kunda Marg‘ilonning mas’ul ishchilaridan bo‘lib, ikkinchisi Farg‘ona bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu nishonsiz, o‘lik-tirigi ma’lum emas, deydilar.
Bu xabar mazmunli matn hisoblanadi.Lekin asar ichida emas, balki asarga ilova sifatida keltirilgan. Asar qahramonlarining hayotdan olinganligini ta’kidlash, bunga kitobxonni ishontirish istagi bilan kiritilgan.Bu haqda asar avvalida ham yozuvchi alohida ta’kidlagan: “Xalqimizni shu zamonning”Tohir -Zuhra”lari, “Chor darvesh”lari, “Farhod-Shirin”va”Bahromgo‘r”lari bilan tanishdirishga o‘zimizda majburiyat his etamiz”. Balki, yozuvchi ushbu qahramonlar taqdiri qanday kechganligi haqida kitobxonlarga xabar berishni xohlagandir, balki, romanni davom ettirajagini, agar davom ettirilsa, voqealar shu mazmunda bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berayotgandir.Bu bizga qorong‘u, lekin keltirilgan matn xabar mazmuniga ega.
Buyruq-istak mazmunli jihatdan buyruk maylidagi fe’llar ko‘proq qo‘llanadi. Asosan, qahramonlar nutqida kuzatiladi. Lekin muallif nutqida istak, maslahat yoki tavsiya ma’nosida qo‘llanilishi ham mumkin. Masalan:
Bir narsani orzu qilaman. Bu dunyoda men qilgan yaxshi ishlardan aqalli bitta ko‘proq yaxshilik qilsang…..Bu dunyoda men qilgan xatolardan aqalli bitta kamroq xato qilsang.-…(O‘.Hoshimov).
Hissiy ifoda mazmunli matn insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o‘ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuziladi. Masalan:
Erta bahor-cheksiz sog‘inchning ufqi. Muzga aylanishdan bosh tortgan isyonkor tomchilar yomg‘ir bo‘lib to‘kilmoqda.Yomg‘irning daraxtga,kurtakning tomchiga aytadigan “shiviri” yig‘ilganey-yig‘ilgan. Xo‘ngrab-xo‘ngrab, bo‘zlab-bo‘zlab dil rozini aytayotgan erta bahor buluti aslida osmon dardidan so‘z ochishga botingan asov g‘alayon. Nish urmish kurtakka nasib etgan yomg‘ir tomchisi ko‘kning beqiyos ehtirosi parchasi.Yomg‘ir “shiviri” umidlarga to‘la daraxt ta’zimiga kutilmaganda duch kelsa, bu ajib bir shodonlik tavalludi. Aslida bu “shivir-shivirlar” rishta xolos. Aslida ulkan osmonning jajji zaminga aytadigan dardi ko‘p-ey…Zamin esa dil izhorini minnatdor tinglar ekan, jajji daraxtlari, endi unajak o‘t-o‘lani-yu, chambar gullari-la ta’zim etadi.
Yeru-osmon, daraxtu yomg‘ir, nish urish orzusidagi kurtagu, unga lab tegizgan tomchi, ko‘kdagi bulutdan barqini kutgan maysalar, chechaklar yamoqchi sog‘inch dardida butun bo‘ladilar endi. Bilaman, zamin-u falak visoli xayoliy ufqsagina namoyon. Bilaman…Ammo…Qalbim zulflariga urilgan shivir-shivirlarni sezmaslikni eplay olmayapman.Sog‘inch- umrim yamog‘i…(Yo.Akram)
Badiiy matnning mazmuniy turlarini umumlashtirgan holda tavsifladik.Aytib o‘tilganidek, bu turlar yaxlit matnda aksar hollarda qorishiq, sintezlashgan tarzda namoyon bo‘ladi. Bu mazmuniy turlarning barchasi badiiyatdagi yagona bosh maqsad – estetik ta’sir qilish maqsadida bo‘ysundirilgan bo‘ladi.
Pragmatika nutqiy ta’sir natijasining hosil bo‘lish ehtimolini belgilovchi vositalarni aniqlash imkonini beradi. Bunday vositalar qatoriga masalan, pragmatik mazmunni aniqlashtiruvchi illokutiv fe’llar kiradilar. Ushbu fe’llar nutqiy harakat tarkibida muhim rol o‘ynaydilar, ular muloqot maqsadi mazmuni va bajarilayotgan nutqiy harakatning illokutiv kuchini aniq va ochiq ko‘rsatish xizmatini o‘taydilar. Masalan, “Kumushni ertaga kinoga olib boraman” gapining talaffuzi vositasida va’da berish nutqiy harakati bajariladi, ammo ushbu harakat mazmunini aniq ifodalash uchun illokutiv fe’lni qo‘llash imkoni ham bor: “Kumushni ertaga kinoga olib borishga va’da beraman”. Xuddi shuningdek, “Dars qilmaysanmi?” sintaktik birligi so‘roq, talab, ogohlantirish, taklif kabi nutqiy harakatlarni ifodalashi quyidagi yo‘sinda aniqlashtirilishi mumkin: “Dars qilmaysanmi, deb so‘rayapman (sendan)”; “Dars qilmaysanmi? Buni sendan talab qilaman” (o‘qituvchining so‘zi); “Dars qilmaysanmi? Seni ogohlantiryapman”; “Dars qilmaysanmi? (kel, birgalikda qilishga taklif qilyapman)”.
Illokutiv fe’llarning ma’no tartibida talaffuz etilayotgan nutqiy birlikning (gap yoki matnning) pragmatik- kommunikativ mazmunini ifodalovchi sema asosiy o‘rinni egallaydi. Masalan, “Fan nomzodi H.Suyuno‘vaga dotsentlik unvoni berishiga qarshiman”; “Fan nomzodi H.Suyuno‘vaga dotsentlik unvoni berilishini talab qilaman” kabi tuzilmalar bir xil propozitsiyaga ega, ularni farqi faqatgina pragmatik mazmunda, ya’ni turli nutqiy harakatlar ifodalanishida va kommunikativ maqsadlarning har xil bo‘lishiga turli illokutiv fe’llar (rozi bo‘lmoq, qarshi bo‘lmoq, talab qilmoq) qo‘llanilishi vosita xizmatini o‘tamoqda. J.Syorl pragmatik mazmunning bu asnoda namoyon bo‘lishini “ifodalanish tamoyili” (the prinsiple of expressibility) faollashuvi natijasi deb xisoblaydi. Biroq, ushbu tamoyil nutqiy muloqot matnlarida har doim ham bir yo‘sinda namoyon bo‘lavermaydi. Binobarin, buyurmoq, ogohlantirmoq, maslahat bermoq, taqiqlamoq, taklif qilmoq kabi birliklar nutqiy tuzilma tarkibidan joy olib, uning mazmuni oydinlashtirish uchun xizmat qila olishi ma’lum. Lekin, “Men maqtana olmayman, sendan aqlliroqman” qabilida maqtanish nutqiy harakatining qo‘llanishi ehtimoldan ancha yiroq. Balki, ushbu harakatni bajarayotgan shaxsning maqtanishga haqqi bordir. U o‘z suhbatdoshiga nisbatan aqlliligi haqiqatdir, lekin nutqiy muloqot odobi bunga yo‘l qo‘ymaydi.
Pragmatik maqsad va mazmunning ekplisit, ya’ni ochiq ifoda etilishida diqqat axborot almashinuvidan ushbu axborotni uzatish maqsadiga ko‘chadi va kommunikatsiya maqsadi uzatilayotgan axborotning predmetiga aylanadi. Nutqiy harakat maqsadining ochiq bayoni turli ko‘rinishdagi lisoniy birliklar vositasida bajariladi va bulardan eng asosiysi pragmatikada performativ formula atamasini olgan.
Demak, lisoniy birliklarning aniq va voqeiy muloqot sharoitida qo‘llanishi pragmatik tahlil ob’ektidir. So‘zlovchi va tinglovchi munosabati nutqiy muloqot sharoitida yuzaga keladi, nutqiy harakat muloqot matnini talab qiladi va shu muloqot kontekstida mazmunga ega bo‘ladi. Muhit, o‘z navbatida, ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, u ijtimoiy qatlam, guruhning madaniyati bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Ushbu guruhdagilarni har xil anglashilmovchiliklar, ma’noviy ikkiyoqlamalik, noaniqliklarni bartaraf etish imkonini beradigan umumiy bilim zahirasiga hamda muloqotning mavaffaqqiyatini ta’minlovchi qoidalardan foydalanish malakasiga ega bo‘lishadi. Shunday malakaga ega bo‘lmagan shaxs muloqotda hech qanday samaraga erisha olmaydi. Nutqiy muloqotda axborot uzatish “yuki”, so‘zsiz, lisoniy birliklar “yelkasi”ga tushadi, ammo shaxslararo munosabat normasini, milliy-madaniy qadriyatlar tizimini egallamasdan turib, to‘laqonli muloqotga kirishishning imkoni yo‘q.
Xullas, kommunikativ faoliyat turli xildagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi, bulardan, masalan, lisoniy bilim til tizimi tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, qomusiy bilim esa voqelikni aks ettiradi va nihoyat, interaktiv bilim o‘zaro munosabat asosida turgan, ijtimoiy guruh uchun umumiy bo‘lgan qoidalar to‘plamini bilishni taqozo etadi.Lisoniy muloqot qobiliyati deyilganda, xuddi shu bilimlar nazarda tutiladi. Interaktiv bilim muloqot ishtirokchilari uchun asosan bir xil darajada bo‘lgani ma’qulroq, chunki faqatgina shu holatdagina yakdillikka, o‘zaro bir-birini anglashga erishib bo‘ladi.
Muloqotdoshlarning bir-birini tushunish lisoniy kommunikatsiyaning asosiy shartidir.Masalan,”Choy tugabdi”,”Sovuq”jumlalarini “Choy damla”, “ Issiqroq kiyin” yoki “Eshikni yop” kabi mazmunlarida anglash uchun J. Serl aytgan shared background information, ya’ni “o‘zaro umumiy va oldindan ma’lum bo‘lgan ma’lumotga” ega bo‘lish kerak.Ammo bunday holatda va “orqa fon”da turadigan ma’no o‘z-o‘zidaan paydo bo‘lmaydi.
Asosiy muloqot birligi bo‘lgan matnning umumiy tuzilishi, mazmuniy mundarijasi lisoniy birliklar kommunikativ ma’nosini shakllantiruvchi tajriba maydonidir. Yaxlit kommunikativ lisoniy tuzilma bo‘lgan matnning semantik mundarijasi denonativ va signifikativ qismlardan tarkib topadi. Bulardan birinchisi matn mazmunining voqelikda kechayotgan hodisalar bilan bog‘liq tomonlariga ishora qilsa, ikkinchisi esa matn yoki nutq ijodkorining nutqiy tafakkur faoliyati bilan bog‘liqdir.Tver pragmalingvistika maktabining vakili M.L.Makarov matn mazmuni tavsifiga “kommunikatorosentrik” yondashuv tarafdorlaridan biridir. Mixail Lvovich o‘z ustozi professor I.P.Susov izidan borib matn mazmunining denonativ va signifikativ xususiyatlari qatoriga propozitsiya, referensiya, eksplikatura, inferensiya, implikatura, relevantlik, presuppozitsiya kabilarni kiritadi.



Yüklə 463,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin