Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

1244 yil, 30 oktyabr, Konьya.
Rumiy bilan uchrashuv arafasidagi uyqusiz 
tunda karvonsaroy mehmonxonasidagi o'z 
xonamning ayvonchasida o'tiribman. Xudo 
yaratgan koinotning buyukligini his etib, 
qalbim zavqqa to'lgan. Qayoqqa qaramang, 
hammayoqda Uni ko'rasiz va Uni topasiz. 
Shu bugun o'zim uchratgan kishilarni esladim - 
tilanchini, fohishani, ichkilikbozni. Hayot 


mushkulotlari va Undan begonalashuv tufayli 
azob chekayotgan oddiy insonlarni. O'zlarining 
fil suyagidan yasalgan qasrlarida yashovchi 
faylasuflar bu odamlarga e'tibor bermaydilar. 
Qiziq, Rumiy ham shundaylardan emasmikin? 
Agar shunday bo'lsa, men uni bu bebaxtlar 
bilan bog'layman. 
Shahar asta-sekin uyquga cho'mdi. Hatto tunda 
uxlamaydigan hayvonlar ham tun sokinligini 
buzishga jur'at eta olmaydigan vaqt boshlandi. 
Bunday damlarda meni mislsiz qayg'u chulg'ab 
oladi va shahar sukunatiga quloq solaman. 
Yopiq eshiklar ortida nimalar bo'layotganini va 
agar bu yo'lni emas, boshqa yo'lni 
tanlaganimda nimalar bo'lishi mumkinligini 
bilish menga qiziqarli. Lekin menda tanlash 
bo'lmagan. Yo'lning o'zi meni tanlagan. 
Men bir rivoyatni eslayman. «Bir darbadar 
darvish begonalarni yoqtirmaydigan shaharga 
kelib qolipti. «Ket, - deb qichqirishipti unga. 
Seni bu erda hech kim tanimaydi!» Darvish esa 
ularga xotirjam javob beripti: «To'g'ri, lekin 


men o'zimni taniyman va ishontirib aytamanki, 
agar buning aksi bo'lsa yomon bo'lardi». 
Hamon men o'zimni bilibman, demak, 
hammasi yaxshi bo'ladi. O'zini bilgan Xudoni 
biladi. 
Oy nuri meni yoritdi. Yengilgina yomg'ir 
yog'di, u misoli ipak ro'molning tegishi kabi 
mayin edi. Buning uchun Xudoga shukrona 
aytdim va barcha ishlarimda o'zimni uning 
azmu irodasiga topshirdim. Yana hayotning 
mo'rtligi va qisqaligi haqida o'ylab ketdim va 
yana bir qoidani esladim: «Hayot bizga 
omonatga berilgan. Va bu dunyo faqat 
taqlidlar, haqiqiy voqelikni qayta tiklashga 
urinishlardan iboratdir. O'yinchoqni haqiqiy 
deb qabul qilish faqat yosh bola uchun tabiiy. 
Shunga qaramay, kattalar ham yo o'yinga 
berilib ketishadi, yo qadriga yetmay uni 
sindirishadi, keyin esa tashlab ham 
yuborishadi. Hayotda haddan oshishlarga yo'l 
qo'ymaslik kerak, chunki bu ichki muvozanatni 
buzadi». 


So'fiylar haddan oshishlarga qarshi turishadi. 
So’fiylar o'z fikrlarida va xatti-harakatlarida 
hamisha vazmin. 
Erta tongda katta masjidga boraman va 
Rumiyning xutbasini tinglayman. U buyuk 
xotib bo'lsa kerak, harholda shahar ahli shu 
fikrda. Garchi va'zxonning san'ati 
tinglovchilariga bog'liq bo'lsa-da, Rumiy 
nutqida yulib tashlanishi kerak bo'lgan begona 
o'tlar ham ko'p bo'lsa kerak. O'ziga nima kerak 
bo'lsa yoki yoqsa, shuni tanlab olish tinglovchi 
ixtiyorida. Agar chamanzorda chiroyli gullar 
ochilib turgan bo'lsa, tikanli o'simlik- larga kim 
ham e'tibor berardi. Lekin aynan shulardan 
shifobaxsh dorilar tayyorlanishi haqiqatdir. 
Ishq chamanzorida ham ahvol shunday 
emasmi? Agar ishqda faqat go'zallik ko'rilsa-
yu, mushkulotlarga ko'z yumilsa, bu chin ishq 
bo'larmidi? Yaxshidan lazzatlanish, yomonni 
chetlab o'tish oson. Lekin buning aksi bo'lishi 
ham mumkin. Haqiqiy muammo - yaxshini 
ham, yomonni ham seva olishda va bu yaxshi 


bilan birga yomonni ham qabullash uchun 
emas, balki ishqni butunligicha qabul qilish 
uchun kerak. 
Yana bir kun o'tdi, men o'z do'stim bilan 
tashishimga juda yaqin qoldi. Uxlay 
olmayapman. 
O, Rumiy! 
Meni ko'rganingda taniy olarmikinsan? 
Meni tanigin! 
Rumiy 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin