Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

Uchinchi qism 
ShAMOL 


(...harakatdagi, bir joydan boshqasina ko'chib 
turadigan narsalar shubha ostida bo'ladilar)
Fanat 
1244 yil, 19 oktyabr, Konya.
Ochiq derazadan eshitilayotgan itlarning zo'r 
berib vovullashi menga sira uyqu bermadi. 
Ular uyga kirmoqchi bo'layotgan o'g'ri yoki 
ko'chadan o'tayotgan iflos ichkilikbozni 
payqadimikin, degan xayolda to'shakdan turib 
o'tirdim. Odam o'z o'rnida bemalol uxlay 
olmaydigan bo'lib qolipti endi. Hamma yoqda 
yoqalashuvlar va buzuqliklar. Ilgari bunday 
emas edi. Atigi bir necha yil avval bu shahar 
yashash uchun eng xavfsiz edi. Xulqiy 
buzilishning boyu kambag'alga, yoshu qariga 
birday yuqumli bo'lgan va to'satdan paydo 
bo'lib, hamma yoqqa tarqaladigan jirkanch 
yuqumli kasallikdan farqi yo’q. 
Shahrimiz bugun shunday holatda. Agar 
madrasada o'z o'rnim bo'lmaganida edi, onda-


sonda bo'lsa ham uydan chiqib turishga jur'at 
topa olmagan bo'larmidim. Rabbimga 
shukurlar bo'lsinki, shahar jamoasi 
manfaatlarini o'z manfaatlaridan ustun 
ko'radigan va ertayu kech Konyada tartib 
saqlanishiga xizmat qiladigan odamlar bor. 
Jiyanim Beybars shulardan biri. Biz u bilan 
faxrlanamiz. Shunday kechki payt jinoyatchi, 
razil va ichkilikboz kishilar yuradigan vaqt, 
Beybars o'zining qorovul-o'rtoqlari bilan bizni 
himoya qilib yuripti. 
Akam bevaqt vafot etgach, men uning o'g'liga 
vasiy bo'lgandim. Yosh va qat'iyatli Beybars 
qorovullik qila boshlaganiga yarim yil ham 
bo'ldi. Beybars bu ishga mening mudarrisligim 
tufayli erishdi, degan g'iybatlar ham bo'ldi. 
Bo'lmag'ur gap! Beybars o'zi juda kuchli va 
umuman, unda bu ish uchun kerakli hamma 
narsa bor. Undan juda yaxshi askar chiqishi 
mumkin edi. U Quddusga borishni va 
salibchilarga qarshi jang qilishni istagan edi, 
lekin biz xotinim bilan Beybars endi ulg'ayib 


qoldi va oilali bo'ladigan vaqti keldi, degan 
qarorga keldik. 
- O'g'lim, sen bizga shu yerda keraksan, - 
dedim men. - Bu yerda ham jang qilishing 
kerak bo'lgan odamlar bor. 
To'g'risi ham shu. Ayni o'sha kuni ertalab men 
xotinimga biz juda og'ir vaqtlarda 
yashayotganimizni aytgandim. Har kuni biron 
yangi fojia haqida eshitib turardik. 
Mo'g'ullar shiddat bilan bostirib kelishi, 
salibchilarning g'alaba qilishlari, shahar va 
qishloqlar birin-ketin g'ayridinlar tajovuzi 
qurboniga aylanishi, barchasiga soxta 
musulmonlar, ya'ni so'zda bor-u, amalda yo'q 
musulmonlar aybdor. Odamlar Xudo bilan 
bog'lanishni yo'qotgan zahoti yo'ldan toyadilar. 
Mo'g'ullar gunohlarimiz uchun bizga jazo 
sifatida yuborilgan. Gap mo'g'ullarda emas, 
buning o'rniga zilzila, ocharchilik yoki to'fon 
bo'lishi ham mumkin edi. 
Biz sababni bilgunimizcha va tavba 
qilmagunimizcha, yana qancha baxtsizliklarni 


boshdan kechirishimiz kerak ekan? Bir kun 
osmondan yomg'ir o'rniga tosh yog'ishini 
o'ylasam, ko'rqib ketaman. Kun kelib va bu 
kun uzoq emasga ham o'xshaydi - hammamiz 
Od va Samud qavmlari singari er yuzidan 
supurib tashlanishi mumkin. 
Boz ustiga so'fiylar. Ulardan ham yaxshilik 
kutib bo'lmaydi. Mo'min musulmonning aqli 
bovar qilmaydigan narsalar haqida gapirib, 
o'zlarini musulmon deb atashga qanday jur'at 
qilishar ekan? O'zlarining ahmoqona 
qarashlarini bayon eta turib, yana 
Payg'ambarimiz (s.a.v.) nomlarini tilga 
olganlarini eshitganimda tomirlarimda qonim 
qaynaydi. Ularning aytishlaricha, Payg'ambar 
Muhammad (s.a.v.) uchun e'tiqodsizlarga 
qarshi jang qilish kishining o'z nafsiga qarshi 
jang qilishiga nisbatan kichik jihod emish. 
Inson dunyoga kelganidan buyon jang olib 
borishi kerak bo'lgan yakkayu yagona dushman 
nafs, deb hisoblashadi so'fiylar. Bu gap chiroyli 
eshitiladi, ammo qizig'i shundaki, islom 


dushmanlariga qarshi jang olib borishda bu 
qanday yordam berar ekan? 
So'fiylar bundan ham badtarini aytishadi - 
shariat - yo'ldagi bir bosqich, xolos, deyishadi 
ular. Qiziq, bu qanday bosqich ekan? Bu ham 
yetmaganday, yana ma'rifatli insonni dastlabki 
bosqichdagi qoidalar bilan cheklab qo'yish 
mumkin emas, deb da'vo ham qilishadi. Ularga 
o'zlari yuqori bosqichga erishgan deb hisoblash 
yoqadi, shuning uchun o'zlarini shariat 
qonunlariga bo'ysunmasliklari mumkin deb 
hisoblashadi. Ular may ichishadi, raqs 
tushishadi, she'r yozishadi, rasm chizishadi va 
ular uchun bu ishlar ShARIAT hukmlarini 
bajarishdan muhimroq emish. Shuningdek
ularning fikricha, islomda yuqori va quyi 
nufuzlarga ajratish yo'q bo'lgani uchun har bir 
inson Xudoni faqat o'zi anglamog'i kerak. Bir 
qarashda bu beg'araz gapga o'xshaydi, lekin 
buning ortida dinda nufuzlarga bo'ysunish 
bo'lmasligi kerak, degan narsa yashiringan! 
So'fiylarga quloq solsangiz, Qur'onda juda ko'p 


noaniq majozlar, sirli ishoralar bor deyishadi 
ham. Ularning fikricha, muqaddas kitobdagi 
har bir so'z oyat va butun matnning son 
qimmatiga mutanosib ekan; ular Xudoning 
payg'omini oddiy va tushunarli o'qishni 
qiyinlashtiradigan ishlarni qiladilar. 
Ba'zi so'fiylar hatto insonni «gapiruvchi 
Qur'on» deb ham atashadi. Axir bu shakkoklik 
bo'lmay, nima? Yana darbadar yuruvchi 
darvishlar ham bor - ular ham behalovat 
musulmonlar. Qalandarlar, Haydariylar, 
kamiylar - turli-tuman nomlari bor. Ular 
hammadan ham yomon. Bir joyda o'tira 
olmaydigan odamdan nimani kutish mumkin? 
Kishida biron bir jamoaga tegishlilik hissi 
bo'lmasa, u xuddi shamolda uchgan quruq 
yaproq kabi har qanday yo'nalishda «uchishi» 
oson-ku! Va u shaksiz shaytonning makriga 
uchraydi. 
Faylasuflar ham so'fiylardan tuzukroq emas. 
Ular o'zlarining cheklangan tafakkurlari bilan 
cheksiz olamni bilish mumkin deb o'ylashadi. 


Men so'fiylar bilan faylasuflar o'zaro 
kelishuvda ekanliklarini ko'rsatadigan bir 
hikoyani bilaman. 
Bir kuni faylasuf bilan darvish uchrashishipti 
va ular bir-birlariga juda o'xshar ekanlar. Ular 
kun bo'yi gaplashishipti, gaplari bir-birlariga 
aynan muvofiq ekan. Nihoyat, 
xayrlashganlaridan keyin, faylasuf suhbat 
haqida: «U men bilgan narsalarni tushunadi», 
degan ekan. 
So'fiy esa: «Men tushungan narsalarni u 
biladi», degan ekan. 
Demak, so'fiy tushunaman, deb o'ylaydi, 
faylasuf esa bilaman, deb o'ylaydi. Men esa 
ular hech nimani tushunishmaydi va 
bilishmaydi, deb o'ylayman. 
Naxotki oddiy, cheklangan bandalar o'zlari 
uchun mumkin bo'lganidan ortig'ini bila 
olmasliklarini va tushuna olmasliklarini 
anglashlari qiyin bo'lsa? Bandasi faqatgina 
Xudoning borligini anglay oladi, xolos. Bo'ldi. 
Bizning vazifamiz Xudoning ta'limotini talqin 


etish emas, unga bo'ysunishdir. 
Beybars uyga qaytganida, u bilan shular haqida 
gaplashamiz. Shunga odatlanganmiz. Har kuni 
kechasi qorovullikdan keyin xotinim tayyorlab 
olib kirgan sho'rvasini ichadi va biz dunyoda 
nimalar bo'layotgani haqida gaplashamiz. 
Uning ishtaha bilan ovqat yeyishi menga 
yoqadi. U kuchli bo'lishi kerak. Shijoatli yosh 
yigitga bizning xudobexabarlar shahrimizda 
qiladigan ish ko'p. 
Shams 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin