Tasviriy matn tinglovchiga noma’lum bo‘lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan bo‘ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq ko‘rinishi yetakchilik qiladi. Partominik tasvir bunday matnning eng harakterli xususiyati xisoblanadi. Ya’ni tasvirlanayotgan ob’ektning dastlab birlamchi xususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador xususiyatlar va qismlardan yuritiladi. Masalan:
Yakan degan o‘simlik bo‘ladi. Nima uchundir san’atkorlar, aniqrog‘i, otarchilar pulni “yakan” deyishadi. Aslida esa yakan – qamishzorda o‘suvchi o‘simlik, Yakanni o‘rib olib, quritib uzumga osadilar yoki savat qalpoq to‘qiydilar. Ma’lumki, qamish uzun, yakan esa, aksincha, pastak o‘simlik. Shunday bo‘libdiki, bir kuni yakan qamishga qarab: Qamish unga qaragisi ham kelmabdi, javob bermay burnini jimirib qo‘ya qolibdi. Vaqti-soati kelib avval qamishni, so‘ng yakanni o‘ribdilar. Tasodifni qarangki, o‘sha qamishdan yasalgan bo‘yrani bir uyga to‘shabdilar. Tasodifni qarangki, shu uy to‘sinlariga uzumlarni osibdilar, yakandan to‘qilgan savat qalpoqlarni esa devordagi qoziqlarga ilibdilar. Oradan kunlar o‘taveribdi. Qamish pastga, oyoq ostida, yakan esa tepada ekan. Oyoqosti bo‘laverib xo‘rlangan qamish axiyri yakanga qarab zorlanibdi: Bu zorlanishni eshitib yakan debdikim:
Siz bekorga g‘o‘ddaydingiz. G‘o‘ddayib o‘saverdingiz. Ichingiz g‘ovak ekanini unutdingiz. G‘ovak bo‘lganingiz uchun emas, siz o‘sgan yerda ildizingiz qolgan. Siz o‘sajak qamishlarga yetkazing. Sizning holingizga tushmasinlar.
Qamishning ba’zan tomga ham to‘shaydilar. Lekin baribir uning basharisiga loy chaplanadi….(T.Malik.)
Keltirilgan matnda yakan deb nomlanadigan bir o‘simlik tasvirlangan. Buni tasvir ob’ekti deymiz. Uning o‘simlik ekanligi haqidagi axborot birlamchi xususiyat hisoblanadi. Uning qanday o‘simlik ekanligi haqidagi axborot aloqador xususiyat hisoblanadi. Bu matnda aloqador xususiyat deb ataluvchi qism boshqa o‘simlik bilan bog‘liq tasvir fonida yanada ravshan ifodalangan.
Badiiy asarda inson ma’lum bir muhit va uni qurshab turgan olam bilan birgalikda tasvirlanadi. Qahramon faoliyat ko‘rsatadigan muhit, shart-sharoit yozuvchilar tomonidan imkon qadar batafsil, detallashtirilgan holda tasvirlanadi.Lekin narsalar tasviri badiiy asarda dekorativlik vazifasinigina bajarmasligi lozim.Ba’zi yozuvchilar narsalarning uzundan-uzun bayoni orqali go‘yo tasvirni jonlantirmoqchi bo‘ladilar, aslida esa asarning ojizligini yashirganday bo‘lib, vaznini og‘irlashtiradilar,xolos.