Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

2008 yil, 8 iyun, Nortgempton.
Ellani o'zining Aziz bilan yozishuvlarida 
hamon hayron qolarli narsa - bu avvalo 
yozishuvlarning o'zi, degan xulosaga keldi. 
Ular barcha jihatlarda bir-birlaridan katta farq 
qilar edilar va maktublarning buncha tez 
almashinuvi g'alati edi. 
Aziz uning uchun har bo'lagi birma-bir to'ldirib 
boriladigan «pazl» kabi edi. 
Navbatdagi har bir maktub yaxlit manzarada 
o'z o'rnini egallab borardi. U manzarani hali 
to'liq ko'rmagan, lekin nima uchunligini bilmay 
turib ham, o'zi xat yozishayotgan bu noma'lum 


insonda bir qancha muhim narsalarni kashf 
etgan edi. Azizning blogidan unga Azizning 
kasbi fotograf ekani, dunyoning eng olis 
chekkalariga borib kelishni o'z uyi yonidagi 
bog'ga sayrga chiqib kelishday tabiiy, deb 
hisoblaydigan otashin sayohatchi ekani ma'lum 
bo'ldi. 
Tabiatan tinib-tinchimas ko'chmanchi bu inson 
qayerga - Sibirgami, Shanxaygami, 
Kalkuttagami, Kasablankagami - bormasin, 
hammasi unga o'z uyidek edi. Orqasida 
ryukzagi va qo'lida fleytasi (naysimon muzika 
asbobi) bilan sayohat qilarkan, Ella xaritada 
zo'rg'a topadigan yerlarda ham o'ziga do'stlar 
topardi. Na qattiqqo'l chegarachilar, na viza 
berishni istamaydigan hukumatlar, na ekzotik 
(uzoq mamlakatlardagi) parazitlar, na yeb 
bo'lmas taomlar, na o'g'rilar - hech nima - 
Azizni dunyoning barcha tomonlariga 
sayohatga borish yo'lini to'sa olmas edi. 
Ella Azizni boshqarib bo'lmas sharsharaga 
o'xshatdi. Ella o'z uyidan bir qadam tashqariga 


chiqishga ham qo'rqsa, u hammayoqni portlata 
oladigan tabiat egasi edi. Agar Ella yangi ish 
boshlashga shoshmaydigan va o'zida jur'at topa 
olmaydigan odam bo'lsa, u, aksincha, oldin 
ishni qilib, keyin pushaymon bo'lishi mumkin 
edi, agar pushaymon bo'lsa, albatta. Garchi 
Azizda g'oyaviylik va otashinlik kuchli esa-da, 
u chinakamiga tirik, hayotiy inson edi. 
Ella o'zini liberal-demokrat deb, garchi 
senagoga bormasa-da, yahudiy diniga mansub 
deb, go'sht yemaydigan parhezkor deb hisoblar 
edi. O’z ichki dunyosini, hayotining barcha 
muhim pallalarini, xuddi o'z xonadonini 
qanday tartiblashtirgan bo'lsa shunday 
yaxshilab va botartib qilib, tushunchalarga 
ajratib chiqqan edi. Qolaversa, uningcha 
hozirgi davrda ham, oldingi davrlarda ham 
dunyodagi, dindagi asosiy muammo bir dinni 
boshqasidan afzal o'ringa qo'yilishida edi. U 
fanatizmdan nafratlanardi, lekin yuragining 
tubida islom fanatlarini boshqalarning 
barchasidan yomonroq hisoblardi. 


Azizning esa ma'naviyati yuksakligi aniq va 
dindorligi ham ravshan edi. U 1979 yili islomni 
qabul qilgan bo'lib, buni «Karim Abdulla 
Jabbordan keyin va Ket Stivensdan oldin» 
qilganini hazil aralash tan olar edi. (Karim 
Abdulla Jabbor, tug'ilgandagi ismi 
- Ferdinand Lyuis Alsindor, 1947 yil tug'ilgan - 
taniqli amerika basketbolisti.) Basketbol 
tarixida eng yaxshi o'yinchilardan biri bo'lgan, 
deb hisoblana- di. (Ket Stivens - tug'ilgandagi 
ismi Stiven Demetr Giorgiu, 1978 yil tug'ilgan. 
Islomni qabul qilgach, ismi Yusuf Islom, deb 
o'zgartirilgan ingliz shoiri va ashulachisi.) 
Lekin bu uning turli mamlakatlardagi har xil 
dinlarga sig'inuvchi odamlar bilan 
munosabatda bo'lishiga va ularning 
hammalarini «Iloh huzuridagi o'z yoru 
birodarlari» deya e'lon qilishiga halal bermas 
edi. 
Insonparvarlik qarashlari yorqin, qat'iy pasifist 
(urushga qarshi turuvchi) Aziz dinlar orasidagi 
farq, mohiyatan faqat «lingvistik (ya'ni 


tillarning turliligi bilan bog'liq) muammo» deb 
biladi. Til haqiqatni yoritishdan ko’ra ko'proq 
berkitadi va natijada odamlar bir-birlarini 
tushuna olmaydilar, deb hisoblaydi. 
Tushunmovchiliklar bilan yo'g'rilgan bu 
dunyoda hech bir suhbatdoshga qat'iy ishonib 
bo'lmaydi, chunki eng kuchli ishonch ostida 
ham tushunmovchiliklar to'lib yotgan bo'lishi 
mumkin. 
Aziz va Ella vaqtning turli mintaqalarida 
yashashadi. Va bu lug'aviy ma'noda ham, 
majoziy ma'noda ham shunday edi. Ella uchun 
vaqt avvalo kelajakni bildirardi. Uning 
hayotida kelgusi vaqtlarga - kela-si yilga, 
kelasi oyga, ertaga, hattoki keyingi soatga oid 
rejalar muhim o'rin egallaydi. Masalan, 
magazinga yoki ustaxonaga borish kabilarni 
Ella oldindan belgilab qo'yadi va hamisha 
sumkasida ustaxonalarning ish soatlari va sotib 
olinishi kerak bo'lgan narsalarning ro'yxatlarini 
bo'ladi. 
Aziz uchun esa vaqt faqat HOZIR ko'rinishida 


mavjud, qolgan hammasi sarob. Shuning uchun 
u ishq «ertaga oid reja» bilan yoki «kechagi 
kun xotirasi» bilan sira bog'liq emas, degan 
qat'iy fikrda edi. Ishq faqat shu yerda va faqat 
hozir bor bo'lishi mumkin. Dastlabki elektron 
xatlaridan biri yakunida u: «Men so'fiyman, 
HOZIRning farzandiman» deb yozgan edi. 
“O’z fikrlarida juda qo'p vaqtini o'tmishga va 
undan ham ko'pini kelajakka bag'ishlaydigan, 
ammo hech qachon HOZIRda yashamaydigan 
ayol uchun bu so'zlar g'alati tuyulardi», - deb 
javob bergan edi unga o'shanda Ella. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin