Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova


-bob  UYG’OTGICHNING KASHF ETILISHI



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/22
tarix01.12.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#170821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi

3-bob 
UYG’OTGICHNING KASHF ETILISHI 
Mutlaqo boshqa joyda paydo bo’lib qoldilar. 
- Qayerdamiz?, - soʻradi Kendin. Jin "Hozir koʻradiganlaringdan 
hayratda qolasan" degandek jilmaydi:
- Kut va kuzat! 
Xonada qirol taxtini eslatadigan bir kreslo va unga yarashmagan 
kichik ish stoli bor edi. Stol ustida uning deyarli butun yuzasini 
egallagan ulkan globus turardi. Kresloda esa uzun sochli bir 
odam jimgina ishlab oʻtirardi. Xona suv quygandek jim-jit. 
Kendin ham, Jin ham ogʻir sukutda edilar. Oxiri Kendin chiday 
olmay soʻradi: 
- Kim bu? 
Jin kichik hassaga oʻxshash bosh barmogʻini lablariga 
yaqinlashtirib, bizga maʼlum boʻlgan "Jim!" ishorasini berdi. 
Kendin yana jim boʻlib, haligi kishini kuzatishda davom etdi. U 
odam stoldagi globusga oʻxshagan narsaga qarab turardi. 
Faqatgina qarab turardi. Oradan "Bas yetar, bunchalik boʻlmaydi-
da" deyishga majbur qiladigan uzoq vaqt oʻtdi. Kendin yana 
chiday olmay xonadagi sukunatni buzdi: 
- Kim bu? 
Jin Kendinga yaqinlashib:
- Bu-mi? Bu bir inson!, - dedi. Kendin oʻzi kutgan javobni 
ololmagani uchun biroz asabiy holda, kinoya bilan dedi: 
- Bunisini oʻzim ham koʻrib turibman. 
Jin esa oʻta jiddiy qiyofada:


22 
- Demak, tushunding! Shunday ekan, uning sen kabi oddiy inson 
ekanini inobatga olsak, birozdan soʻng uxlashi kerak emasmi?, - 
dedi va kiyimining cho’ntakka o’xshash yeridan kattakon qum 
soatini chiqardi. Uni yerga qoʻyib:
- Bu toʻliq 30 soatlik. Koʻramiz, bu odam qachon uxlar ekan?, - 
dedi.
Vaqt oʻtib borar, u odam esa muzlatib qoʻyilgandek stolidagi 
globusga tikilib oʻtirardi. Bir payt nihoyat oʻrnidan turdi va 
xonani aylana boshladi. Xonada u yoqdan bu yoqqa toʻxtamasdan 
yuz martalab yurdi. Soʻngra egnidagi kostyumini yechib 
kresloning orqasiga osdi va yana qaytib oʻtirdi. Stolning 
globusdan ortgan joyida turgan daftariga pero bilan bir narsalarni 
yoza boshladi. Betoʻxtov yozardi. Kendin uni kuzatishdan 
charchadi... U kishi yerda turgan kichkina metall parchasini olib, 
kresloda oʻtirgan koʻyi uyquga ketdi. Koʻp oʻtmay qoʻlidagi 
metall yerga tushib ketdi. Uning ovozidan uygʻonib, yana 
yozishda davom etdi... 
- Aql bovar qilmaydi!, - dedi Kendin yerda turgan metall 
boʻlagiga tikilib turib. Jin gʻurur bilan tabassum qilarkan:
- Haa, sen va doʻstlaringga oʻxshagan bir insonning uyqusi mana 
shunchalik boʻladi. Uyqusi kelganida uni yana olib, oʻtirgan 
joyida uxlaydi. 
Soʻngra yana sukut saqlab, uni kuzatdilar. Bu sirli odamning 
koʻzlari uyqudan yumilib ketgan payt egilib metall boʻlagini olib, 
oʻtirgan joyida mizg'ib olardi.
Jin chala qolgan gapini tugatish maqsadida davom etdi: 
- Va oradan yillar oʻtadi. Biz bu insonni Nyuton deb ataymiz, 
Isaak Nyuton. 
Soʻngra qum soatiga ishora qilib: 


23 
- Qara!, - dedi. Qum tugay deb qolgandi. Buyuk fizik Isaak 
Nyuton esa har 15 daqiqada bir marta chalinadigan soat kabi 
qoʻllagan u metall parchasini jami 5 marta tushirib yubordi.


24 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin