Таржима назарияси ва амалиёти кафедраси


Uchinchi bob bo‘yicha xulosa



Yüklə 463,5 Kb.
səhifə19/21
tarix07.02.2023
ölçüsü463,5 Kb.
#83301
növüДиссертация
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Таржима назарияси ва амалиёти кафедраси

Uchinchi bob bo‘yicha xulosa
Uchinchi bop uchun umumiy xulosani yozar ekanman satira janriga yanada qiziqishim ortdi va har bir so‘zni matn bo‘laolishi mumkinligi haqidagi qarashlar meni juda qiziqtirib qo‘ydi pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida ajratish va uning o‘zgarish ob’ekti, predmetini aniqlash uchun lisoniy birliklardan turli kommunikativ muhitda pragmatik qiymati, “bahosi”, mundarijasining namoyon bo‘lishini taminlovchi omillarni izlamoq darkor. Lisoniy birliklardan har qanday sharoitda namoyon bo‘ladigan belgilari ularning ontologik vazifaviy (funksional) xususiyatlari na’munasidir.
-pragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo‘lib uning tadqiqot doirasida muloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni qo‘llash hamda ushbu qo‘llanishdagi birliklarning muloqot ishtirokchilariga ta’siri masalalari o‘rganiladi. Ushbu qoidalar kommunikatsiya shart-sharoitlariga nisbatan, keng ma’nodagi kontekst sifatida o‘rganiladi.
-lisoniy hodisalarning bu yo‘sindagi tahlili ularning qo‘llanishidagi u yoki bu muhitda mavjud bo‘lgan to‘siqlar, chegaralanishlarni ham aniqlashga imkon beradi. Lingvistik tahlilning asosiy g‘oyasi ham lisonning tabiatini uning amaliy faoliyatda qo‘llanishiga nisbatan yoki boshqacha aytganda, bajarayotgan vazifasi doirasida aniqlashdir. Aynan vazifa (funksiya) tushunchasi lison tahliliga pragmalingvistik yondashuvning poydevoridir.
-pragmalingvistikaning xuddi shu yo‘nalishdagi taraqqiyoti nazariy tilshunoslik va amaliy kommunikatsiya o‘rtasida mavjud bo‘lib turgan “uzilish”larni bir oz toraytiradi. O`z oldiga qo`ygan amaliy maqsadiga ko`ra matn bir necha turlarga bo`linadi: yozma matnlar, og`zaki matnlar. Bu matn turlari o`z navbatida yana bir necha kichik guruhlarga, turlarga ajraladi. Masalan, og`zaki matnlar quyidagi turlarga bo`linadi: a) dialogik matnlar (suhbatlar), fol`klor (xalq og`zaki ijodi) matnlari, v) ovozalar (mishmishlar). Matnlarning har bir turi o`ziga xos xususiyati bilan, tarkibi va mazmuni bilan boshqa tur matnlardan ajralib turadi. Masalan, ertak, topishmoq, maqol, terma singari matnlar fol`klor namunalari bo`lsa-da, bir-biridan farqlovchi xususiyatlarga ega.
-yozma matnlar tarkibiga kiruvchi monografiya, ilmiy maqola, ilmiy-ommabop maqola, taqriz, muammoviy maqola, risola singarilar turli farqlanuvchi belgilari bilan bir-biridan ajralib turadi. Masalan, ilmiy maqola muayyan masala jihatida avval ma`lum bo`lgan fikrlar muhokamasi bilan keyin muallifning shu masalaga oid yangi ilmiy qarashi bayon qilinadi hamda bu qarashlarning amaliy qo`llanishiga oid tavsiyalar beriladi, shu bilan ilmiy maqola matni yakunlanadi.
-matn tarkibi uch qismga bo`linadi:
a) ifoda qobig`i
b) matn mazmuni (semantikasi)
v) matn grammatikasi matnning butunligini, yaxlitligini ta`minlab turuvchi narsa uning asosida yotgan asosiy g`oyadir. Bu g`oyani matn tilshunosligida makrotema deb ataydilar. Makrotemalar o`z navbatida bir qancha mikrotemalardan tashkil topgan bo`ladi. Mikrotemalar matnning asosiy g`oyasi, ya`ni makrotema orqali bir-biri bilan o`zaro bog`langan bo`ladi. Matnni tashkil etuvchi birliklar orasidagi bog`lanish presuppoziciya va implikaciya munosabatlari orqali amalga oshadi. Bu ikki tushuncha bir-biri bilan o`zaro bog`liqdir. Har qanday yangi gap matn tarkibida oldingi gapni to`ldirib keladi va o`z navbatida yangi gapning tuzilishiga zamin hozirlaydi. Matn tarkibida gaplar ana shu tarzda zanjirsimon bir-biri bilan bog`lanib ketaveradi. Shu holat matn tilshunosligida presuppozisiya yoki implikasiya deb yuritildi


XULOSA
Yuqoridagilarni hisobga olib dissertatsiyaning umumiy xulosalari deb quydagilarni havola etaman.
- badiiy til har qanday adabiy asarning spesifikasini belgilaydigan eng asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Badiiy til nazariyasi esa adabiyot nazariyasiga oid masalalarning birinchi qatorida turadi». O‘zbek tilshunosligida ham badiiy asar tilini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlarda, asosan, ikkita yo‘nalish yetakchilik qilganligini kuzatish mumkin.
1. Lingvistik yo‘nalish. Tilning muayyan tarixiy davrdagi holati ayni holatga xos bo‘lgan xususiyatlar, leksik, fonetik va grammatik o‘zgachaliklar, tilning hozirgi holati biian umumiy va farqli jihatlarini ilmiy tadqiq etish maqsadida o‘sha davrga oid adabiy – badiiy asarlarning tili o‘rganiladi. Bunda badiiy asarlar, yozma yodgorliklar tili ayni maqsaddagi tadqiqot uchun faqat material bo‘lib xizmat qiladi. Til tarixini tasvirlash va tadqiq etishda bu yo‘l eng qadimgi va mustahkam lingvistik an’ana sifatida yashab kelmoqda. O‘zbek tilshunosligida bu yo‘nalishda juda ko‘p tadqiqotlar yaratilgan.
2. Lingvopoetik yo‘nalish. Badiiy asar tilini lingvopoetik yo‘nalishda o‘rganishning asosiy maqsadi esa bundan farq qiladi, albatta. Bu o‘rinda masala tilning turli vazifalarga egaligiga borib taqaladi. Tilshunoslikka oid zamonaviy adabiyotlarda tilning, asosan, to‘rt-besh vazifasi qayd etiladi.
1. Kommunikativ vazifa – tilning kishilar o‘rtasida asosiy aloqa vositasi ekanligi.
2. Ekspressiv vazifa – turli fikr va tuyg‘ularni ifodalash vazifasi.
3. Konstruktiv vazifa – fikrlarni shakllantirish, tartibga solish va ifoda tarzini belgilash vazifasi.
4. Akkumulyativ vazifa – ijtimoiy tajriba va bilimlarni to‘plash, saqlash vazifasi. Badiiy asar tili tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda tilning ayni "ekspressiv vazifasi» atamasi bilan bir qatorda «tilning poetik vazifasi», «tilning badiiy vazifasi», «tilning estetik vazifasi» kabi atamalar ham qo‘llanadi.
-estetik vazifa tushunchasi ekspressivlik, badiiylik, poetiklik kabi bir qator tushunchalarni ham o‘z ichiga olgan holda ularni umumlashtira oladi. Boshqacha qilib aytganda, mazkur tushunchalarga qaraganda estetik vazifa tushunchasining qamrovi ancha keng. Albatta har qanday badiiy asarda tilning boshqa vazifalari ham reallashadi, ammo estetik vazifa birinchi planda turadi, yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham lingvistik adabiyotlarda bu holatga mana bu tarzda alohida urg‘u beriladi:
-badiiy matn har qanday nobadiiy matndan farqli o‘laroq alohida vazifani – kommunikativ vazifa bilan murakkab o‘zaro aloqadorlikda namoyon bo‘luvchi va matnning o‘ziga xos qurilishida hal qiluvchi omil hisoblanuvchi estetik vazifani bajaradi»
-tilning bu o‘ziga xos estetik vazifasi namoyon bo‘ladigan soha faqat badiiy asar matnidir, undan boshqa biron bir nutq ko‘rinishida til o‘zining bu vazifasini reallashtira olmaydi deb qarash ham asosli emas.
-tilning bu vazifasi (estetik vazifasi) faqat badiiy asardagina namoyon bo‘lmaydi. Bizning diqqatimiz jumlaning shakliga, fikr qay tarzda ifodalanganligiga qaratilgan har onda biz aynan shu vazifaning harakati doirasiga kiramiz.
-badiiy inatnda muallifning mazmunni shaklga solishdagi mahorati, bundagi individual xususiyatlar alohida qimmatga ega. Badiiy matnning lingvopoetik tahlilida, eng avvalo, ana shu jihat, ya’ni shakl va mazmun birligi birlamchi tamoyil sifatida nazarda tutilishi lozim. Shakl va mazmunning ochiq yoki yashirin muvofiqligi muallif badiiy niyatining aniq va to‘la namoyon bo‘lishi uchun jiddiy zamindir.
–makon va zamon birligi tamoyili. Badiiy matnning til xususiyatlari tekshirilayotganida undagi har bir hodisaga makon va zamon birligi tushunchasini hisobga olib yondashish kerak.
-satiraning ma’naviy ta’sir kuchining o‘tkirligi unda inkor qiluvchi kulgu orqali yaratilgan idealning umumxalq va universal bo‘lishi bilan belgilanadi. Satiraning estetik vazifasi tubanlik, nodonlik va boshqa ijtimoiy illatlarga qarama-qarshi tarzda kishilarda yuksak insoniy tuyg‘ularni uyg‘otish va qayta tiklashdan iborat. Satirada muallifning individualligi kulgu ostiga olingan ob’yekt haqida murosasiz fikr aytish, unga aniq g‘oyaviy munosabat bildirish orqali namoyon bo‘ladi.
-badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida yozuvchining tildanfoydalanish mahoratini namoyon etadigan, emotsional-ekspressiv ifoda semalari qabariq holda reallashgan lekslk birliklarni aniqlash va ular adibning badiiy-estetik maqsadiga qay darajada xizmat qilgani haqida mulohaza yuritish talab qilinadi. Buning uchun badiiy asar tilidagi ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli, ko‘p ma’noli, tarixiy va arxaik so‘zlar, yangi yasalmalar, shevaga oid so‘zlar, chet va vulgar so‘zlar ajratib olinadi va asarga nima maqsad bilan olib kirilganligi izohlandi.
-tilda ma’nodosh so‘zlarning ko‘p bo‘lishi tilning estetik vazifasini yana-da to‘liq bajara olishini osonlashtiradi. Bu juda qadim zamonlardan beri anglangan, idrok etilgan va o‘rganilgan hodisadir. O‘zbek tili ma’nodosh so‘zlarga juda boy. Yozuvchilar tilimizdagi ma’nodosh so‘zlar ichidan tasvir maqsadiga eng munosibini topib ular orqali qahramonlar ruhiyati hamda tasvir obyektining eng kichik qirralarigacha ifodalashga harakat qilindi.
-badiiy matndagi ma’nodosh so‘zlar tahlilida, asosan ikki jihatga e’tiborni qaratish zarur. Ulardan biri muallifning ikki yoki undan ortiq ma’nodosh so‘zdan ifodalanayotgan mazmun uchun eng maqbul birini tanlashi bo‘lsa, ikkinchisi ayni bir matn tarkibida ikki yoki undan ortiq ma’nodosh birliklarni badiiy tasvir maqsadiga uyg‘un holda qo‘llashi masalasidir.
-turli kommunikativ muhitda pragmatik qiymati, “bahosi”, mundarijasining namoyon bo‘lishini taminlovchi omillarni izlamoq darkor. Lisoniy birliklardan har qanday sharoitda namoyon bo‘ladigan belgilari ularning ontologik vazifaviy (funksional) xususiyatlari na’munasidir.
-pragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo‘lib uning tadqiqot doirasida muloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni qo‘llash hamda ushbu qo‘llanishdagi birliklarning muloqot ishtirokchilariga ta’siri masalalari o‘rganiladi. Ushbu qoidalar kommunikatsiya shart-sharoitlariga nisbatan, keng ma’nodagi kontekst sifatida o‘rganiladi.
-lisoniy hodisalarning bu yo‘sindagi tahlili ularning qo‘llanishidagi u yoki bu muhitda mavjud bo‘lgan to‘siqlar, chegaralanishlarni ham aniqlashga imkon beradi. Lingvistik tahlilning asosiy g‘oyasi ham lisonning tabiatini uning amaliy faoliyatda qo‘llanishiga nisbatan yoki boshqacha aytganda, bajarayotgan vazifasi doirasida aniqlashdir. Aynan vazifa (funksiya) tushunchasi lison tahliliga pragmalingvistik yondashuvning poydevoridir.
-pragmalingvistikaning xuddi shu yo‘nalishdagi taraqqiyoti nazariy tilshunoslik va amaliy kommunikatsiya o‘rtasida mavjud bo‘lib turgan “uzilish”larni bir oz toraytiradi. O`z oldiga qo`ygan amaliy maqsadiga ko`ra matn bir necha turlarga bo`linadi: yozma matnlar, og`zaki matnlar. Bu matn turlari o`z navbatida yana bir necha kichik guruhlarga, turlarga ajraladi. Masalan, og`zaki matnlar quyidagi turlarga bo`linadi: a) dialogik matnlar (suhbatlar), fol`klor (xalq og`zaki ijodi) matnlari, v) ovozalar (mishmishlar). Matnlarning har bir turi o`ziga xos xususiyati bilan, tarkibi va mazmuni bilan boshqa tur matnlardan ajralib turadi. Masalan, ertak, topishmoq, maqol, terma singari matnlar fol`klor namunalari bo`lsa-da, bir-biridan farqlovchi xususiyatlarga ega.
-yozma matnlar tarkibiga kiruvchi monografiya, ilmiy maqola, ilmiy-ommabop maqola, taqriz, muammoviy maqola, risola singarilar turli farqlanuvchi belgilari bilan bir-biridan ajralib turadi. Masalan, ilmiy maqola muayyan masala jihatida avval ma`lum bo`lgan fikrlar muhokamasi bilan keyin muallifning shu masalaga oid yangi ilmiy qarashi bayon qilinadi hamda bu qarashlarning amaliy qo`llanishiga oid tavsiyalar beriladi, shu bilan ilmiy maqola matni yakunlanadi.
-matn tarkibi uch qismga bo`linadi:
a) ifoda qobig`i
b) matn mazmuni (semantikasi)
v) matn grammatikasi matnning butunligini, yaxlitligini ta`minlab turuvchi narsa uning asosida yotgan asosiy g`oyadir. Bu g`oyani matn tilshunosligida makrotema deb ataydilar. Makrotemalar o`z navbatida bir qancha mikrotemalardan tashkil topgan bo`ladi. Mikrotemalar matnning asosiy g`oyasi, ya`ni makrotema orqali bir-biri bilan o`zaro bog`langan bo`ladi. Matnni tashkil etuvchi birliklar orasidagi bog`lanish presuppoziciya va implikaciya munosabatlari orqali amalga oshadi. Bu ikki tushuncha bir-biri bilan o`zaro bog`liqdir. Har qanday yangi gap matn tarkibida oldingi gapni to`ldirib keladi va o`z navbatida yangi gapning tuzilishiga zamin hozirlaydi. Matn tarkibida gaplar ana shu tarzda zanjirsimon bir-biri bilan bog`lanib ketaveradi. Shu holat matn tilshunosligida presuppozisiya yoki implikasiya deb yuritilishi maqulroq deb topildi.

Yüklə 463,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin