Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

Bir bo'sa tortiq et, ey yor, ishqi otashim
Labing sharobidan kuygil, aylansin boshim. 
 
Lekin bu qorovulning g'azabini faqat 
kuchaytira- yotgan edi. Qancha baland ovozda 
kuylasam, u meni shuncha qattiqroq urardi. Bir 
odam ichiga shuncha g'azab jo bo'lishi sira 
xayolimga kelmagan edi. 
- Etadi, Beybars! - ko'rqib ketgan ikkinchi 
qorovulning ovozini eshitdim men. - To'xta! 
Savalash qanday to'satdan boshlangan bo'lsa, 
shunday to'satdan to'xtadi. Men ularning 
ketidan nimadir aytishni istar edim, lekin 
og'zim to'la qon bo'lgani uchun biron so'z ayta 
olmadim. Qornim og'rirdi va nima 


bo'layotganimni tushunishga ulgurmayoq qayd 
qilib yubordim. 
- Sen tamom bo'lgan odamsan, - dedi menga 
Beybars. 
- Lekin men qilgan bu ish uchun sen meni 
emas, o'zingni ayblashing kerak. 
Qorovullar menga orqalarini o'girishdi va 
qorong'u tomonga yurib ketishdi. 
Yerda qancha yotganimni bilmayman. Balki 
ikki daqiqa o'tgandir yo balki kechasi bilan 
yotgandirman. Vaqtning ma'nosi, umuman, 
barcha narsalarning ma'nosi qolmagan edi. 
Meni qorong'uda qoldirib, Oy ham yana 
bulutlar ortiga berkingan edi. Men hayot bilan 
o'lim orasida edim va endi menga hammasi 
baribir edi. Keyin karaxtlik holati o'tib ketdi va 
qattiq og'riq boshlandi. Og'riq to'lqin kabi 
chayqalib kelardi, boshim guvillardi, butun 
vujudim misoli olovda yonardi. Va men 
yaralangan hayvon kabi uvillab yubordim. 
Xushimdan ketdim, shekilli. O'zimga 
kelganimda, ishtonim xo'l va undan siydik hidi 


anqirdi. Butun tanam qattiq og'rirdi. Xudodan 
yo jonimni olishini, yoki may ichishga imkon 
berishini iltijo qila boshladim va shunda 
yaqinlashib kelayotgan qadam tovushlarini 
eshitdim. Yuragim shoshilinch urib ketdi. Bu 
kim bo'ldi? Ko'chada yurgan bolalardanmi? 
O'g'rimi? Yo qotilmi? Ammo o'ylab qoldim: 
Nimadan qo'rqayapman o'zi? Shu holatimdan 
yomoni bo'lmaydi-ku axir! 
Qorong'ulikdan baland bo'yli ozg'in besoqol 
dar¬vish chiqib kela boshladi. Yonimga 
cho'kib mening o'tirishimga yordam berdi. 
O'zini Shams Tabriziy ekanini aytdi va mening 
ismimni so'radi. 
- Konyalik Ichkilikboz Sulaymon xizmatingiz- 
da, - dedim men, urib sindirilgan tishimni 
tuflab tashlab. - Tanishganimizdan 
xursandman. 
- Hamma yog'ingiz qon, - dedi Shams 
yuzimdagi qonni artarkan. - Qon faqat 
tashqariga emas, ichkariga ham oqayapti. 
U shunday deb cho'ntagidan kumush suvdon 


oldi. 
- Yaralaringizga surting. Bag'dodlik bir yaxshi 
inson menga bergan edi, lekin hozir bu sizga 
mendan ko'ra ko'proq kerak. Lekin siz 
ichkaridagi jarohatlaringiz tashqaridagilarga 
qaraganda chuqurroqligini va ko'proq azob 
berishini bilishingiz kerak. Yana bu sizga Xudo 
ichingizda ekanini ham eslatib turadi. 
- Rahmat, - g'o'ldiradim men darvishning 
yaxshiligidan ta'sirlanib ketib. - Bu... qorovul... 
U meni savaladi. U meni shunga loyiqsan dedi. 
Shu so'zlarni aytar ekanman, ovozimda 
bolalarga xos yig'loqi mung va kimdir meni 
tinchlantirishi va ovutishiga bo'lgan kuchli 
istak borligidan o'zim lol qoldim. 
Shame Tabriziy bosh chayqadi: 
- Ularning bunday qilishga haqlari yo'q edi. 
Har bir inson o'z avliyolik yo'lini o'zi tanlaydi. 
Shunday qoida bor: «Biz hammamiz Uning 
o'zidan nusxa olib va o'ziga monand qilib 
yaratilganmiz, ammo shuning bilan birga, 
hammamiz har turli qilib va bir-birimiz- ga 


o'xshamaydigan qilib yaratilganmiz. Ikkita bir 
xil odam yo'q. Ikkisi bir maromda tepuvchi 
yurak yo'q. Agar Xudo barcha odamlar bir xil 
bo'lishini istasa, ularni bir xil qilib yaratgan 
bo'lar edi. Shuning uchun boshqa insonlarga 
hurmatsizlik bilan qarash va ularga o'z fikrini 
majburlab qabul qildirish, Xudoning rejasiga 
hurmatsizlik bilan munosabatda bo'lishni 
bildiradi». 
- Yoqimli gap, - dedim ovozim shuncha tez 
qayta tiklanganidan hayratga tushar ekanman. - 
Nahotki so'fiylarda Xudo borasida hech qanday 
shubhali masalalar bo'lmasa? 
Shams jilmaydi: 
- Bor, albatta, lekin shubhalarning borligi 
yomon emas. Ularning borligi inson tirikligini 
va o'z haqiqatini izlayotganini anglatadi. 
U deyarli qiroat bilan xuddi kitob 
o'qiyotganday gapirardi. 
- Boz ustiga inson bir ondayoq e'tiqodli bo'lib 
qolmaydi. U o'zini e'tiqodli deb o'ylaydi, keyin 
hayotida uni e'tiqoddan qaytaradigan hodisa 


ro'y berib qoladi, keyin yana e'tiqodga qaytadi, 
keyin uni yana yo'qotadi va h.k. Biz hayotni 
muayyan darajada tushunib yetmagunimizcha, 
ikkilanib yuramiz. Boshqachasiga oldinga siljiy 
olmaymiz. Lekin har bir qadamimiz bizni 
Haqiqatga yaqinlashtirib boradi. 
- Agar Xristos seni eshitsa, tilingga ehtiyot bo'l 
degan bo'lardi, - dedim men. - U har gapni 
hammaga ham aytib bo'lavermaydi, deb 
hisoblaydi. 
- Ha, mayli, u ham o'zicha haqli, - kuldi Shams 
va o'rnidan turdi. - Turing, men sizning 
uyingizga kuzatib qo'yaman. Hali 
jarohatlaringizga qarash kerak, yana uxlab 
olsangiz ham ortiqcha bo'lmaydi. 
U mening turishimga yordam berdi, lekin men 
yura olmadim. Shundan keyin darvish hech 
ikkilanmasdan, xuddi hech qanday og'irligi 
yo'q narsani ko'targanday meni dast ko'tarib, 
opichlab oldi. 
- Sizni ogohlantiray, mendan sassiq is 
anqiyapti, - dedim men uyalgancha g'o'ldirab. 


- Hechqisi yo'q, Sulaymon, xijolat bo'lmang. 
Darvish, qonga belanganimni, siydik va qusuq 
hidi kelayotganini go'yo payqamayotganday, 
meni chuqur uyquga cho'mgan Konyaning 
uylari va kulbalari orasidan o'tgan tor 
ko'chalari bo'ylab ko'tarib ketdi. Faqat itlar 
bog'larning devorlari ortidan zo'r berib 
vovullashardi. 
- Meni hamisha so'fiylar poeziyasidagi mayga 
munosabat qiziqtirar edi, - dedim men. - 
So'fiylar mayni real ma'noda tushunadilarmi 
yoki majoziy ma'nodami? 
- Nima farqi bor, do'stim? - so'radi Shams, 
uyimga yetganda meni erga qo'yar ekan. - Buni 
tushuntiradigan o'z qoidasi bor: «Chin e'tiqodli 
inson mayxonaga kirsa, mayxona uning uchun 
ibodatxonaga aylanadi, ichkilikboz 
ibodatxonaga kirsa, ibodatxona mayxonaga 
aylanadi. Barcha ishlarimizda eng asosiysi 
qalbdir- So'fiylar inson haqida tashqi 
ko'rinishiga qarab hukm chiqarmaydilar. So'fiy 
kimnidir ko'rmoqchi bo'lsa, ko'zlarini yumadi, 


lekin uchinchi - ichkarini ko'radigan - ko'zini 
ochadi». 
Bu uzoq kundan va og'ir tundan keyin uyda 
yolg'iz qolib, sodir bo'lgan hodisalar haqida 
o'ylab ketdim. 
Men og'ir ahvolda edim, ammo qalbimning eng 
tubidagi baxtiyor sokinlikni his etardim. Bir 
daqiqa men bu xolatni tutib ololdim va uni 
boshqa qo'yib yubormaslikka ahd qildim. Men 
Xudo borligini va U meni yaxshi ko'rishini 
angladim. 
Qizig'i shunda ediki, garchi savalab tashlangan 
esam-da, og'riq azobini ortiq his etmas edim. 
Ella 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin