Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

1244 yil, 17 oktyabr, Konya.
Dehqon bilan xayrlashganimizdan so'ng eng 
oldin o'zim va otim uchun boshpana axtarishga 
tushdim. Karvonsaroyda menga to'rtta xonani 
ko'rsatishdi, men eng kamtaronasini tanladim. 
Menga ko'rpa-to'shak, shipillab yonib 
turadigan eski moychiroq va bosh qo'yarga 
yostiq o'rniga oftobda kuydirilgan bir g'isht 
bo'lsa bas edi. Shu bilan birga xonam 
derazasidan shaharning to tepaliklarga qadar 
ajoyib manzarasi ko'rinib turardi. 
Birinchi navbatda shu ishni tugatgach, bu yerda 
turli dinlar va tillarning qaror topganiga hayron 
bo'la-bo'la, ko'chalarni kezishga tushdim. 
Yo'limda mashshoq-lo'lilarni, arab 
sayohatchilarini, xristian ziyoratchilarini, 
yahudiy savdogarlarni, buddaviy ruhoniylarni, 
ovrupo trubadurlarini, eron hunarmandlarini, 


xitoy akrobatlarini, ilon o'ynatuvchi hindlarni, 
zardushtiy sehrgarlarni, yunon faylasuflarini 
uchratdim. Qullar sotiluvchi bozorda terisi 
sutga chayqab olinganday oppoq ayollarga va 
quyoshda qoraygan gavdali bichilgan qullarga 
ko'zim tushdi. 
Bozorda bir soqol olish bilan birga qortiq bilan 
qon oluvchi sartaroshlarni, yumaloq shishalari 
bilan bashorat qiluvchilarni va olov yutadigan 
masxarabozlarni ko'rdim. Ziyoratchilar 
Quddusdan kelayotgan edilar, daydilar esa, 
tushunishimcha, sarbadorlar qo'shinidan qochib 
kelgan askarlar edi, ular Venetsiya, frank, 
sakson, yunon, fors, turk, kurd, arman, yahudiy 
va men bilmaydigan allaqanday tillarda 
gaplashardilar. 
Oralaridagi tafovut ko'pligiga qaramay, 
ularning barchasida allaqanday noyetuklik 
borligi tasavvuri yuzaga kelardi, nazdimda, 
Usta ishni yarim yo'lda to'xtatgan-u, har biri 
chala qolganday edi go'yo. 
Shahar Bobilni eslatardi. Hamma yoq 


harakatda. Men bu betartib qarakatlarning qoq 
o'rtasida va atrofimdagi odamlarni kuzatar 
ekanman, yana bir oltin qoidani esladim: 
«Mukammal, benuqson va beayb Xudoni 
sevish juda oson. Ammo qisqa umr kechiruvchi 
o'z birodaringni barcha nuqson va 
kamchiliklari bilan sevmoq mushkul. Inson 
sevishga qobil zot ekani esingizda bo'lsin. 
Sevgisiz hikmat yo'qdir. Esingizda bo'lsinki, 
agar biz Xudoning yaratmishlarni seva 
olmasak, Xudoni ham chinakamiga seva 
olmaymiz va bila olmaymiz». 
Men har xil yoshdagi hunarmandlar o'zlarining 
tor, qorong'u ustaxonalarida mehnat qilayotgan 
tor ko'chalarda aylanib yurdim. Va hamma 
yoqda odamlar Rumiy haqida gapirar edilar. 
Qiziq, uning o'zi bunchalik mashhurlikni 
qanday his etar ekan? Bu uning «men»iga ta'sir 
ko'rsatganmikin? Xayolga botgancha, Rumiy 
xutba o'qiyotgan masjiddan nari ketdim. 
Shahar manzarasi sekin-asta o'zgardi. Shimol 
tomondagi uylar ancha eski, bog'larning 


devorlari qisman vayron bo'lgan, bolalar ancha 
sershovqin va serharakat edilar. Hidlar ham 
o'zgardi, ancha chuchmalllashdi; bu erda sassiq 
sarimsoqning isi kuchliroq edi. Oxirida men 
havoda uch xil is: ter isi, atir-upa isi va hirs isi 
kuchli anqiyotgan ko'chaga kelib qoldim. 
Tosh yotqizilgan ko'cha oxirida devorlariga 
bambukdan tirgak tirab qo'yilgan va tomi o't-
o'lanlar bilan yopilgan yarim vayrona uy bor 
edi. Uy oldida bir nechta ayol gaplashib 
turishardi. Ular yaqinlashayotganimni ko'rib, 
qiziqsinib, yo hayron bo'lganday, yoki xursand 
bo'lganday, menga qarab qolishdi. Men turli 
rang va ko'rinishdagi atirgullar ochilib yotgan 
bog'ga e'tibor berdim. Ularga kim qarashi meni 
qiziqtirib qo'ydi. 
Javobini uzoq kutishga to'g'ri kelmadi. Bog'ga 
yaqinlashgan zahotim uyning eshigi lang 
ochildi va baland bo'yli, bag'baqalari katta, 
judayam semiz ayol chiqib keldi. Ko'zlarini 
qissa, ular atrofdagi yog' qalqalari ichida 
ko'rinmay ketardi. Ustki labi yuqorisida yupqa 


qora mo'ylov borligini payqadim. Qarshimda 
yarim ayol-yarim erkak turganini payqashim 
uchun biroz vaqt ketdi. 
- Nima kerak? - shubhalanib so'radi u mendan. 
Uning qiyofasi tez o'zgaruvchan edi; bir 
qarashda bu - ayolning yuzi bo'lsa, keyingi 
qarashda erkakning yuziga aylanardi. 
Men o'zimni tanitdim, keyin uning ismini 
so'radim, lekin erkak-ayol savolimni chetlab 
o'tdi. 
- Bu sendeklar keladigan joy emas, - xuddi 
pashsha haydaganday menga qo'l silkitdi bu 
ayol-erkak. 
- Nimaga? 
- Bu yer islovotxonaligini ko'rmayapsanmi? 
Sen shahvatga bo'ysunmaslikka qaror qilgan 
darvish emasmisan? Odamlar meni gunohga 
botgan, deb o'ylashadi, men esa xayru 
sadaqalar qilaman va Ramazon oyida 
eshiklarni yopaman. Va hozir seni ham 
gunohdan halos etyapman. Bizdan nari yur. Bu 
shaharning eng buzuq joyi bo'ladi. 


- Buzuqlik insondan tashqarida emas, uning 
ichida bo'ladi, - e'tiroz bildirdim men. - 
Qoidada shunday deyilgan. 
- Nima haqida gapirayapsan? - qag'illadi ayol-
erkak. 
Qirq qoidadan bittasi shu haqida, - 
tushuntirmoqchi bo'ldim men. - «Asosiy kir 
insonning ichida bo'ladi. Qolgan barcha 
kirlarni yuvsa ketadi. Faqat bir kirni toza suv 
bilan yuvib ketkazib bo'lmaydi, Bu qalblarni 
kemiruvchi nafrat va o'ta mutaassiblik kiri, 
yuragingni faqat ishq poklay oladi». 
- Siz darvishlar, hammangizning esingiz 
joyida emas. Bu yerga har xil mijoz keladi. 
Lekin darvish qachon kelishi mumkin? Faqat 
qurbaqaning soqoli chiqqanda! Agar men seni 
bu erga kiritsam, Xudo hamma yog'imizni yer 
bilan bitta qiladi va o'zini Xudoga bag'ishlagan 
kishini yo'ldan ozdirganimiz uchun bizga 
tavqila'nat yuboradi. 
Men o'zimni to'xtatolmay, kulib yubordim: 
- Bu fikrlar qayoqdan kelgan o'zi? Xudo, 


sizningcha, osmonda o'tirib olib, o'ziga 
yoqmagan ishlarni qiluvchi kishilarga 
qurvaqayu toshlar yog'dirib turadigan serjaxl 
qabila boshimi? 
Islovotxona egasi mo'ylovining uchini o'ziga 
tortdi va menga xo'mrayib qaradi. 
- Kirmayman, xavotir olma, - dedim men. - 
Menga shunchaki atirgullaringiz juda yoqdi. 
- Ha, shunaqami. Bu mendagi qizlardan 
birining ishi. Cho'l Atirgulining. 
U qo'li bilan ishratxonada yashovchi ayollar 
orasida utirgan yosh ayolni ko'rsatdi. Uning 
terisi sadafrang, bodomqovoq qora ko'zlariga 
g'am soya solgan ayol edi. U juda chiroyli edi. 
Men unga qarab, o'zgarish jarayonini boshdan 
kechirayotganini his etdim. 
Shundan keyin hech kim eshitmasligi uchun 
bekaga sekin shivirladim: 
- Bu yaxshi qiz. Va kunlardan bir kun u 
Xudoni izlab, safarga chiqadi. Uning taqdiriga 
sizning uyingizni butunlay tashlab ketish 
bitilgan. Shu kun kelganda siz uni to'xtatib 


qolishga harakat qilmang. 
U hayratdan qotib qoldi, keyin shang'illab 
tashladi: 
- Sen bu yerda nimalarni aljirayapsan? 
Qizlarga qanday muomala qilishni menga 
o'rgatma! Yaxshilikcha ket bu yerdan. Yo'qsa, 
hozir Shoqolboshni chaqiraman! 
- Bu kim bo'ldi? 
- Uni bilmaganing yaxshi, menga ishonaver, - 
dedi ayol-erkak, so'zlarini tasdig'i o'laroq, 
menga qo'llarini pesh qilarkan. 
Bu notanish ismni eshitayotib titrab ketdim, 
lekin qo'rqinch tezda o'tib ketdi. 
- Xo'p, endi mening ketar vaqtim bo'ldi, - 
dedim men. - Lekin hali qaytaman, shuning 
uchun meni yana ko'rganingizda hayron 
bo'lmang. Chunki men, garchi ko'z va qalblari 
tashqi dunyo uchun yopiq bo'lsa hamki, butun 
umrini joynamoz ustida bukchayganicha 
o'tkazadigan darvishlar toifasidan emasman. 
Ular yuzaki Qur'onni o'qisalar, men nish urib 
o'sayotgan o'simliklardagi, uchib yurgan 


qushlardagi ichki Qur'onni o'qiyman. Odamlar 
qalbiga yashiringan jonli Qur'onni o'qiyman. 
- Odamlarni o'qiyman, deyapsanmi? - xoxolab 
qo'ydi u. - Bo'lmag'ur narsalarni valdirayapsan! 
- Har bir inson misoli ochiq kitob, har birimiz 
jonli Qur'onmiz. Xudoni izlamoqlik, xoh u 
fohisha bo'lsin, xoh avliyo, har bir inson 
qalbida jo bo'lgan. Har bir inson qalbida 
tug'ilgandan boshlab IShQ yashaydi va u 
ochilmoqni istaydi. Qirq qoidadan biri ayni shu 
haqidadir: «Butun koinot insonda - senda jo 
bo'lgan. Atrofingda nimalarni ko'rayotgan 
bo'lsang, hatto sen nafratlanadigan, 
yoqtirmaydigan odamlar ham, - hammasi 
o'zingda jo bo'lgan. Shuning uchun shaytonni 
tashqaridan izlama. Iblis o'zimizning ichimizda 
yashiringan. Agar sen chin o'zligingni bila 
olsang, o'zingdagi nurli va qorong'u 
tomonlaringni ko'ra olsang, eng yuksak 
anglashga erishasan. Har bir inson, xoh u erkak 
bo'lsin, xoh yo ayol, o'zligini bila olsa, Xudoni 
ham biladi». 


Ko'llarini ko'kragiga qovushtirib olgan ayol-
erkak oldinga surildi va menga tahdidli tikildi: 
- Fohishalarga ta'lim beruvchi darvish! Ehtiyot 
bo’l, ahmoqona ta'limoting bilan bu 
yerdagilarning yuragiga g'ulg'ula solishingga 
men yo'l qo'yib berar ekanmanmi. Yaxshisi, 
jo'na bu yerdan! Agar jo'namasang, qasam 
ichib aytamanki, Shoqolbosh bu uzun tilingni 
uzib oladi va men uni yamlamay yutaman. 
Ella

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin