1244 yil, 18 dekabrь, Konьya.
«Botin Alloh - aqlimdan pardani ko'targil, toki
men Haqiqatni bilgayman».
(Botin Alloh - Xudoning ko'rinmas (sezilmas,
no- moddiy, shakllanmagan, nonamoyon)
borlig'i.
Shame Tabriziy menga Muhammad (s.a.v.) va
so'fiy Bistomiy haqidagi savolni berganida,
menga birdan yer yuzida faqat ikkalamiz
qolganday tuyulib ketdi. Ikkimizning ham
qarshimizda Haqiqat sari yo'lning yetti
bosqichi - Xudo bilan bog'lanishga
erishmoqlikda har bir inson «men»i yengib
o'tishi kerak bo'lgan yetti maqom, yetti
taraqqiyot bosqichi namoyon bo'ldi.
1. Birinchi bosqich Buzilgan Yolg'on Men -
inson joni faqat dunyoviy istaklarni qondirish
yo'llarini axtaradigan eng tuban va eng keng
yoyilgan bosqich. Ko'pchilik odamlar
o'zlarining shu «men»larini deb azob-uqubatlar
chekar va uni qanoatlantirishga urinar ekanlar,
shu bosqichdan nariga o'ta olmay to'xtab
qoladilar va hamisha o'z omadsizliklari,
baxtsizliklarida faqat boshqalarni aybdor
hisoblaydilar (Nafsi Ammora). Inson qachon
o'zining bu «men»ining tubanligini tushunsa,
o'zining bu holati ustida ishlay boshlaydi va
muayyan ma'noda bu bosqichdagi fe'liga qarshi
bo'lgan ikkinchi bosqich (ikkinchi maqom)ga
o'tadi.
2. Bu bosqichdagi inson birovlarni ayblash
o'rniga o'zini ayblashga o'tadi. Shunda uning
xudbinona meni (EGOsi) o'zini ayblovchi
Menlik bosqichiga o'tadi va u ichki poklanish
maqomiga ko'tariladi (Nafsi lavvoma).
3. Uchinchi bosqichda inson joni (ruhiy
quvvati, ma'naviyati) birmuncha kuchayadi va
uning xudbin meni yo'q bo'lib, o'rnini
Mayinlashgan Men oladi. Shunda inson
Ma'rifat Vodiysiga etib kelgan bo'ladi. Bu
bosqichda unda (shu bosqich uchun zaruriy]
sabr, qat'iyat, zakovat va royishlik zaxirasi
to'plangan bo'ladi. Olam uning uchun ilhomga
to'lib toshadi. Bu bosqichga yetganda
ko'pchilik yanada ilgarilab borish istagini yoki
jasoratini yo'qotib, shu pog'onada to'xtashga
moyil bo'ladilar. Shuning uchun bu bosqich,
garchi juda chiroyli ko'rinsa-da, olg'a intiluvchi
inson uchun qopqonga aylanishi mumkin
(Nafsi mutmaina).
4. Yo'lda davom etuvchilar esa Tinchlangan
Men (Nafsi rizoiya) maqomiga yetadilar.
Saxovat, shukronalik va hayotning o'zlariga
bog'liq bo'lmagan barcha qiyinchiliklarga
rozilik nazari bilan qarash - shu bosqichga
yetgan insonning asosiy xususiyatlaridir. Bu
Birlik Vodiysidir. Bu maqomdagilar Xudo
ularga nimaiki ravo ko'rsa, shunga rozi bo'lib
va ilhomlanib yashaydilar.
5. Bu maqomga yetganlar dunyoviy quvonch
va qiyinchiliklarga befarq bo'lib qoladilar.
Ularning «Men»i Qanoatlangan Men bo'ladi
(yoki «Nafsi mulhama», ya'ni ilhomlangan nafs
ham deyiladi).
6. Keyingi maqom - Yordam berishga hamisha
tayyor turadigan Men (Nafsi mardiya). Bu
maqom egalari odamlar uchun nur manbaiga
aylanadilar, qaqiqiy Ustozlar sifatida
boshqalarga ilm, ma'rifat baxsh etib, o'z (ruhiy)
quvvatlarini hammaga taratadilar. Ular qayerga
bormasinlar, o'sha yerda odamlar hayotini
tubdan o'zgartiradilar. Nimaiki ish qilmasinlar,
Qanday kasb bilan mashg'ul bo'lmasinlar,
baribir, atrofdagilarga xizmat ko'rsatish
vositasida Xudoga xizmat qiladilar.
7. Nihoyat, inson yettinchi bosqichga etganida,
uning Shaxsi Men (Asl Men)ga aylanadi, o'zi
esa, so'fizm
nazariyasiga ko’ra, komillikka erishadi, ya'ni
INSONI KOMIL bo'ladi. Ammo bu maqom
haqida hech nima ma'lum emas. Bunga
erishgan ozchilik insonlar bu borada hech nima
gapirmaydilar.
Xudoga olib boradigan yo'l bosqichlarini
ta'riflab berish oson, lekin bu yo'lni bosib o'tish
qiyin. Birinchi bosqichdan yettinchi bosqichga
qadar bosib o'tilishi kerak bo'lgan yo'l boshidan
oxirigacha sermashaqqat va chigal. Hamisha
orqaga qaytish xavfi bor, hatto eng yuqori
bosqichdan eng quyisiga tushib ketish ham
mumkin. Yo'lda tuzoqlar ko'p, juda ozchilik
kishilar komillik bosqichiga erishganlari bejiz
emas.
Shams menga o'z savolini berganida, uni
Payg'ambar ta'limoti bilan so'fiyning fikrlarini
solishtirish qiziqtirgan emas, bu tushunarli. U
Xudoni bilmoq uchun men o'z shaxsimni
qanday rivojlantirayotganimni bilishni istagan.
- Sizning ishlaringiz qanday, buyuk va'zgo'y? -
so'ramoqchi bo'lgan Shams Tabriziy. - Yetti
bosqichdan qaysi biridasiz? Nima deb
o'ylaysin, olg'a yurishga, bu- tun yo'lni
oxirigacha bosib o'tishga kuchingiz etadimi?
Ayting-chi, sizning idishingiz qanchalik katta?
Kira
Dostları ilə paylaş: |