Tarkibi va biologik xususiyatlari 2 Mavzu: Meva va rezavor meva o‘simliklarining kelib chiqishi, botanik



Yüklə 24,36 Kb.
səhifə6/6
tarix11.12.2022
ölçüsü24,36 Kb.
#73822
1   2   3   4   5   6
o‘ss11mliklar

Qulupnay (Frugaria L.) O‘zbekistonda ekiladigan rezavor mevalar ichida birinchi o‘rinda turadi. Mevasi tarkibida 4,5-11 % gacha shakar, 0,28-1,5 % gacha turli kislotalar, 0,12 - 0,41 % oshlovchi va bo‘yoq moddalar mavjud. Bulardan tashqari temir, fosfor, kaliy, kalsiy tuzlari, 50-75 mg % A, V, S vitaminlari bo‘ladi. Qulupnay mevasi tashishga va saqlashga yaramaydi.
Bizning sharoitimizda qulupnayning 4 ta turi mavjud : Yirik mevali bog‘ qulupnayi, Ananas, Muskat qulupnay va Ko‘kish qulupnay (o‘tloqlarda, turli xil o‘tlar o‘sadigan yon bag‘irlarda, o‘rmon chekkalarida yovvoyi holda o‘sadi).
Yirik mevali bog‘ qulupnayi eng keng tarqalgan bo‘lib, uning 1500 dan ortiq navi bor. Poyasi qisqa, o‘tchil, 4-5 yil va undan ko‘proq yashaydi, ildizlari popuk ildiz bo‘lib, 60-70 sm chuqurlikkacha o‘sadi, ekilgandan so‘ng 2-3 yili ildiz poyasining pastki qismi quriy boshlaydi.SHuning uchun, qulupnay bir erda 2-3 yilgacha o‘stiriladi.
Qulupnay asosan gajaklaridan ko‘paytiriladi, lekin uni poyasidan, yangi navlar chiqarishda esa urug‘idan ko‘paytirish mumkin.
Qulupnay erta, martning oxiri aprelning boshlarida gullaydi. U gullash muddatiga qarab, erta gullaydigan va kech gullaydigan navlarga bo‘linadi. Gullash davri 20-45 kunga cho‘ziladi. Gullash boshlangandan mevasi pishib etilguncha 20­35 kun o‘tadi.
O‘zbekistonda kuz iliq kelib, uzoqqa cho‘zilganda qulupnayning ba’zi navlari ikkinchi marta hosil beradi. Gektaridan 8-10 tonnagacha va undan ortiq qulupnay hosili olish mumkin.
Muhokama uchun savollar:

  1. Botanik belgilariga ko‘ra meva ekinlari qaysi oilalarga mansub ?

  2. Xo‘jalik belgilariga ko‘ra meva ekinlari qanday guruhlarga bo‘linadi ?

  3. YAshash shakliga ko‘ra meva ekinlari qanday bo‘ladi ?

4.Subtropik mevalarga qaysi meva ekinlari kiradi ?
5.Sitrus mevalarga qaysi meva ekinlari kiradi ?
Yüklə 24,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin