Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

1243 yil, 30 sentyabr, Bag'dod.
Tongotarga yaqin men otga mingan va yo'lga 
tushgan edim. Faqatgina bir marta orqaga 
qarash uchun to'xtadim. Darvishlar takyasi tut 
daraxti shoxlari orasiga yashiringan qush 
uyasiga o'xshardi. Bir qancha vaqt Bobo 
Zamonning horg'in qiyofasi ko'z oldimda 
gavdalanib turdi. Bilaman, u mendan xavotir 


olayotgan edi. Lekin men o'zim xavotir 
oladigan hech qanday sabab ko'rmas edim. 
Axir men IShQ bag'riga sho'ng'imoq uchun 
sayohatga chiqqan edim. Qanday yomon narsa 
sodir bo'lishi mumkin? Axir IShQ (yo'li)ning 
o'ninchi qoidasiga ko'ra: «Sharq, G'arb, Janub 
va Shimol orasida farq yo'q. Qanday maqsadni 
ko'zlashning ham axamiyati yo'q, asosiysi 
sayohat tashqariga emas, ichkariga yo'nalgan 
bo'lishidir. Shunda butun olamni bila olasan». 
Meni qiyinchiliklar kutib turganini bilardim, 
albatta, lekin ularga maxsus e'tibor qaratmas 
edim. Nihoyat, taqdir meni Konyaga olib 
borayotganidan xursand edim. Men so'fiy edim 
va atirgulni tikoni bilan, hayotdagi 
qiyinchiliklarni undagi quvonchlar bilan birga 
qabul qilishga odatlangan edim. Bu esa «Ona 
o'z bolasini dunyoga og'riqsiz keltira 
olmasligini, o'z joni og'rimasidan farzandiga 
hayot baxsh eta olmasligini biladi. Insonda 
boshqacha «MEN»ning tug'ilishi uchun ham 
xuddi shunday mashaqqatlar zarur. Loy ham 


so-pol idishga aylanishi uchun olovda kuyishi 
kerak. Ishq mukammal bo'lishi uchun og'riq, 
azoblarni boshdan kechirish kerak», degan 
yana bir qoidadan kelib chiqadi. 
Darvishlar takyasidan jo'nab ketishimdan 
oldingi kun kechqurun, tun qorong'usidan xush 
havolar va ovozlar kirib kelsin deya 
xonamning derazalarini ochib qo'ydim. 
Lipillab yonayotgan sham yog'dusida uzun 
sochlarimni kesdim. Keyin soqol-mo'ylovimni 
oldim va qoshlarimni ham qirdim. Shularni 
qilib bo'lgach, oynaga qaradim va qiyofam 
ancha yorishganini va yosharganini ko'rdim. 
- Oldingizda turgan safar seni allaqachon 
o'zgartirib yuboripti, - dedi ustoz men huzuriga 
xayrlashgani kirganimda. - Vaholanki, safar 
hali boshlangani ham yo'q. 
- Ha, to'g'ri, - dedim men sekingina. - Bu 
mening Qirq qoidamdan biri: «Ishq izlash 
insonni o'zgartiradi. Bu yo'lda kishi balog'atga 
yetmay qolmaydi. Ishq izlashni boshlagan 
ondanoq u ichkaridan ham, tashqari- dan ham 


o'zgara boshlaydi». 
Bobo Zamon bilinar-bilinmas jilmayib qo'ydi-
da, baxmal qoplangan qutichani olib menga 
uzatdi. 
Uning ichida kumush gardishli ko'zgu, ipak 
dastro'mol va mushki anbar solingan shisha 
idish bor edi. 
- Safarda bu narsalar sen ga yordam beradi. 
o'rni kelganida ulardan foydalanasan. Agar 
qat'iyatingni yo'qotib qo'ysang, oynaga qara, u 
senga qat'iyatni qaytaradi. Agar tashqi 
qiyofangga zarar etsa, dastro'molning foydasi 
tegadi: u senga qalbing sofligini eslatadi. 
Mushk anbarga kelganda, u sening ham ichki, 
ham tashqi jarohatlaringni shifolaydi. 
Men bu uchala narsani mehr bilan silab 
qo'ydim, qutini yopdim va Bobo Zamonga 
tashakkur aytdim. Boshqa gaplashadigan gap 
qolmagan edi. 
Quyoshning birinchi nurlari yetib kelishi 
bilanoq qushlar sayray boshlagan va daraxt 
navdalaridagi shudring donachalari osilib 


qolgan mahal men otni egarladim va meni 
nima kutayotganidan bexabar, ammo Rabbim 
taqdim etgan taqdirimga ishongan holda, 
Konya sari yo'l oldim. 
Ella 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin