Tarmoqni tashkil etishni texnik vositalari.
Bizga ma‘lumki, lokal tarmoq tashkil qilish uchun eng zaruriy qurilmalar: tarmoq kartasi,
kabellar HUB (yoki Switch) va dasturiiy ta‘minotdir.
Tarmoqlarni tashkil etishda bizga quyidagi texnik vositalar majmui zarur bo‗ladi. Tarmoq
platasi, tarmoq kabeli,
Tarmoq platasining mavjudligi bilan biz tarmoqni tashkil etishimiz mumkin bo‗ladi.
CHunki tarmoq platasining vazifasi asosiy plata bilan tashqi qurilma (kabel, HUB yoki Switch)
o‗rtasidagi vositachi. YA‘ni kelayotgan signalni qabul qilib asosiy plataga o‗tkazish yoki
aksincha asosiy platadan chiqayotgan signalni tashqariga uzatish uchun xizmat qiladi.
Tarmoq kartasi drayverini aksariyat operasion sistemalarning o‗zi avtomatik ravishda
o‗rnatadi.
Odatda bitta Hub yoki Switch orqali 8, 16, 32 tagacha foydalanuvchi lokal tarmoqga
ulanishi mumkin. Lekin Hub va Switch orqali ulanishlar soni albatta chegaralangan bo‗ladi. SHu
sababdan ko‗proq kompyuterlar o‗rtasida lokal tarmoq tashkil etish uchun bizga bir nechta Hub
yoki Switch kerak bo‗ladi.
Switch bilan Hub ni o‗rtasidagi farqlar shundan iboratki, birinchidan Hub da yana boshqa
bir Hub ga ulanish uchun ishlab chiqarilgan aloxida shina mavjud. Bu Hub ning Switch dan
ustunlik tomoni. Ikkinchidan Hub orqali tashkil etilgan lokal tarmoqda axborot almashinish
Switch ga nisbatan biroz sekinroq. CHunki, Hub dagi yuklanish Switch dagiga nisbatan kattaroq
bo‗ladi. Sababi, agar siz Hub orqali ulangan kompyuterlardan biridan ikkinchisiga biror bir
axborot jo‗natsangiz, siz jo‗natgan axborot hub dan ulangan xamma kompyuterlarga borib uni IP
adresini tekshirib ko‗radi va kerakli kompyuterni topadi. ya‘ni, siz biror bir ma‘lumot
jo‗natganingizda barcha kompyuterlarga borgan tarmoq kabellari o‗sha jo‗natilgan ma‘lumot
bilan band bo‗ladi. Bu esa Hub ning Switch dan kamchilik tomonidir.
XUB (Switch) qurilmasidan foydalangan xolda kompyuterni tarmoqqa ulash. Hublar
xonadagi kompyuterlarni bir-biri bilan bog‗lash uchun kerak bo‗lsa, Switchlar binolar orasiga
qo‗yiladi.
106-rasm.
Dostları ilə paylaş: |