42
ovqatlanish qanday zarurat boʻlsa, uxlash ham xuddi shunday
majburiyatdir. Endi esa senga ajoyib xushxabarim bor:
Dunyodagi hech bir inson hanuz tanishib,
gaplashmagan biri
bilan seni tanishtiraman. U uyqu qiroli. Koinotda hech bir
maxluqot uyqu mavzusida undan koʻra ilmli emas...
Kendinning koʻzlarini katta-katta ochgancha ketma-ket
savollar
yogʻdira ketdi:
- Kim u, oʻzi qanaqa, necha yoshda, nima yeb, nima ichadi?...
- Sen bilan tengdosh, juda sadoqatli va itoatgoʻy,
sening
miyangda yashaydi. Ismi Gipotalamus. Sen uchun bir uchrashuv
belgiladim.
- Qanday?, - dedi Kendin hech nima anglamay. Jin tushuntirishda
davom etdi:
- Zoʻrgʻa koʻndirdim. Sendan xafa ekan. Gaplashishni
xohlamadi; ammo ozgina bosim oʻtkazgandim qabul qildi.
Kendinning fikrlari qorishib ketgandi.
- Yaxshi, lekin uning miyamda yashashini aytding. U
bilan
qanday qilib koʻrishamiz? Ochiqroq gapirsang-chi, xayollarim
chalkashib ketdi.
- Eh Kendin! Haliyam inson kabi oʻylayapsan. Unutib qoʻyding
shekilli, biz hozir mutlaqo boshqa olamdamiz. Supermen misoli
istagan har joyimizga bora olamiz, xohlagan joyimizga kira
olamiz. Zamon, makon, umuman, hech narsa bizga toʻsqinlik
qilolmaydi, - dedi Jin.
Kendinni Gipotalamusning oldiga olib borishdan avval uni
oʻzidagi kuchga ishontirish maqsadida
borish nihoyatda qiyin
boʻlgan bir joyga olib borishga qaror qildi. Mana shunda, hech
qanday shubha-gumonlarga o’rin qolmaydi. Kendin nafaqat
miyaga, balki igna teshigidagi tuyaning oʻrkachiga ham kira