Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

Tilanchi Hasan
1244 yil, 17 oktyabr, Konya.
Jahldan tushishga harakat qila-qila zarang 
ostida o'tirardim. Azob nimaligi haqida 
o'zining hech qanday aniq tasavvuri yo'q 
Rumiyning balandparvoz nutqidan jahlim 
chiqmasligi mushkul edi. Minoraning soyasi 
ko'chani qopladi. Goh mudrab, goh o'tgan-
ketganni kuzatib o'tirar ekanman, ilgarilari sira 
ko'rmagan darvish e'tiborimni tortdi. U qora 
janda kiygan, qo'lida uzun hassa, besoqol, 
qulog'ida yupqa kumush sirg'a bo'lib, boshqa 
fuqarolarga o'xshamagani uchun e'tiborni 
tortmasligi mumkin ham emas edi. 


U u yoq-bu yoqqa qaradi va darhol meni 
payqadi. Lekin odatda moxovni ko'rib qolib, 
o'sha zahoti teskariga o'giriladigan boshqa 
odamlardan farq qilib, qo'lini ko'ksiga qo'ydi 
va eski qadrdonday menga ta'zim qildi. Bu 
meni shunchalik hayratga soldiki, bu harakat 
orqamda turgan kimgadir bo'lsa kerak, deb 
o'ylab o'girilib qaradim. Ammo orqada hech 
kim yo'q edi. Xijolatga tushgan, dovdiragan 
holda men ham qo'limni ko'ksimga qo'yib, 
darvishning ta'zimiga javob qildim. 
U shoshmasdan men tomonga yurdi. Men, 
darvish idishimga bir nechta chaqa tashlar yoki 
non berar, degan o'yda ko'zlarimni pastga 
qaratdim. Ammo buning o'rniga u qarshimda 
tiz cho'kdi. 
- Assalomu alaykum, - dedi u. 
- Vaalaykum assalom, darvish, - javob berdim 
men va to'satdan xirillab qolgan ovozimni 
o'zim tanimay qoldim. Kim bilandir gaplashish 
uchun imkon bo'lmay qolganiga ko'p bo'lgan 
edi va men o'z ovozim qandayligini deyarli 


unutgan edim. 
Darvish o'zini Shams Tabriziy deb tanishtirdi 
va mening ismimni so'radi. 
Men kulib yubordim: 
- Menday odamga ism nimaga kerak? 
- Har bir insonning o'z ismi bor, - e'tiroz qildi 
darvish. - Allohning ismlarini sanab tugatib 
bo'lmaydi. Biz ulardan faqat to'qson 
to'qqiztasini bilamiz. Hamon Xudoning ismi 
shuncha ko'p ekan, uning xalifasi bo'lgan odam 
- qanday qilib ismsiz bo'lsin? 
- Bir vaqtlar mening onam va xotinim bor 
edilar va ular meni Hasan deb chaqirar edilar. 
- Demak, ismingiz Hasan, - boshini silkitdi 
darvish. Keyin meni hayron qilib, kumush 
ko'zguni uzatdi. - Oling. Buni menga 
Bag'dodda bir yaxshi odam bergan edi, lekin 
bu mendan ko'ra sizga kerakroq. Bu sizga 
Xudo o'z ichingizda ekanini eslatib turadi. 
Men javob berishga ulgurmasimdan, g'alati 
shovqin-suron boshlanib qoldi. Avvaliga men 
masjidda o'g'rini tutib olishgan bo'lsa kerak, 


deb o'yladim. Lekin shovqin tobora kuchayib 
borardi. Yomonroq kori hol bo'lgan ko'rinadi. 
Hech qanday o'g'rini deb bunchalik shovqin 
ko'tarilmaydi. 
Tez orada hammasi ravshan bo'ldi. Masjidga 
ayol kishi kiripti va oddiy ayol emas, erkak 
kiyimini kiyib olgan hammaga taniqli fohisha 
kiripti. Erkaklar baqira-chaqira uni tashqariga 
olib chiqishdi: 
- Aldoqchini savalang! Fohishani savalang! 
Quturgan olomon ko'chaga otilib chiqdi. Men 
erkak kishining kiyimidagi yosh ayolni 
ko'rdim. Uning yuzi dokaday oqarib ketgan, 
ko'zlarida dahshat qotib qolgan edi. Va omma 
ichiga tushib qolib, uning qismiga aylangan 
odam qanchalik o'zgarib ketishiga hamisha lol 
qolardim. Hech qachon birov bilan 
mushtlashmagan oddiy odamlar - 
hunarmandlar, savdogarlar, dastyorlar - omma 
ichiga tushib, yirtqich hayvonga aylanib 
qolishardi. Ommaning hukmi ham odatiy hol 
edi va u hamisha murdani hamma ko'radigan 


joyga osib qo'yish bilan yakun topardi. 
- Sho'rlik, - pichirladim men Shams Tabriziyga 
o'girilar ekanman, lekin u allaqachon yonimda 
yo'q edi. 
Men darvishni xuddi osmonga otilgan yonib 
turgan kamon o'qi kabi olomon ichiga otilib 
kirganini kurdim. Buni ko'rib men ham sakrab 
turdim va ketidan otildim. 
Ommaga etib olgach, Shams hassasini misoli 
tug' kabi ko'tardi va bor kuchi bilan baqirdi: 
- To'xtanglar, odamlar! To'xtang! 
Dovdirab qolgan odamlar birdan jim bo'lib 
qolishdi va hayrat bilan darvishga tikilishdi. 
- Uyalmaysizlarmi! - hassasini yerga urib 
baqirdi u yana. - O'ttiz erkak bir ayolga qarshi-
ya! Shu adolatdanmi? 
- U adolatga loyiq emas, - dedi to'rtburchak 
yuzli gavdali va aftidan g'azabdan ko'ziga hech 
nima ko'rinmay qolgan bir kishi. 
Aftidan bu odam o'zini-o'zi olomonga boshliq 
qilib saylagan ko'rinadi. Men uni darrov 
tanidim. Bu shahardagi barcha tilanchilar 


yaxshi taniydigan va beayovligi, xasisligi 
tufayli hammalari qo'rqadigan Beybars ismli 
qorovul edi. 
- Bu ayol erkakcha kiyinib olib, musulmonlarni 
adashtirib, masjidga kirgan. 
- Sen uni masjidga kirgani uchun jazolash 
kerak, demoqchimisan? Masjidga kirish 
jinoyatmi? - masxaraomuz so'radi Shams 
Tabriziy. 
Savolni eshitib, hamma jim bo'lib qoldi. 
Bunday fikr hech kimning xayoliga kelmagan 
edi. 
- Bu ayol fohisha! - olomon orasidan yana 
kimdir baqirdi, - muqaddas dargoxda unga joy 
yo'q! 
Olomonni qayta yondirib yuborish uchun shu 
yetarli bo'ldi. 
- Fohisha! Fohisha! - baqirishdi bir necha ovoz 
baravariga. - Fohishani bir yoqli qilamiz! 
Xuddi buyruqqa bo'ysungan kabi qandaydir 
yigitcha bir sakrab, ayolning boshidagi 
sallasini olib tashlashga urindi. U sallani 


tortgan edi, salla echilib ketdi va ayolning uzun 
sarg'ish sochlari quyoshda yaraqlab, 
to'lqinlanib elkalariga tushdi. «Jinoyatchi» 
ayolning xusnu jamolini ko'rib, hammaning 
nafasi ichiga tushib ketdi. 
Odamlarni hayratga solgan, tuyg'ularning 
qorishib ketganini tushundi, shekilli, Shams 
hamon hassasini silkitganicha, olomonga yana 
ham yaqinroq keldi 
- Birodarlar, aniqlab oling! Siz bu ayoldan 
nafratlanasizmi yoki uni istaysizmi? 
Darvish shunday deb ayolning qo'lidan ushlab, 
o'ziga tortdi. Ayol xuddi yosh qizcha onasining 
etagi ortiga yashiringan kabi uning orqasiga 
berkindi. 
- Sen katta xato qilayapsan, - dedi baland 
ovozda to'daboshi. - Sen bu shaharda 
begonasan va bizning qoidalarimizni 
bilmaysan. Bizning yo'limizda turma. 
Yana kimdir gapga aralashdi: 
- Sen qanday darvishsan o'zi? Fohishani 
himoya qilishdan boshqa qiladigan ishing 


yo'qmi? 
Shams, go'yo savol o'ylantirib qo'yganday, bir 
zum jim qoldi. U hech qanday hissiyotga 
berilmay, sokin turardi. 
- Orangizda ayol kishi borligini qanday 
bildingiz? - to'satdan so'radi u. - Yo siz 
masjidga namoz o'qish uchun emas, 
atrofdagilarni tomosha qilish uchun kelasizmi? 
Agar siz o'zingizni ko'rsatmoqchi 
bo'lganingizday shunchalik xudojo'y ekansiz, 
siz bu ayol hatto yalang'och bo'lsa ham 
qaramagan bo'lar edingiz. Endi ortingizga 
qaytib boring-da, astoydil ibodat qilishga 
harakat qiling. 
Ko'chaga noqulay jimjitlik cho'kdi. Shamol 
yerdagi xazonlarni supurardi va menga bir zum 
ular faqat mening yonimda 
harakatlanayotganday tuyuldi. 
- Boring! Masjidga qayting! - dedi Shams va 
xuddi pashshalarni haydayotgan kabi hassasini 
silkitdi. 
Hamma ham uning aytganini qilavermadi, 


lekin hamma chekindi va ishonqiramay, hayrat 
ichida nima bo'lishini kutgancha, ikki qadam 
nari surilishdi. Kimdir, qaytish kerakmikin, deb 
o'ylaganday, masjidga qarab qo'ydi. Ayni shu 
daqiqada ayol jasorat qildi va 
darvishning ortidan chiqdi. Xuddi quyonday 
chaqqonlik bilan oyoq uchida o'girildi va malla 
sochlarini silkitgancha, eng yaqindagi 
muyulishga kirib g'oyib bo'ldi. 
Ikki erkak uning ortidan quvmoqqa 
shaylanishdi, lekin Shams Tabriziy ularning 
yo'lini to'sdi, ularning oldida hassasini shunday 
katta kuch bilan silkitdiki, ikkisi ham qoqilib 
ketishdi va yerga ag'darilib tushishdi. 
Yo'lovchilar buni ko'rib, kula boshlashdi, men 
ham toza kuldim. 
Dovdirab qolgan va hayratga tushgan erkaklar 
o'rinlaridan turishdi, lekin bu vaqtda 
fohishaning izi ham o'chib bo'lgan va darvish 
ham ishini bitirib ketayotgan edi. 



Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin