Tarmoq tushunchasi


Internetning tarkibiy qismlari



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə8/18
tarix26.07.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#137581
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Tarmoq tushunchasi-fayllar.org

Internetning tarkibiy qismlari. 
Internet o‗z - o‗zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‗lib, asosan uchta
tarkibiy qismdan tashkil topgandir:
- Texnik
- Dasturiy
- Informasion
Internetning texnik tarkibiy qismi xar xil turdagi va tipdagi kompyuterlar, aloqa kanallari
(telefon, sputnik, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari), xamda tarmoq texnik
vositalari majmuidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi
doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko‗rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining
vaqtinchalik ishdan chiqishi internet tarmog‗i ning umumiy faoliyatiga aslo taosir etmaydi.
Internetning dasturiy ta‘minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar
va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish, ma‘lumotlarni
ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va
saqlash, xamda tarmoqda informasion xavfsizlikni ta‘minlash kabi mu‘im vazifalarni amalga 

oshiruvchi dasturlar majmuidan iboratdir.


Internetning informasion tarkibiy qismi internet tarmog‗ida mavjud bo‗lgan turli elektron
xujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va xokazo ko‗rinishdagi axborotlar majmuasidan
tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning mu‘im xususiyatlaridan biri, u butun tarmoq bo‗ylab
taqsimlanishi
mumkin.
Masalan,
shaxsiy
kompyuteringizda
o‗qiyotgan elektron
darsligingizning matni bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, video tasvir va
izo‘lari esa uchinchi manbadan yirilishi

mumkin. SHunday qilib, tarmog‗dagi elektron xujjatni o‗zaro


moslashuvchan giper bog‗lanishlar" orqali bir necha manbalar majmuasi ko‗rinishida tashkil
etish mumkin ekan. Natijada millionlab o‗zaro bog‗langan elektron xujjatlar majmuasidan tashkil
topgan informasion muhit xosil bo‗ladi.
Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan informasion tarkibi o‗zaro
o‗xshashdek tuyuladi. CHunki ikkala xolda xam biz "birni ko‗plikka" usulda tashkil etilgan
ob‘ektlar borliqligiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai nazardan internetda
mavjud bo‗lgan ixtiyoriy kompyuter ko‗plab (millionlab) kompyuterlar bilan bog‗langan
bo‗ladi. Bunday bog‗lanish "TARMOK"(Net) deb ataladi. Informasion nuqtai nazardan
internetda eolon qilingan xar bir elektron xujjat, tarmog‗dagi bir nechta xujjatlar bilan o‗zaro
bog‗lanishda bo‗lishi mumkin. Bu xolda gi informasion bog‗liqlik "to‗r" (Web) nomini olgan.
Shunday qilib, "tarmoq"(Net) haqida so‗z yuritilganda o‗zaro bog‗langan kompyuterlar
majmuasi tushunilsa, "to‗r" (Web) xaqida so‗z yuritilganda esa yagona informasion muhitni
tashkil etuvchi elektron xujjatlar majmuasi tushuniladi.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin