Tarmoq tushunchasi


Paketli kommutatsiyaning kamchiliklari



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə16/18
tarix26.07.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#137581
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Tarmoq tushunchasi-fayllar.org

Paketli kommutatsiyaning kamchiliklari:
kommutatorlarning buferlaridagi xalaqit tarmoq holatiga bog‘liq bo‘lganligi sababli foydalanuvchilararo uzatish tezligining noaniqligi; ma‘lumot paketlarining o‘zgaruvchanligi; - buferlarda navbatlar ortib ketganligi sababli ma‘lumot (paketlar) yo‘qolishi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida turli usullar qo‘llaniladi (Quality of Service QoS kabi). Bunday usullar qo‘llanilishi sababli paketlar kommutatsiyasi hozirgi kunda yuqori tezlikli tarmoqlarni tashkil etishda eng samarali deb tan olingan. Paketli kommutatsiya tarmoqlari ikki xil ishlash tartibiga ega: virtual kanallar tartibi (ulanish orqali aloqa) va deytagrammali tartib (ulanishsiz aloqa). Xabarlar kommutatsiyasi usuli o‘z vazifalari bo‘yichapaketlar kommutatsiyasiga yaqin. Bu usulda ma‘lumotlarning to‘liq bloki tarmoqning oraliq tugunlarida vaqtincha saqlanib, tranzit tugunlariaro uzatiladi. Xabar tarkibidagi axborot uning uzunligini belgilaydi. Tranzit tugunlar o‘zaro bog‘lanishda nafaqat paketli, balki kanallar kommutatsiyasi asosidagi tarmoqdan foydalanishlari mumkin. Xabar oraliq tugunda biror vaqt saqlanishi mumkin va tarmoq bo‘shashi bilan kerakli foydalanuvchiga yetkaziladi.

10-rasm. Xabarlar kommutatsiyasi tuzilishi


Bunday ishlash zaruriyati yuqori bo‘lmagan xabarlar etkazilishida qo‘llaniladi (misol uchun, elektron xat, matnli xujjat, fayl) va oraliq «saqlash bilan uzatish» (store— and-forward) usuli nomini olgan. Hozirgi kunda xabarlar kommutatsiyasi, asosan, paketli kommutatsiya tarmoqlarida qo‘llanish pog‘onasi xizmati sifatida faqat ba‘zi tezkor bo‘lmagan xizmatlar tashkil etishda qo‘llaniladi.


Virtual kanallar tartibi. Virtual kanallar tartibida bitta axborot paketlari belgilangan tartibda va yo‘nalishda uzatiladi. 9.5 - rasmda ikkita virtual kanal ishlash tartibi keltirilgan. Birinchi N1, A1 oxirgi tugun manziliga borish uchun N2, A2 oraliq kommutator tarmoqlari R1, R3, R4 lardan o‘tadi. Ikkinchisi esa N3, A3 - R5 - R7 - R4 - N2, A2 yo‘llardan o‘tadi. Bunda kanallar kommutatsiyasidan farq qilgan holda aloqa liniyalari kanallar orqali turli xil axborotlar paketlari (bu vaqtinchalik multipleksorlash tartibi yoki bo‘lmasa boshqacha qilib aytganda TDM-Time Division Method) navbatma navbat uzatilayotgan paytda ko‘plab axborotlar bilan taqsimlanishi yoki oraliqdagi buferlarda to‘xtalishi (ushlanishi) mumkin.Qabul qiluvchi tomonidan yuboruvchiga axborot olinganligi to‘g‘risidagi tasdiqni yuborish orqali ma‘lumotlarni to‘g‘ri uzatish nazorati nazarda tutiladi. Bu nazorat yo‘nalish barcha
oraliq tugunlardagi kabi so‘nggi tugunda ham bo‘lishi mumkin. Virtual kanallar tartibi odatda ko‘p miqdorda ma‘lumot uzatilganda ishlatiladi.



11-rasm. Virtual kanal ish tartibi



Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin