Tarmoq tushunchasi


Internetga ulanish usullari va tartiblari



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə10/18
tarix26.07.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#137581
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Tarmoq tushunchasi-fayllar.org

Internetga ulanish usullari va tartiblari. 
Internetning kommunikasion funksiyasi foydalanuvchilarning masofadan turib o‗zaro
muloqot qilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida internet
elektron pochtasi, internet telefon va real vaqt oralig‗idagi bevosita xabar almashish, Chat
konferensiya yordamida amalga oshirilayotgan muloqotlarni keltirishimiz mumkin. Bundan
tashqari internetning kommunikasion funksiyasi uning foydalanuvchilariga videomuloqot
qilish, videokonferensiyalar uyushtirish, bir shaxardan turib ikkinchi shaxar ko‗chalarini
(masofadagi Web kameralar yordamida) tomosha qilish va muzeylariga tashrif buyurish,
xamda tabiat manzaralaridan roxatlanish imkoniyatlarini yaratib beradi.
Buni quyidagi misol yordamida tushuntirishga xarakat qilamiz. Nima uchun Amerika bilan
telefon orqali gaplashishning xar daqiqasi 34 $ turadiyu, xuddi shu muloqot internet orqali
amalga oshirilsa bir necha o‗n barobar kam xarajat talab qiladi?
Internetda muloqot amalga oshirilganda esa, aloqa kanali xam va unda ishtirok etuvchi
biror bir texnik vosita xam monopol egallanmaydi. Buning sababi Internet tarmog‗i da
uzatilayotgan so‗rov, xabar va ma‘lumotlar bir necha mayda bo‗laklarga ajratilgan "paket"lar
ko‗rinishida amalga oshiriladi. Bu paketlar TCR (Transfer Control Rrotocol) paketlari deb
ataladi. Xar bir TCR paket tarkibida jo‗natuvchi va qabul qiluvchilarning IR manzillari mavjud
bo‗ladi. Internet tarmog‗i da mavjud bo‗lgan kommunikasiya vazifasini o‗tovchi maxsus texnik
vositalar va host kompyuterlar TCR paketlar tarkibidagi IR manzillar asosida, paket kimga
yo‗llanganligini aniqlab, o‗sha mijozga yoki navbatdagi mijozga yakin bo‗lgan tarmoq tuguniga
yo‗naltiradi. Mijoz kompyuteriga etib kelgan TCR paketlar yagona bir xujjatga yig‗iladi.

111-rasm. 

Xar bir TCR paket jo‗natilayotganida va kimdan qaerda yig‗ilishi

kerakligi xaqidagi


informasiyani o‗zida olib yurganligi uchun, bir aloqa kanalining o‗zida bir nechta mijozlarning
TCR paketlarini bir vaqtning o‗zida aralashtirib uzatish mumkin bo‗ladi (15.4-rasm). Bu paketlar
ushbu oqim ichida yo‗qolib xam, adashib xam qolmaydi. Ularni qaysi mijozlarga tegishli
ekanliklarini, xamda egalariga to‗la - to‗kis etib borishligini maxsus dastur va texnik vositalar
qatoiy nazorat qilib turadi. SHunday qilib Amerika bilan Toshkentni yoki Evropani bog‗lab turgan
aloqa kanali bir vaqtning o‗zida millionlab mijozlarga xizmat ko‗rsatishi mumkin.
Ma‘lumki internet dunyo miqyosida yuz millionlab kompyuterlarni o‗z tarmog‗iga
birlashtirib, unda millionlab host tugunlar mavjuddir. Bunday murakkab strukturaga ega bo‗lgan
tarmog‗ning ixtiyoriy bir qismi yoki tuguni, shikastlanishi ishdan chiqishi mumkin. Bunday
xollarning oldini olish, xamda TSR paketlar okimini optimallashtirish va boshqarish uchun
tarmoqda "marshrutizator" lardan foydalaniladi. Marshrutizator bu paketlarni IR manzillar
asosida ta‘lil qilib, ushbu paket kimga tegishli va uni qaysi tartibda, yo‗nalishda uzatishga kam
vaqt va xarajat talab qilishligini aniqlagan xolda amalga oshiradigan maxsus qurilma yoki
kompyuter ishlayotgan dasturidir.

112-rasm.


Natijada bir mijozdan ikkinchi mijozga uzatilayotgan xujjatning TSR paketlari bir necha
xil marshrutlar bilan etib borishi mumkin (15.5-rasm). Bunda paketlarning manziliga etib borish
tartibi va vaqti turlicha bo‗lishligining a‘amiyati yo‗k. TSR paketlarning markerlanganligi va
maxsus strukturasi, paketlarning qaysi tartibda etib kelishidan katoiy nazar ularni yagona bir
elektron xujjat shaklida yig‗ish imkonini beradi.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin