MAN (Metropolitan Area Network) – shahar qamrovidagi tarmoq. 1000
metr masofani o'zida qamrab oladi va o'zida 1000 ta foydalanuvchilarni o'ziga birlashtiradi.
WAN (Wide Area Network) – global kompyuter tarmog'i hisoblanadi. Million abonentlarni o'zida birlashtiradi (Internet).
OSI va TCP/IP Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi (bu tushunchalar nisbiy hisoblanib, ma'lumot almashinuv aynan aytilganidek amalga oshirilmaydi). OSI modelining 7ta pog'onasi:
OSI modeli etalon model bo'lib, bu faqat nazariy jihatdan mavjud. Hozirgi kunda bu model asosida TCP/IP stek protokollariga asoslangan holda tarmoq ishlaydi. TCP/IP ishlab chiqilishining yagona sababi OSI modelini soddalashtirish va qulay foydalanish hisoblanadi. TCP/IP stek protokollari tuzilishi:
Bundan tashqari bizda port tushunchasi mavjud bo'lib, Port bu – mantiqiy bog'lanish tuguni hisoblanib, bu portlar yordamida mantiqiy kerakli protokolga bog'lanish hosil qilinadi. Ixtiyoriy so'rov biron manzildagi aynan kerakli portga murojaat qilinadi va javob qaytarishda esa so'rov kelgan portga qayta jo'natiladi. TCP/IP da har bir protokol uchun port mavjud. Ularning umumiy soni 65535 ta. Portlar quyidagicha bo'ladi:
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, tarmoq tushunchasi juda chuqur hisoblanadi, uni to'liq o'rganib chiqish uchun esa undagi har bir elementni o'rganish lozim. Bugungi mavzuda men iloji boricha qisqa lekin tushunarli bo'lishiga harakat qildim. Bu tushunchalar asosiylaridan bir nechtasi hisoblanadi holos.
tcp tarmoq network texnomantanlov port texnomaniyultanlov texnomaniyul2018 PAN lan Telekommunikatsiya 2-Avgust 10:59 18409
Muallif haqida
AzizBeK Qiziq bo‘ladi:
HUB yoki SWITCH? qaysi biridan foydalangan ma’qul? To‘g‘ri tanlov kerakmi? U xolda siz bu tarmoq qurilmalarining qay biri qay holatda ishlatilishi va ularning bir – biridan farqini bilib olish foydadan holi bo‘lmaydi. Umuman olganda orgtexnika bilan yaxshi tanish inson hub va switch xaqida ham bir qancha ma’lumotlarga ega bo‘lishi aniq.
Ammo aksari uning ichida, ya’ni portlarda qanday jaraynlar kechishi haqida yetarlicha ma’lumotga ega emaslar. Keling avval Hub – tarmoq qurilmasini ko‘rib chiqamiz.
Hub – bu bir kirish va bir qancha chiqishga ega bo‘lgan tarmoq qurilmasidir. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Agar tarmoqni OSI modeli bo‘yicha yetti pag‘onaga bo‘ladigan bo‘lsak, xab birinchi pag‘onaga to‘g‘ri keladi.
Hub’ni ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz. Hub 1 portga kelgan signalni nusxasini bir vaqtning o‘zida barcha portlarga junatadi. Shu vaqtda Hub’ga ulangan tarmoqning boshqa aktiv qurilmasidan ma’lumot junatiladi. Bunda shu portda signallarni yo‘qotilishi sodir bo‘ladi. Chunki Hub yarimdupleks rejimda ishlaydi. Bir portdan ham uzatib, ham qabul qilib olish imkoniyatiga ega emas. Hub asosan tarmoqning kichik segmentlarida qo‘llaniladi. Hub shu bilan birga xavfsizlik talablariga ham to‘liq javob bermaydi. U nusxalab yuborgan signal tarmoqdagi barcha kompyuter tarmoq adapteriga yetib kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotga ruxsat etilmagan xolatda egalik qilishga olib keladi. Signalning nusxasini olib yuborish Hub ish faoliyatini sekinlashtiradi. Yuklanish ko‘payib ketadi. Natijada ma’lumotlar yo‘qolishiga olib keladi. Tarmoqda kompyuterlar soni oshib borgani sari Hub’ning FIK kamayib boradi.
Switch – bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq kommutatoridir. Kommutator OSI modelining 2 – pag‘onasiga mos keladi. Tarmoq administratori tili bilan Switch – bu kommutator, Bridge(most) deb ham ataladi. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan bog‘lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar xam mavjud bo‘lib, to‘liq dupleks rejimda ishlaydi. U ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi. Aksincha paketda qabul qiluvchining adresi bo‘yicha signalni jo‘natadi. Kommutator tarmoqdagi kompyuterlarning MAS adresini o‘zining xotirasidagi jadvalda bir qancha muddatga saqlab qoladi. Bu esa paketlarni uzatilish tezligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan signalni saqlab turadi. Kommutatorlar boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga bo‘linadi. Boshqariluvchi kommutatorning har bir portini aloxida segmentga biriktirish mumkin. Kommutator 48 portga ega bo‘lsa, uning juft raqamli portlarini 192.168.x.x ga, toq raqamli portlarini 172.57.x.x ga biriktirish mumkin. Yoki bo‘lmasa 10 – portni 20 – portga translyasiya qilish mumkin. Umuman olganda kommutatorlarning imkoniyatlari doirasi keng. Ularni turli soxalarda, turli maqsadlarda qo‘llash mumkin. Kommutatorlar yordamida WLAN hosil qilish mumkin. WLAN yordamida katta tarmoqlarni boshqarish yanada osonlashadi.
Manba: ITportal.Uz