Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova


-bob  FAQATGINA KAM UXLASHNING O’ZI



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/22
tarix01.12.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#170821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi

7-bob 
FAQATGINA KAM UXLASHNING O’ZI 
YETSAYDI, DUNYONI CHUMOLILAR 
BOSHQARARDI 
Har bir oʻtning boʻyi chizgʻich bilan bittalab oʻlchab, 
hisoblab ekilgandek muazzam koʻrinayotgan, katta bir daladan 
yurib ketishardi. Insonning koʻnglini yorishtirib yuboradigan bu 
goʻzal yerda sayr qilarkan, Kendinning ichida tugʻyonlar joʻsh 
urardi. Bu koʻrganlari unga buyuk insonlarning muvaffaqiyat 
formulasini oʻrgatgandi: "Oz uxlash...". Gʻayrioddiy ish edi bu. 
Oz uxlaysan va muvaffaqiyat qozonasan. Kendin shu qadar oddiy 
ishni yillar davomida nega qilmaganini oʻylab afsuslanar, tezroq 
buni qanday bajarishni oʻrganish uchun sabrsizlanardi.
- Qani, oʻrgat menga! Qanday qilib kam uxlayman? Men ham 
muvaffaqiyatga erishishni xohlayman, - dedi.
Jin: 
- Buni oʻrganishing u qadar oson emas, sabrli boʻl. Oʻrganasan, 
albatta. Shuning uchun ham bu yerdamiz. Ammo yana bir narsani 
taʼkidlashim zarur, jamiyki insonlarning yana bir umumiy 
xususiyati bor: Barchasining boshqalar tarafidan "amalga oshishi 
imkonsiz" deya baholangan ma’lum maqsadlari bor va aslida 
koʻplab maqsadlar ularni uxlashlariga yoʻl qoʻymaydi. 
Kendin quvondi, chunki uning ham maqsadi bor edi. 
- Mening ham maqsadim bor! 
- Seni-yaa? Nima ekan sening maqsading?, - dedi Jin 
haqoratomuz ohangda. 
- Oʻz sohamda yuksalishni xohlayman, - javob berdi Kendin 
koʻksini kerib. U koʻpchilik hurmat qiladigan shifokor edi.


38 
- Sen shuni maqsad deyapsanmi? 
- ... 
- Hamma shifokor yuksalishni xohlaydi, ammo nari borsa eng 
kamida Ibn Sino kabi boʻladi, - dedi Jin va taassuf bilan "Qanday 
odamlar oʻtib ketdi-ya!" degandek labini tishladi. Soʻng davom 
etdi: 
- Hamma narsa kabi maqsadni ham senga notoʻgʻri talqinda 
oʻrgatdilar. Tor fikrlayapsan. Chunki, senga koʻp uxlashni 
oʻrgatganlar oʻzingga hech sezdirmasdan tor oʻylashni ham 
oʻrgatdilar. 
- Qanday qilib?, - dedi Kendin butun vujudi quloqqa aylanib.
- "Bir sohada yuksalish" aslo uyqu qochiradigan maqsad boʻla 
olmaydi. Maqsad - oʻz nomi bilan maqsad. Yaʼni, maqsading 
aniq bo’lishi lozim. Yuksalishni istagan joyingning nomi boʻlishi 
kerak. "Men shu yerni xohlayman" deysan. Aks holda, 
maqsading yoʻq hisob. Agar samarali bir maqsading boʻlmasa, 
kam uxlashingning ham hech qanday maʼnosi yoʻq. Hatto 
mumkin boʻlsa, bor uxla va tanang koʻtara olsa aslo uygʻonma. 
Chunki, maqsadsiz insonning uygʻoq boʻlishi ham oʻzi uchun, 
ham butun insoniyat uchun azobdir, - Jin jilmayib davom etdi: 
- Biror bir maqsadi boʻlmagan holda, yaʼni uxlashi kerak boʻlgan 
holda uxlamagan insonlar ham bor, shubhasiz. Bunga shu 
togʻning ortida ajoyib oʻrnak ham bor. Koʻrishing kerak, qani 
ketdik... 
Jin Kendinni ortidan ergashtirib toqqa qarab ketdi. Choʻqqiga 
yaqinlashib qolganlarida qandaydir nay ovozini eshitdilar. Ovoz 
togʻ ortidan kelayotgandi. Togʻni oshib oʻtib, ovoz qayerdan 
kelayotganini bildilar. U jigarrang qalpoq kiygan bir odamning 
qoʻlidagi naydan kelardi. U nayni shu qadar ustalik bilan 
chalardiki, atrofidagilar huzur ichida tinglashar, nay nolasi 


39 
osmonga qadar yetib, qalblarni mumdek eritib yuborardi. Mazkur 
jigarrang qalpoqli sozanda aslida choʻpon boʻlib, nay esa qoʻylar 
uchun chalinayotgan edi. 
- Qara, qanchalik erta uygʻonibdi? Kim biladi, bu suruvni 
qayerlardan boshlab kelyapti? U biz qidirgan inson aslida; lekin 
koʻrganing kabi u qoʻylarning zavqlanishi bilan cheklanib, ishini 
chala bajaryapti..., - dedi Jin.
Choʻpon ora-sira uxlab, takror uygʻonar, uyqusiragan koʻzlari 
bilan nayini ozgina chalgach, yana uxlab qolardi.
- Barvaqt uygʻongan, ammo tor fikrlayapti. Hech qanday oliy 
maqsadi yoʻq. Kun tartibida konsert berish fikri yoʻq. Qish 
kelishi bilan oladigan ozginagina pulga qarab qolgan. Holbuki, u 
har kuni soatlab nay chaladi, hech kimsa u kabi uzoq vaqt nay 
bilan shugʻullanmaydi. U qilishi kerak boʻlgan ish bor-yoʻgʻi 
ozgina kengroq fikrlab koʻrish edi, xolos! U shunday qilmagani 
uchun umrini qoʻylargagina nay chalib oʻtkazadi. Hech qachon 
dunyoning eng yaxshi naychisi boʻlolmaydi. Kun kelib 
dunyoning eng buyuk naychisi boʻlardi balki, ammo u kengroq 
oʻylab koʻrmagani uchun dunyoning eng buyuk naychisini oʻzi 
bilan qabrga olib ketadi. Yaʼni, ichidagi dahoni kashf etmay turib 
oʻlib ketadi. Shunday ekan, hatto oddiy choʻpon boʻlsang ham, 
keng fikrla. Va kun kelib sening bir hikoyang boʻladi. "Men bir 
choʻpon edim. Lekin hech qachon choʻpon kabi chalmadim. 
Hech qachon qoʻylar uchun chalmadim. Esimni taniganimdan 
beri shu bugun uchun chaldim nayimni. Bugun dunyodagi eng 
yaxshi nay chalgan insonman. Ishingizga aslo yengil qaramang, 
doimo katta oʻylang!" derdi. Shunday qilib, oddiy choʻpon 
birgina eski nay bilan oʻzidan keyingilarni maftun qiladigan 
meros qoldirardi. 
Kendin choʻponga qarab, Jinning aytganlarini oʻylardi. U haq 
edi; ammo haq boʻlishdan nafratlanardi. Shu sababdan unga 


40 
"Haqsan" demadi, ammo ich-ichidan ming martalab hayqirdi: 
"Haqsan... Besh yuzlar kengashidagi Suqrot qadar haqsan!" 
Endi tushungandi Kendin. Demak, kam uxlashning oʻzi yetarli 
emas. Uyquni qochiradigan sabab ham juda muhim. Lekin 
undanda muhimroq bo’lgan yana bir narsa bor edi: Nima ish 
qilishingdan qatʼiy nazar, kengroq fikrlashing lozim.


41 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin