22
- Demak, tushunding! Shunday ekan, uning sen kabi oddiy inson
ekanini
inobatga olsak, birozdan soʻng uxlashi kerak emasmi?, -
dedi va kiyimining cho’ntakka o’xshash yeridan kattakon qum
soatini chiqardi. Uni yerga qoʻyib:
- Bu toʻliq 30 soatlik. Koʻramiz, bu odam qachon uxlar ekan?, -
dedi.
Vaqt oʻtib borar, u odam esa muzlatib qoʻyilgandek stolidagi
globusga tikilib oʻtirardi. Bir payt nihoyat oʻrnidan
turdi va
xonani aylana boshladi. Xonada u yoqdan bu yoqqa toʻxtamasdan
yuz martalab yurdi. Soʻngra egnidagi kostyumini yechib
kresloning orqasiga osdi va yana qaytib oʻtirdi. Stolning
globusdan ortgan joyida turgan daftariga pero bilan bir narsalarni
yoza boshladi. Betoʻxtov yozardi. Kendin uni kuzatishdan
charchadi... U kishi yerda turgan kichkina
metall parchasini olib,
kresloda oʻtirgan koʻyi uyquga ketdi. Koʻp oʻtmay qoʻlidagi
metall yerga tushib ketdi. Uning ovozidan uygʻonib, yana
yozishda davom etdi...
- Aql bovar qilmaydi!, - dedi Kendin yerda turgan metall
boʻlagiga tikilib turib. Jin gʻurur bilan tabassum qilarkan:
- Haa, sen va doʻstlaringga oʻxshagan bir
insonning uyqusi mana
shunchalik boʻladi. Uyqusi kelganida uni yana olib, oʻtirgan
joyida uxlaydi.
Soʻngra yana sukut saqlab, uni kuzatdilar. Bu sirli odamning
koʻzlari uyqudan yumilib ketgan payt egilib metall boʻlagini olib,
oʻtirgan joyida mizg'ib olardi.
Jin chala qolgan gapini tugatish maqsadida davom etdi:
- Va oradan yillar oʻtadi. Biz bu insonni Nyuton deb ataymiz,
Isaak Nyuton.
Soʻngra qum soatiga ishora qilib: