Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova


-bob  KIM EDI U TOSHNI QUDUQQA OTGAN AHMOQ?



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/22
tarix01.12.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#170821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi

6-bob 
KIM EDI U TOSHNI QUDUQQA OTGAN AHMOQ? 
Atrof tun zulmatiga choʻmgan bir paytda, Jin Kendinni 
dengiz boʻyiga olib keldi. Ufqni koʻrsatib: 
- Hamma narsani unut, faqatgina shuni kuzat, - dedi. Bir necha 
daqiqa oʻtib, ufqda yengil qizillik paydo boʻldi.
- Qara, quyosh uygʻonmoqda. Koinotdagi eng buyuk ishni 
ortiqcha shovqin-suronsiz, jimgina bajarmoqda. Qilgan ishining 
buyukligi qarshisida "Quyosh chiqdi" dan boʻlak hech bir gap 
aytilmaydi. Bir oʻylab koʻr, birozdan soʻng kun yorishadi, 
qushlar oʻz qoʻshigʻini boshlaydi, chumolilar uyalaridan 
chiqishadi. Hatto daraxtlar ham ishlashni boshlab yuboradi. 
Olamdagi tun pardasini koʻtarib, oy va yulduzlarni soʻndiradi, 
goʻyo ularni jazolayotgandek. Yuz millionlab yulduz yigʻilib 
bajara olmagan ishni quyosh bir oʻzi amalga oshiradi!, - deya 
hayratini yashira olmadi Jin.
- Nega oʻsimliklar kunduz kuni kislorod, tunda karbonat angidrid 
chiqaradi, hech oʻylab koʻrganmisan? 
- Yoʻq, - dedi Kendin. Hech qachon bu haqida oʻylab 
koʻrmagandi. Vaqti kerakmas ishlardan ortmasdi-ku, axir, qanday 
oʻylasin. Jin davom etdi: 
- Chunki, quyoshning chiqishi bilan hayot ham boshlanadi. Hatto, 
daraxt ham unga taslim boʻladi. Oʻylab koʻr, quyosh toʻliq chiqib 
ulgurmay butun bir tizim mutlaqo aksiga aylanadi. Bunday katta 
oʻzgarish qanday amalga oshadi? Quyosh qanday kuch oʻzi, 
uning chiqishi bilan butun jonzot harakatga kelsa... Kel, hozir bir 
koʻraylik, dunyoda quyoshga qaramay uxlagan bir maxluqot 
bormikin? 


31 
Bu orada quyosh har doimgidek vazifasini bajarib, sukunat ichida 
olamni nurga toʻldirdi. Jin va Kendin nafas olgulik muddat ichida 
quyoshga taslim boʻlgan jamiyki olamni kezib chiqdilar. 
Arslonlar, qoplonlar, qushlar, otlar, sichqonlar, fillar, pashshalar, 
qurt-qumursqalar, olma, nok, kitlar, dunyodagi jonli-jonsiz butun 
mavjudotlar allaqachon uygʻongandi.
- Endi esa sening doʻstlaringni ziyorat qilamiz. Koʻraylik-chi, u 
yerda nimalar boʻlyapti?, - dedi Jin insoniyat olamini nazarda 
tutib.
Minglab uyga kirib chiqdilar. Insonlarning 90% i hamon uxlardi. 
Uygʻoq boʻlganlarning koʻpchiligi bolalar yoki majbur boʻlgani 
uchungina uygʻongan kishilar edi. Oʻzi xohlab erta uygʻongan 
insonlar shu qadar kam ediki, Kendin ilk bora Jinning oldida 
hijolat tortdi. Hayvonot va oʻsimlik dunyosi uygʻotuvchi 
soatlarga ehtiyoj sezmay toʻligʻicha uygʻongandi-yu, 
maxluqotlarning eng aqllisi sanalgan inson esa hamon pishillab 
uxlab yotardi. 
- Ishon, oldingda hijolatdaman, - dedi Kendin. U quyosh chiqib, 
kun isigani uchun qirmizi tus olgan yonogʻini yashira olmadi. Jin 
gʻamgin jilmayib: 
- Mayli, hechqisi yoʻq!.. Quyosh chiqqaniga endi yarim soat 
boʻldi. Koʻraylik-chi, toʻliq uygʻonishlariga yana qancha vaqt 
kerak ekan?, - dedi.
Har soniyada bir uyga kirib chiqishar, shu tariqa safarlarini 
davom ettirishardi. Insonlar ulkan horgʻinlik ortidan uxlash 
mukofotini qoʻlga kiritishgan-u, go’yo 10 daqiqa avval yotoqqa 
kirib, u mukofotdan zavq olayotgandek xotirjam uxlab yotardilar.
Takror hayvonot va nabotot olamini kezdilar. Uygʻonish u yoqda 
tursin, deyarli barchasi bolalarini toʻydirib ham boʻlishgandi. 
Ortga qaytdilar. Inson hamon uxlab yotardi. Yoz fasli edi. 


32 
Quyosh chiqqaniga 2 soat boʻlgandi. Kendin bularga bir izoh 
topa olmasdi. Faqatgina koʻrganlari qarshisida afsusda ekanini 
ayta olardi: 
- Afsusdaman! 
Kendin issiqqina yotogʻida quyoshga parvo ham qilmay uxlab 
yotgan har bir insonning oʻrniga oʻzini qoʻyar, shunda bu 
manzara yanada vahimali tus olar, uyat yanada yuzlarini 
kuydirardi... 
- Nima uchun bunaqa?, - soʻradi Kendin.
Jin Kendinning qoʻllaridan tutdi va yoʻlida uchragan har bir 
uyning yotoqxonasiga kirib, koʻrsatkich barmogʻi bilan uxlab 
yotgan odamlarga ishora qilgancha, ularning har biri uchun farqli 
uyqu sabablarini soʻzladi. 
- Negaki, abadiy yashayman deb gumon qiladi... Negaki, oʻzini 
aqlli deb hisoblaydi... Negaki, qochyapti... Negaki, oʻzini hurmat 
qilmaydi... Negaki, emin-erkin ekanini oʻylaydi... Negaki, 
nonkoʻr... Negaki, dangasa... Negaki, bergan soʻzida turmaydi... 
Negaki, vaqt tugamaydi deb hisoblaydi... Negaki, qoʻlidan bir ish 
kelmasligiga ishonadi... Negaki, xurofot ichida... Negaki, ahmoq, 
ahmoq, ahmoq... 
Soʻngra toʻxtadilar. Sohilda, quyoshni kuzatgan joylarida 
turardilar. Jin Kendinga qarab soʻz boshladi: 
- Chunki, doʻstim, sen tayyor bir tizimning quchogʻida tugʻilib 
oʻsding. Savol soʻramading. Senga "Voyaga yetgan inson 8 soat 
uxlashi kerak" dedilar, ishonding. Oʻylab koʻrmading, 
"Yanglishgan boʻlishsa-chi!" demading. "Kim edi u toshni 
quduqqa otgan ahmoq?" Bular bilan qiziqib oʻtirmading. Chunki, 
oʻz manfaatingni oʻylading. Uxlash juda yoqimli edi. Na 
qarzlaringni eslaysan, na yomon ishlaringni... Na otangni yurak 
kasali xayolingga keladi va na onangning ogʻriyotgan tizzalari, 


33 
na farzandingni yoʻqolgan lego parchasi. Uxlash sen uchun 
qochish edi. Quyosh botsa qanday yaxshi boʻlardi!
Jin bularni aytarkan, Kendin butun vujudi quloqqa aylanib uni 
tinglardi... Jinning toʻxtash niyati yoʻq edi: 
- Uyqu seni shunchalar asir etdiki, kech boʻlishi bilan 
koʻzlaringni yumilishiga qarshilik qilolmading. Aslida qarshilik 
koʻrsatish yoki koʻrsatmaslik bilan ham ishing yoʻq edi, sababi, 
uyqu haqida hech narsaga qiziqmading. Sen uni nomaʼlum 
qotilga aylantirding.
- Bir daqiqa. - Jinning gapini boʻldi Kendin, - Gaplaringdan bir 
narsani tushundim: sendan boshqa hamma yanglishgan! Qanday 
qilib 6 milliard inson ayni xatoga sherik boʻlishi mumkin?
Jin qoʻllarini ikki yoniga ochdi. Uning oʻz fikrlariga shubhasi 
yoʻqligi aniq edi.
- Ha, shunday, butun dunyo yanglishadi. Yana deyarli har bir 
mavzuda. Yaʼni u quduqda bitta tosh emas, minglab tosh bor. 
Yuzlab quduqlar bor... 15 soniyada isbotlab beraman buni. 
Kendin sinchkov nigohlari bilan Jinni kuzatib turardi. Jin 
jimjilogʻi bilan qumga bir doira chizdi. Eng tepasiga "12" 
raqamini yozdi va soʻradi: 
- Qoʻlingdagi soat shunga oʻxshaydimi? 
Kendin qoʻliga qaradi, soat yoʻq edi; ammo soati yerdagi doira 
soatga oʻxshab ketardi.
- Ha, - dedi. 
Jin javobini mustahkamlash uchun yana bir marta soʻradi: 
- Yaxshi, kasalxonaning devoridagi soat ham bunga 
oʻxshaydimi? 
- Ha, albatta, - dedi Kendin hech oʻylab oʻtirmay.


34 
- Butun dunyo shu soatdan foydalanadi, shunday emasmi? 
Kendin tasdiq maʼnosida bosh irgʻadi. 
- Yaʼni, hammasining eng tepasida 12 raqami boʻladi va butun 
soatlar 12 ni koʻrsatishi bilan u kun oʻz nihoyasiga yetib, 
boshqasi boshlanadi, shunday emasmi? 
Buning javobi ham "Ha" edi. Jin butun dunyo eshitishi kerak 
boʻlgan bir gapni aytdi:
- Xoʻsh, bu qanday bir mantiqki, yangi kun tunning qoq yarmida 
boshlansa? Bu qanday taqvimki, kun qorongʻulikda tugʻilsa? 
Quyosh soat 6 da chiqarkan, siz tungi soat 12 ni nol deyish bilan 
nimaga erishasiz? 
Sukunat... Ogʻir sukunat... 
- Holbuki, quyosh chiqishi bilan yangi kun boshlanadi. Mana shu 
uslubdan foydalansang, soat 6 ni kunning boshlanish vaqti deb 
qabul qilib, nol hisoblarding. 9 deyishni oʻrniga 3 derding. 
Shunda soat 9 da uygʻongan odam, "Quyosh chiqqani, kun 
boshlanganiga 3 soat boʻlibdi" der va kunni oʻtkazib yuborishdan 
xavotirlanib oʻrnidan sakrab turardi. 
Kendin qoʻlidagi asosli dalillar bilan eʼtirozga hozirlangan 
advokatga oʻxshardi: 
- Shunaqasi ham boʻlarkanmi? Quyosh har doim soat 6 da 
chiqmaydi-ku.
- Xoʻp, sen quyosh 6 da chiqmaydigan vaqtlar uchun soatni 
oldinga yoki ortga surish mexanizmini oʻylab topmadingmi? Bir 
soat oldinga yoki ortga surginki, quyosh yana nolda chiqsin.
Kendin oʻylanib qoldi. Jin haq edi.
- Haqsan! 


35 
- Bularni haq boʻlish uchun aytmagandim. Haq boʻlishdan 
nafratlanaman. "Haqsan!" Haqman, ammo nima oʻzgardi?!. 
Mening haq ekanligim senga nima foyda keltirdi? Xatolarni 
tuzatmaguningga qadar mening haq ekanligimning kimga qanday 
manfaati bor? 
- Haqsan... 
Kulishdilar. Soʻngra Jin toʻxtagan joyidan davom etdi: 
- Men hozir senga soatning shaklini oʻzgartir, ustini toʻrli 
yopqich bilan yop yoki gullar bilan beza demayman. Qoʻy, 
shundayligicha qolsin, ammo hech boʻlmaganda insonlarni 
quyosh bilan birga uygʻotish uchun biroz saxiy boʻl, bir formula 
oʻylab top! 
Kendin oxirigi jumlani tushunmadi: 
- Saxiy? Qanday yaʼni? 
- Ha, saxiy. Nega endi puldan 6 ta nolni olib tashlashga jasorating 
bor-u, soatni 4 soat oldinga surishga jasorating yoʻq? 
- ... 
- Tanbalsan, tan ol! Koʻzing qiymaydi. Oʼylab koʻr, ertaga 
ertalabdan vaqtni 4 soat oldinga surding.
Kendin oʻyladi. Bu yomon fikr emasdi. Jin soʻradi: 
- Seningcha, insonlar bunga oʻrganishga qiynalisharmidi? 
- Yoʻq. Hech nima oʻzgarmasdi; chunki kun yana 24 soatligicha 
qolardi..., - dedi-yu, hayajonlandi Kendin. 
- U holda seni nima ushlab turibdi? Buni uddasidan chiqqaningni 
tasavvur qil! Balki insonlarni erta uygʻotish katta tashkilot 
tuzishni talab qilar. Butun insoniyatni quyosh bilan birga 
uygʻotish uchun millionlab, hatto yuz millionlab soatlik 
mashgʻulotlar oʻtkazish lozim; lekin faqatgina soatning milini 


36 
oldinga surib, hech qanday sarf-xarajat qilmasdan insonlarni bu 
xato tushunchadan qutqara olasan. Shunday qilsang, na ular va na 
sen hech narsa qilmasdan yalqovlik bilan yana soat 9 da 
uygʻonganingizda ham quyosh endigina chiqqan boʻladi.
Bu fikr Kendinning xayoliga oʻrnashib qoldi. Ayniqsa, biroz 
avval eng oxirgi boʻlib uygʻongan maxluqot inson ekanini 
koʻrganda... U hayajon bilan: 
- Shubhasiz, ajoyib fikr bu! Hech narsaga hojat yoʻq, faqat soatni 
oldinga surib qoʻyasan, dunyo taqdiri oʻzgaradi. Vah! Sen 
ajoyibsan, Jin!, - dedi.
- Sen ham eng kamida menchalik ajoyibsan; ammo bir farqing 
bor... Sen oʻylashdan bosh tortgan ajoyib tentaksan... Ozginagina 
oʻylasang, maktablar, ishxonalar, fabrikalar, banklarni bir vaqtda 
ochib, keyin "Yoʻllar namuncha tirband?" deya ranjimasding..., - 
dedi Jin.
Kendin Jinning bu odatiga oʻrganishni boshlagandi. Shu 
sababdan ters javob qaytarmay, jilmayib qoʻyaqoldi.


37 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin