28
oʻylardingiz. Qolganlar esa krovatga choʻzilib, uxlab qoldilar.
Ularni butun diqqati bilan kuzatayotgan Kendinning bekorga vaqt
yoʻqotishiga monelik qilish maqsadida Jin shoshib gapira
boshladi:
- Bu uxlayotganlarni kuzatib turishing shart emas! Ular faqat
ovqat vaqti uygʻonadilar, qolgan vaqtlarini esa uxlab
oʻtkazadilar. Shu usulda goʻyo jazo muddatlarining tezroq
tugashiga ishonadilar. Uygʻoq boʻlganlarida esa ozodlikka
chiqqach, hech qachon uxlamaslikka ont ichadilar. Ammo
bilmaydilar yoki bilsalarda tushunmaydilarki, ichkarida
yohud
tashqarida boʻlish oʻrtasida hech qanday farq yoʻq. Chunki har
bir inson hayotini bir fonus ichida yashab oʻtkazishga majbur.
Fonusni kattalashtiradigan faqat miyadir, inson oʻzi sigʻgan har
qanday fonusga miyasi ham sigʻadi, shubhasiz.
Kendin Jinni diqqat bilan eshitar, soʻzlari uni oʻziga sehrlab
qoʻygandi. Goʻyoki u hamma narsani bilardi, butun
universitetlardagi ilmni oʻzida jam qilgandek tuyuldi. Jin davom
etdi:
- Agar borar yeringning oxiri boʻlsa, agar qoʻlingdan kelgan
ishlarning chegarasi boʻlsa, agar bir kun kelib umring bitsa,
demak umring davomida bir fonus ichida yashaysan. Bu oʻrinda
"Inson u fonusning ichida har doim eng afzali boʻlish
uchun
yashaydi" deya bemalol ayta olamiz. Yaʼni, zindonda yoki
ozodlikda boʻlishning farqi yoʻq. Shunday ekan, qayerda boʻlsa-
da, qanday boʻlsa-da, inson doimo qoʻldan kelgan eng afzal ishni
qilishi kerak.
- Tushundim, - dedi Kendin. Jin yozayotgan odamga oʻgirilib:
- Hozir shu fonusning ichida boʻlgan bir inson eng yaxshisi
boʻlish yoʻlida harakat qilyapti. Oradan yillar oʻtib, har bir inson
unga oʻxshashni
orzu qiladi, chunki, u insoniyatning eng
29
afzallaridan biriga aylanadi. Shuni bilgani uchun ham uning
ishtahasi yoʻq, shuning uchun uyqusidan voz kechdi, shuning
uchun u faqatgina bir martagina mahbus boʻlib yashaydi, - dedi.
Kendin oyogʻining uchida turdi va Jinning chap yelkasiga osilib,
yozib oʻtirgan odamga tikildi. Jin:
- Yaxshiroq qara! Uni taniysan, - dedi. Kendin u insonni tanidi.
Uni bilmagan inson dunyoda bormikin? Axir,
u Dostoyevskiy
edi!