GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr 562
dasturlar va boshqa didaktik materiallarni yaratishni muhim vazifa etib
belgilamoqda.
O„zbekiston mustaqillikka erishgach, millatlararo totuvlik, hamkorlik va
hamjihatlik butun dunyo xalqlari o„rtasida mustahkamlanmoqda va rivojlanmoqda.
Mana shunday rivojlanishlar natijasi sifatida badiiy adabiyotda qilinayotgan
tarjimalarni ham kiritishimiz mumkin. Badiiy tarjima mana shu aloqalarni
mustahkamlash uchun yana bir ko„prik vazifasini bajaradi desak mubolag„a
bo„lmaydi. Badiiy tarjima har bir xalqning ma‟naviy ko„zgusi bo„lmish asarlarini
boshqa xalqqa namoyon etish, yetkazish uchun quroldir. Zero, mana shu asarlar
har bir xalqning milliy o„ziga xosligini, turmush tarzi, urf odatlarini o„zida aks
etadi. Biz o„zbek tilidan ingliz tiliga qilinayotgan tarjimalar soni kundan-kunga
oshib borayotganiga ham guvohmiz va bundan albatta mamnunmiz. Mana shu
tarjima asarlar qatorida Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanining
tarjimasi “The scorpion from the Altar”, “O„tkan kunlar”-“The days passed by”,
Pirimqul Qodirovning Yulduzli tunlar asari tarjimasi “The starry nights”, G„afur
G„ulomning “Shum bola”-“The naughty boy” asarlarining tarjimalari, Oybekning
“Navoiy” asari tarjimalarini va ko„plab hikoyalarning tarjimalarini ko„rishimiz
mumkin.
Ushbu maqolada so„z yuritmoqchi bo„lganimiz G„afur G„ulomning “Mening
o„g„rigina bolam” hikoyasidir. Ushbu hikoya barcha adabiyot ixlosmandlari uchun
tanish va qadrdon bo„lib qolgan hikoyalardan biridir. XX asr o„zbek adabiyotini
biz 4 davrga bo„lishimiz mumkin.
1. Marifatchilik adabiyoti
2. Jadid adabiyoti
3. Sho„rolar adabiyoti
4. Mustaqillik davri adabiyoti [2; 7]
G„afur G„ulom kabi ko„plab ijodkorlarning urinishlari va mehnatlari natijasi
sifatida bu davr adabiyoti eng mukammal asarlar, chiroyli nasr va nazm bilan
boyitildi. Ayniqsa bu davr o„zbek hikoyachiligining eng mashhur namunalari