GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr 563
yaralgan davr bo„ldi. “Mening o„g„rigina bolam” hikoyasi ham ana shu davrda
yaratildi va mana shu davrning bor timsolini namoyon etdi, urush davrida
odamlarning hayoti qay darajada og„ir kechganini oshkor eta oldi. Ushbu hikoya
o„sha davr qiyinchiliklarini, butun dunyo xalqlarining og‟ir davrni boshidan
kechirganlarining isboti sifatida ko„rilishi mumkin.
Mana shunday XX asrning eng sara hikoyalarini tarjima qilib, bu hikoyalarni
butun dunyoga tanitishga erisha olgan tarjimonlardan biri Mahmuda
Saydumarovadir. 2012-yilda AQSHda nashr etilgan “A collection of Uzbek short
stories” kitobi XX asr o„zbek adabiyoti hikoyachiligining eng sara namunalarini
o„z ichiga olgan. Ushbu tarjima to„pamidan “Mening o„g„rigina bolam” hikoyasi
ham joy olgan. “Mening o„g„rigina bolam” hikoyasi 1917-yil voqealarini hikoya
qiladi. Hayotiy qiyinchiliklar odamlarning o„zlari xoxlamagan ishlar bilan
shug„ullanishga, xoxlamasa-da, o„g„irlik qilishga majbur etadi. Urush ko„plab
millatlar uchun halokat olib keldi. Ushbu hikoyadagi Qora buvi va o„gri o„rtasidagi
suhbatda ham mana shu hayot qiyinchiliklari namoyon bo„lgan. Shuning bilan
birga o„zbeklarning urf-odatlari, mentalitetga xos bo„lgan udumlar va so„zlarni
uchratish mumkin.
Mana shunday milliy mentalitetga xos bo„lgan so„zlarning tarjimasi xususida
so„z yuritsak. Qora buvi o„g„rilikka kirganini bila turib, o„g„riga o„zbeklarga xos
bo„lgan mehribonlik bilan gapiradi. Ushbu hikoyadagi o„zbek tilida uchraydigan
frazeologizmlar va maqollarga diqqat qaratadigan bo„lsak: “-biror yerga o„tib
mizg„iganday qush uyqusi qilaman” iborasini “-and drowse off just like birds do”
deb tarjima qilgan. Qush uyqusi o„zbek tilida qay ma‟no ifodalagan bo„lsa, ingliz
tilida ham shu ma‟no saqlanib qolgan.
“-Zamonning o„zini ko„rib turibsan, tiriklik toshdan qattiq, tuyaning