Таржима назарияси ва амалиёти кафедраси



Yüklə 463,5 Kb.
səhifə17/21
tarix07.02.2023
ölçüsü463,5 Kb.
#83301
növüДиссертация
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Таржима назарияси ва амалиёти кафедраси

3.2. Satira mazmuni haqida
Bugungi kun satirasi va tilshunoslikni birgalikda o‘rganish to‘g‘risidagi izlanishlarga ijodiy nazar bilan qarasak shunchaki qarab turolmaymiz demakki Badiiy tafakkur, badiiy adabiyot rivojlanashiga nazar tashlasak, undagi qator omillar – adabiy meros va vorisiylik, an’ana va yangilik, shakl va mazmun birligi, badiyyat, asar tili, obrazlar tizimi, janrlara taraqqiyoti kabi masalalar barcha davrlardagi adabiyotimizda muhim masala sifatida tilga olinishini kuzatish mumkin. Bugungi adabiyot o‘tmish adabiy merosi zaminida rivojlanadi, undan oziqlanadi. Adabiy meros deganda o‘tmishda yaratilgan, umummilliy va umumbashariy qimmatga ega bo‘lganidan vaqt hukmini engib kelayotgan adabiy-badiiy qadriyatlarning jami tushuniladi. Bugungi adabiyot — o‘tmish adabiyotidan qolgan merosning vorisi. Adabiy meros asosida adabiy an’analar shakllanadi. Adabiy an’ana — zamonamiz, zamonaviy adabiyotimiz uchun qimmatga ega bo‘lganidan bugunda barhayot merosdir. Adabiyot taraqqiyotining uzluksiz jarayonida har bir davr o‘zidan oldingi davrlardan eng yaxshi jihatlarni o‘ziga singdiradi, ularni sayqallaydi, maromiga etkazadi, ayni paytda, o‘zidan ham unga yangilik qo‘shishga intiladi. SHu tariqa adabiyotning uzluksiz taraqqiyoti ta’minlanadi. Adabiyotdagi vorisiylik, an’analarga sodiqlik har bir milliy adabiyotdagi o‘ziga xoslik, milliy qiyofaning yo‘qotilmasligini kafolatlaydi. Boy an’anaga tayangan adabiyotning rivojlanish imkoniyatlari, tabiiyki, boshqalarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Masalan, xalqimizning boy adabiy-madaniy an’analari XX asr boshlaridan kuzatiluvchi yangi o‘zbek adabiyotining shakllanish jarayoni tez kechishini ta’minladi: adabiyotimiz juda qisqa fursat ichida jahon adabiyotidagi yutuqlarning ko‘pini ijodiy o‘zlashtirdi, o‘zining badiiy olamini boyitdi. Bu masalada o‘zbek hajviyasini ham olish o‘rinlidir. O‘tmish hajviymizning etuk an’naviy shakllari, ya’ni turli janrlari yangi badiiy-estetik qarashlar zamirida qayta ishlanib, novatorona qo‘llanishishi natijasida bugungi kunda o‘ziag xos badiiy estetik vazifani bajarmoqda, hajviyalar turli ijtimoiy masalalarni yoritishda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, Anvar Obidjonning epik va liro-epik asarlaridagi hajviy obrazlar fikrimizning isboti bo‘la oladi. O‘zbek adabiyoti tarixida hajviy obrazlarning ko‘plab namulari mavjud. Zero, hajviy obrazlar yaratish an’anasi xalq og‘zaki ijodiga borib taqaladi. Xalq ertak va hikoyatlari, rivoyat va afsonalarda turli hajviy obrazlar adib asarlarida jiddiy yangilangan shaklda namoyon bo‘ladi. Anvar Obidjon bolalar uchun ajoyib hikoyalar, qissalar va dostonlar ham ijod etadi. Yozuvchining hikoyalari, she’rlarida bo‘lganiday, tuzilishi va kompozitsion qurilishi jihatdan juda ixcham, nihoyatda engil, qiziqarli o‘qilishi bilan kichkintoylarni tezda o‘ziga maftun etadi. Shunisi xarakterliki, Anvar Obidjon she’rlaridagi ayrim qahramonlarining hayoti tasvirini o‘z hikoyalarida ham davom ettiradi. Ya’ni ularda ham bosh qahramon – hayvon va parrandalarning bolalari. Ular o‘z dunyoqarashlaridan kelib chiqib, hayoti, quvonch va tashvishlari haqida sodda, samimiy tarzda so‘zlab beradilar.Jamiki jonzotlarning bolalari ham bu dunyoning har kunini o‘zlari uchun kashf etadilar. Masalan, «Mushukchaning xikoyasi» qahramoni er yuzi tomdan ko‘ra o‘n besh marta, tog‘oraga qara¬ganda kamida ming marta kattaligini «kashf etsa», och qoringa ari yutib yuborgan qurbaqa, uyqusirab turib ovqat eyishning oqibati yomon bo‘lishini "kashf etadi". Agar jo‘ja, dadasi Xo‘rozning qip-qizil tojidan, viqor bilan yurishidan zavqlansa, nodonfe’l xo‘tikcha o‘zining aql va farosatiga qoyil qolib maqtanadi. Yozuvchining kichik-kichik ertak-hikoyalaridagi hayvonlar insonlar singari xayol suradilar, fikrlaydilar, tevarak-atrofni kuzatadilar, hayratlanadilar. Ularning xatti-harakatlari bolalarni qiziqtiruvchi engil yumor vositasida tasvirlanadi. Misol uchun «Jo‘janing hikoyasi» qahramoni so‘zlariga diqqat qilaylik. Bu jo‘ja «uka»lariga qaraganda bir daqiqa avval tuxumni yorib chiqqan: «Mendan keyin ukalarim ham birin-ketin tuxum pachaqlashga tushishdi. Yorug‘likka chiqishgach, ular ham menga o‘xshab ko‘zlarini ocholmay turishdi. SHumshayib o‘tirishganini ko‘rib kulging qistaydi». Hikoya qahramonlari o‘zlari haqida gapirar ekanlar, go‘yo o‘z shaxsiyatlarini tasdiqlab olayotgandek bo‘ladilar. SHuning uchun ham o‘quvchi ular timsolida aniq «shaxs»ni ko‘rgandek bo‘ladi. Bunday hikoyalar kitobxon bolada jo‘shqin, xushchaqchaq kayfiyat uyg‘otadi. U atrofga tiyranroq boqib, bu dunyoda o‘zidan-da kichiklar borligini bilib, ularni ehtiyot qilish, asrash-avaylash zarurligini his etadi.
O‘tgan asrning 80-yillari oxirlarida mamlakatimiz ijtimoiy hayotida ro‘y bergan tub o‘zgarishlar bolalar adabiyotiga ham jiddiy ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. YOzuvchilarimizning diqqat e’tiboridan mutlaqo chetda qolib kelayotgan «o‘zlikni anglash» mavzulari o‘z aksini topa boshladi. Anvar Obidjonning «Oltin yurakli Avtobola» , «Alamazon va uning piyodalari» va nihoyat «Meshpolvonning janglari» doston-qissasi ana shunday asarlar sirasiga kiradi.
Bolalik yillari voqealari tasvirida muallifning Bekxo‘jaga nisbatan iliq mehrini payqash mumkin. U ayniqsa, Bekxo‘janing tarixni sevishi, ajdodlarimiz qahramonliklaridan faxrlanishi, ularni qadrlash kabi xususiyatlarini ma’qullaydi. Bekxo‘ja tarix darsini o‘qimagan, uni tushunmagan tengdoshlaridan g‘azablanadi. Xususan, Muqannani Torobiy bilan adashtirgan Kamolni jiddiy tanqid qiladi va uni «kallavaram» deydi. Bunday haqoratga o‘zini noloyiq deb bilgan Kamol esa uning eng nozik joyini chimchilab o‘tadi: «Og‘zingni yumib o‘tir, sarqit!».
Adib Bekxo‘janing tomir-tomiriga singib ketgan munofiqlik ildizlarini ham uning o‘quvchilik yillaridan izlaydi. Sobiq sho‘rolar vaqidagi tarbiya tizimining buyruqbozlikka, yolg‘on va soxtagarchilikka, baho ketidan quvishga asoslanganligini qoralaydi. Insonning ma’naviy huquqlarini buzish avj olganligi uchun maktablardan surbet, munofiq, xudbin, loqayd kimsalarning ko‘plab etishib chiqishiga sabab bo‘layotganini ta’kidlaydi.
Muallif asarning quyidagi kichik voqeasida ana shu holatlarni ko‘rsata olgan;
«– Mazang yo‘q, Bekxo‘ja, Bu safarcha «to‘rt» qo‘yaman.
– Shoshmang, domla, shoshmang! Bitta «besh» qarz qipturing.
Mana ko‘rasiz, kelasi gal...
– "Besh"niyam o‘shanda olaverasan.
– Jon-on, domlajon, xudo xayringizni bersin...
– Ie, sovet maktabini machit qilvordinku. «Ikki» senga!
– Shoshilmang, domla! Bilasiz-ku, ayam kichkinaligimda eskicha o‘qitgan. Til qurg‘ur o‘rganib qolgan bo‘lsa, nima qilay? Ana, hammadan so‘rang, o‘zim xudoga qarshiman. Xohlasangiz avliyolarni ahmoq deyishim mumkin. Hukumatimiz bor, nimadan qo‘rqaman?"Muallif an’anaviy milliy tarbiya va sho‘ro maktabi tarbiyasi, oila va maktab o‘rtasidagi tafovutlar natijasida bola o‘zligidan qaytishga, tashqi muhitga moslashishga majbur bo‘layotganligini dard bilan tasvirlaydi.Bizningcha, asarda Bekxo‘janing 14 yoshida oyoqlari shol bo‘lib qolishi ham bu mustabid tuzumning yosh avlodni ongli ravishda «ma’naviy shollik» botqog‘i tomon tortganligaga ishoradir.Ma’lumki, sho‘ro davrida iqtisodiy qiyinchiliklar haqida gapirish «odob»dan hisoblanmagan, moddiy farovonlikka intilish esa insonning meshchanga aylanayotganligini va u ma’naviy jihatdan tubanlikka ketayotganligini ko‘rsatuvchi birinchi belgilardan sanalgan. Buning natijasida yosh avlodga iqtisodiy tar¬biya berish doimo bir tomonlama olib borilardi. Ya’ni ular qalbida halol mehnatga nisbatan muhabbat uyg‘otilardi, ammo undan ko‘riladigan moddiy manfaatta nisbatan nafrat tuyg‘usini tar¬kib toptirishga intilish kuchli edi. Mehnat va moddiy manfaatdorlikka nisbatan bunday soxta munosabat oxir-oqibat bolalar qalbida ishonchsizlik, loqaydlik, tanballiklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Mutlaqo mehnat qilmay, harom-harish yo‘llar bilan boylik orttirishga intilish tuyg‘usi kuchaydi.
Anvar Obidjon o‘zbek bolalar adabiyotida birinchilardan bo‘lib o‘z asarida yosh avlodni iqtisodiy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalash, shaxsiy manfaatdorlik, pul va boylikning inson hayotidagi o‘rni masalasiga e’tiborni qaratdi. U belorus shoiri R.Borodullin bilan suhbatida, jumladan, shunday degan edi: "Muhimi bolaning qalbida yoshligidanoq haqiqatga bo‘lgan ishonch tuyg‘usini tarkib toptirishga ulgurishdir. Su bilan birga, turlicha talqin etiladigan ayrim narsa va tushunchalarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarbiyalash darkor. Masalan, pulga nisbatan. O‘smirlar pul haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishlari zarur, pulga halol mehnat qilgan odamgina ega bo‘ladi. YOshlar pul bilan mehnatning uzviy birligini tushunib olishlari nihoyatda zarur».Muallif "Oltin yurakli Avtobola" qissasida inson pulga sajda qilib, uni hayotining tub mazmuniga aylantirib yubormasligi kerakligini, hayotda undan qimmatliroq narsalar - insonlar orasidagi mehr-oqibat, vijdon va insof, g‘urur borligini kitobxonlar ongiga etkazishga intilgan.Qissaning eng go‘zal joylaridan biri Xoldor va Avtobolaga bag‘ashlangan sahifalardir. Muallif unda ikki bola o‘rtasida vujudga kelgan do‘stlikning buyuk qudratini badiiy ko‘rsata olgan.
Qissada o‘ta xudbin va kekchi, hayotning mazmuni faqat pul, boylik to‘plashdan iborat deb biladigan, bu yo‘lda har qanday qabihlikdan ham toymaydigan, ma’naviy va jismoniy shol kishi Bekxo‘ja va uning to‘dasi haqli ravishda jazosini topadi. Bu holat odamni o‘ylatadi. Tabiat insonni oliy darajada ongli qilib yaratibdi. U, hatto o‘ziga Avtoboladek mukammal robotlarni yasab olish qudratiga ham ega. Ammo ba’zi odamlar gohida oddiy narsalar oldida ochko‘z va ojiz kimsalarga aylanib qoladi. Nega? Bu insonning ma’naviyati bilan bog‘liq g‘oyat muhim, dolzarb masala, azaliy muammo.
Anvar Obidjonning «Oltin yurakli Avtobola» qissa-cho‘pchagi yosh kitobxonlarni o‘ta jiddiy hayotiy masalalar ustida o‘ylashga undashi bilan ham diqqatga sazovordir.
Sheridan XX asr boshi tatar adabiyoti yorqin namoyandalaridan biridir. Mazkur davr asarlari satirik talqin, kritik yo‘nalish, barcha eskicha qarashlarni inkor etish bilan farqlanadi. Mazkur davrda aktiv ravishda komik janrlar rivojlangan. Satira dolzarblashishi sabablaridan biri ikkita inqilob bo‘lib, ular xalq jamoatchilik - siyosiy, ma’naviy hayotida kata o‘zgarishlarni belgilab, Ingliz xalqlari hayotidagi yangi davr bo‘ldi, va u kulgi dolzarblashishiga olib keldi.
Sheridan satirik hikoyalari, kompozitsion go‘zallik, tipiklik va obrazlar rang-barangligi, asar nutqi o‘ziga xosligi, qaxramonlarning milliy ruhida ifoda etiladi. Mazkur hikoyalar nozik ironiyaga boy bo‘lib. Odatda bunday asarlar jamoatchilik uchun muhim jabhalarda namoyon bo‘ladi. Ularda tatar xalqi holati, uning o‘tmishi, kelajagi aks etgan. Mazkur jihatdan, muallifimiz satirik prozasi alohida o‘ringa ega. Bunday tadqiqot amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, tatar hikoyasi janr rivojlanishi tadqiq etilishi jihatidan alohida ahamiyat kasb etadi.Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur to‘plam Sheridan satirasi borasida tayinli materiallarga ega emas. Unda biz ba’zi, ammo yangi bo‘lmagan fikrlarnigina topamiz.
Shunday qilib Sheridan ijodiyoti, shu jumladan uning 1910 yillarga tegishli bo‘lgan satirik me’rosi, ko‘p yillar davomida tatar olimlari tomonidan tadqiq etilib, muayyan mazmunda, mazkur adabiyotshunoslikka xos bo‘lgan material bir – necha bosqichlarga bo‘linishi mumkin. Bu jihatdan ayniqsa ko‘plab ilmiy asarlar 1960-1980 yillar davomida e’lon qilingan. Mazkur o‘n yilliklar davomida. Fan Sheridan estetikasi va poetik dunyosiga kirib bordi va uning davrini deyarli to‘la yoritdi. Ammo g‘oyaviy qonuniyatlar, totalitar rejim tatar yozuvchisi satirik ijodiyoti haqidagi haqiqatni ochishga yo‘l qo‘ymadi. XXI asr fani Sheridan oldidagi ma’naviy qarzini uzish masadida F. amirxan nomini oqlash imkoniyatiga erishdi. Tadqiqotimiz dolzarbligi ham, mazkur ehtiyojdan kelib chiqgan bo‘lib, tadqiqotimiz Sheridan satirik ijodiyoti tadqiqotiga bag‘ishlangan.
- The man who followed slipped on a smooth boulder, nearly fell, but recovered himself with a violent effort, at the same time uttering a sharp exclamation of pain. He seemed faint and dizzy and put out his free hand while he reeled, as though seeking support against the air. (Sheridan“True of life”-1905. pg.1.)
- Второй путник поскользнулся на гладком валуне и чуть не упал, но удержался на ногах, громко вскрикнув от боли. Должно быть, у него закружилась голова, - он пошатнулся и замахал свободной рукой, словно хватаясь за воздух. ( собрание сочинений., Том 5; М. 1961ст. 261.)
- Orqada kelayotgan yo‘lovchi silliq toshga siyg‘anib ketib, yiqilishiga oz qoldi, og‘riqdan qattiq ixrab yubordi-yu, ammo yiqilmadi. Boshi aylandi shekilli, munkib ketib xuddi havodan tayanch topishga intilgandek bo‘sh qo‘lini oldinga cho‘zdi. (Sheridan “Hikoyalar”- T.1955.57-b.)
Tadqiqot amaliy mohiyati. «Mulla Nasriddin» satirik jurnali tadqiqoti, deyarli XX asr butun o‘zbek adabiyoti tadqiqotidir. «Mulla Nasriddin» jurnalining g‘oyaviy – badiiy xususiyatlarining bu qadar keng miqiyosda tadqiq etilishi, o‘zbek adabiyotshunosligining qator dolzarb muammolari chuqur tushunilishiga zamin yaratib o‘zbek adabiyoti sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun boy bilim manbasiga aylanishi mumkin, o‘zbek realizmi rivojlanish yo‘llari tadqiqotlari sohasida. Tadqiqot gumanitar yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar va oliy va o‘rta maxsus o‘quv dargohlari talabalari tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, bu yo‘nalishda «Mulla Nasriddin» jurnali o‘rganilishida yordamchi material sifatida qo‘llanilishi mumkin.«Mulla Nasriddin» adabiy maktabi, o‘zining jamoatchilik – siyosiy kurashida, inqilobiy demokratiya doirasidan kritik realizm asoslariga yondashuvchi , bir tomondan o‘zida o‘zbek adabiy – tarixiy va jamoatchilik siyosiy an’analarini mujassam etmoqda.
Yangi g‘oyaviy – estetik maktab yaratilishida alohida ahamiyatga Jalil Mamtkulizoda ijodiyoti ega bo‘lib, u «Mulla Nasriddin» jurnali jamoatchilik kurashi liniyasini belgilab berib, daar talablariga muvofiq ravishda, yangi badiiy namunalarni yaratib berdi. «Mulla Nasriddin» satirik jurnali sahifalarida, yuzlab yozuvchilar va publitsistlar, nashr etilishiga qaramasdan, jurnal g‘oyaviy – estetik ko‘XX asr realistik poeziyasi davr talablarini ilg‘ab olib, buni o‘z ijodida pafos bilan tasvirlay oldi. Mulla nasriddin lirikasi, uning publitsistikasi maxsuli bo‘lib, ko‘plab jurnal mualliflari iqtidorli shoir bo‘lish bilan bir qatorda o‘z ijodiyotlarini publitsistikadan boshlab, kechroq davrlarda o‘zlarini poeziyada sinab ko‘rishgan«Mulla Nasriddin» poeziyasi. Forma nuqtai – nazaridan, og‘zaki va yozma o‘zbek adabiyoti an’analari bilan bog‘liq.
Birinchidan «Mulla Nasriddin» jurnali mualliflari, sintetik uslubni yaratib, unda mumtoz va xalq ijodiyoti xususiyatlari yagonaligi kuzatiladi (asosan folklor xususiyatlar)
Ikkinchidan, «Mulla Nasriddin» mualliflari, ko‘plab mumtoz poeziya janrlariga murojaat etib, aruza metrikasidan foydalangan holda unga yangi g‘oyaviy – estetik mazmun bag‘ishlashgan.
Uchinchidan, ular muvaffaqiyatli ravishda mumtoz adabiyot mualliflarini parodiya etgan holda ikki maqsadni ko‘zlashgan: a) o‘quvchiga yaqin qonuniyatlardan foydalangan holda, yangi g‘oyalarni uzatish; b) haqiqat va san’atda konservativ tendensiyalarni ochish.To‘rtinchidan, «mulla Nasriddin» maktabi namoyandalari tomonidan, mumtoz ijodkorlar san’atidagi muhim qurol – aksil insoniy xususityalarni inkor eti shva go‘zal va adolatli hayotni targ‘ib etish.Beshinchidan, mumtoz mualliflar tomonidan tasvirlangan go‘zallik, ezgulik ideallari realistik xarakterlari aniqlanganBularning barchasi, birgalikda ko‘p asrlik o‘zbek adabiyoti rivojlanishining yangi yo‘nalishini belgilab berdi. G‘oyaviy nuqtai – nazardan, «Mulla Nasriddin» lirikasi o‘z davrining inqilobiy – demokratik harakatiga aylanib, adabiy kurashning o‘tkir qurollaridan biriga aylandi.«Mulla Nasriddin» jurnali eski epigonistik she’riyatni hayot maydonidan siqib chiqargan holda ozorbayjon demokratik shiorlarini davr ilg‘or g‘oyalariga yaqinlashtirdi. «Mulla Nasriddin» maktabi namoyandalari tomonidan chiqarilgan



Yüklə 463,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin