2008 yil, 28 may, Nortgempton.
Keyingi vaqtlarda Ella uyqudan g'amgin
uyg'onadigan bo'lib qoldi. U hali o'zi tayyor
bo'lmagan holda, hayotining qandaydir
bosqichini bosib o'tganday his etardi.
Oshxonada kofe qaynagunicha stol tortmasidan
qiladigan ishlari ro'yxatini oldi va qayta ko'rib
chiqdi.
Men qirq yoshga to'lmasimdan oldin quyidagi
ishlarni qilishim kerak:
O’tkazadigan vaqtimni tartibga solish, iloji
boricha rejali bo'lish va vaqtni behuda
sarflamaslik kerak. Yangi kundalik daftar sotib
olish. (Bajarildi)
Ovqatga minerallar va antioksidantlar qo'shi-
shim kerak. (Bajarildi)
Ajinlar haqida o'ylash. Alfa-gidroksidli
kislotalarni sinab ko'rish va yangi «L’Oreal»
kremidan foydalanishni boshlash. (Bajarildi)
Uy devorlariga yopishtirilgan gulqog'ozlarni
al- mashtirish, yangi o'simliklar va yostiqlar
sotib olish. (Bajarildi)
O'z hayotimni, hayotiy qadriyatlarim va
qarashlarimni baholash. (Yarim bajarildi)
Tanovul etadigan ovqatlarim ro'yxatidan
(ratsionimdan) go'shtni olib tashlash, har hafta
uchun sog’lomlashtiruvchi taomnoma tuzish,
o'z vujudimga e'tibor qaratish. (Yarim
bajarildi)
Rumiy she'rlarini o'qishni boshlash. (Bajarildi)
Bolalarni brodvey myuzikliga olib borish.
(Bajarildi)
Oshpazlik kitobini tuzishni boshlash.
(Bajarilmadi)
Ishqqa yuragimni ochish!!!
Ella o'z ro'yxatidagi o'ninchi bandga
tikilgancha, qimirlamay turardi. U bu satrlarni
yozganida nimani nazarda tutganini o'zi ham
bilmas edi. Nimani o'ylapti u? «Shirin
shakkoklik»ni berilib o'qishim oqibati bo'lsa
kerak, - shivirladi u go'yo o'ziga-o'zi izoh
berganday. Keyingi paytda o'zining sevgi
haqida o'qtin-o'qtin o'ylayotganini payqadi.
«Qadrli Aziz!
Bugun mening tug'ilgan kunim! Men o'zimni
qandaydir davrga etib kelganday his
etmoqdaman. Qirq yosh inson, ayniqsa, ayol
hayotining muhim pallasi, deyishadi.
Shuningdek, qirq yosh - bu yana o'ttiz yosh
demakdir (oltmish yosh esa - yana qirq yosh
demak) deyishadi ham, lekin, menimcha, bu
yerda bo'rttirib yuborilgan. Ya'ni, biz o'zimizni
aldab qo'ymoqchimizmi? Qirq degani bu qirq-
da axir! Menga «nimalardir» kelib qo’shildi -
bilim, hikmatlar, albatta, ajinlar va
sochlarning oqlari ham.
Avvallari tug'ilgan kunlarimda o'zimni baxtli
his etar edim, bugun tongda esa yuragimda
og’ir tuygu bilan va o'zining ertalabki
qahvasini hali ichmagan odam uchun haddan
ziyod murakkablik qiladigan savollar bilan
uyg'ondim. Shu paytgacha yashab kelayotgan
hayot tarzimni o'zgartirishni istaymanmi yo
yo'qmi, o'zim ham bilmayman. Shu boisdan
qurqib ketdim. «Ha» ham, «yo'q» ham birday
dahshatli natijalarga olib kelsa, nima bo'ladi?
Balki shuning o'zi savolimga javobdir?
Sizga ehtirom ila
Ella.
P.S. Xatim uncha quvnoq chiqmagani uchun
uzr so'rayman. Nima uchun bugun o'zimni
bunday his etayotganimni bilolmayapman.
Sababi yo'qday ko'rinadi. (Yoshim qirqqa to'lib
bo'lganini hisobga olmaganda, albatta. Bu
balki o'rta yoshga xos krizis, deb atalgan narsa
bo'lsa kerak)»
«Qadrli Ella!
Tavallud kuningiz bilan tabriklayman! Qirq
yosh - erkak kishi uchun ham, ayol uchun ham
eng go'zal yosh. So'fiylar qirq sonini yuqoriroq
pog'onaga ko'tarilishni va ruhan uyg'onishni
ifodalovchi majoz, deb hisoblashlarini Siz balki
bilarsiz? Aza tutganimizda, u qirq kun davom
etadi. Chaqaloq tug'ilsa, uning yangi hayotga
ko'nikishi uchun qirq kun kerak bo'ladi. Agar
sevib qolgandek bo'lsak, o'z hissiyotimizga
iqror bo'lishimiz uchun ham qirq kun kerak.
Olamni suv bosishi, suv Avvalgi hayot
tarzining yuvib tashlanishi, barcha
yovuzliklarni tozalab va odamlarga takroran
yangi hayot boshlash imkoniyati berilmog'i
uchun butun Olamni qirq kun davomida suv
bosgan. Islom falsafasiga ko’ra inson bilan
Xudo orasida qirq pog’ona bor. Iso (a.s.) qirq
kechayu qirq kunduz cho'lga uzlat etganlar.
Muhammad (s.a.v.) ga payg'ambarliklari
haqidagi vahiy kelganida qirq yoshda
bo'lganlar. Budda qirq kun jo'ka daraxti ostida
meditasiya (zikr) qilgan. Shamsning qirq
qoidasi haqida esa aytmasam ham bo'ladi.
Siz yangi ishingizni qirq yoshingizda oldingiz
va bu yangi hayot boshlanishidan nishona!
Shunday qilib, Siz juda xayrli yoshga kirdingiz.
Muborak bo'lsin! Va yoshingiz ortganidan xafa
bo'lmang. Hech qanday ajin va oqargan soch
qirq sonining quvvatiga ta'sir eta olmaydi!
Sizga ezgu tilaklar ila
Aziz.»
Dostları ilə paylaş: |