Tarmoq xavfsizligi fanidan mustaqil ish


Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda tahdidlar, zaifliklar



Yüklə 44,58 Kb.
səhifə2/8
tarix07.01.2024
ölçüsü44,58 Kb.
#207530
1   2   3   4   5   6   7   8
v12 Mustaqil ish - Rajabov Shamshod

2.Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda tahdidlar, zaifliklar.
Davlatning dunyo ochiq tarmog’iga ulanishining iqtisodiy va ilmiytexnik
siyosatini axborot xavfsizligi orqali ko’rish lozim. Bu ochiq, fuqarolarning
axborotga va intellektual mulkga ega bo’lish qonuniy huqukini saqlashga
mo’ljallangan siyosat mamlakat xududida tarmoq asbobuskunalarini unga axborot
quroli elementlarining kirishidan saqlashni ko’zda tutish lozim. Bu muammo
hozirda, chet el axborot texnologiyalarini ommaviy sotib olinayotgan paytda o’ta
muhimdir. Ma'lumki, dunyo axborot makoniga ulanmasdan mamlakat iqtisodini
rivojlantirib bo’lmaydi. Internet tarmog’i tomonidan ta'minlangan axborot va
hisoblash resurslaridan operativ foydalanishni davlatchilikni, fuqarolik jamiyati
institutlarini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilmalarining rivojlanish shartlari
sifatida talqin etish mumkin.
Ammo mamlakatning halqaro telekommunikatsiya tizimida va axborot
almashinuvida ishtirokining axborot xavfsizligi muammosini kompleks hal
qilmasdan mumkin emasligini aniq tasavvur etish lozim. Ayniqsa xususiy axborot
resurslarini himoyalash muammosi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalar
sohasida rivojlangan mamlakatlardan texnologik orqada qolayotgan mamlakatlar
uchun jiddiy hisoblanadi.
Axborot qurolini ishlab chiqishni va uni ishlatishni ximiyaviy va
bakteriologik qurol kabi taqiqlash ehtimoldan uzoq. Xuddi shu kabi ko’pgina
mamlakatlarning yagona global axborot makonini shakllantirish bo’yicha
urinishlarini chegaralab bo’lmaydi.
Tizim ma'muri uchun himoyaning maqbul darajasini ta'minlashning yagona
usuli-axborotga ega bo’lishi, chunki hozircha axborot xujumiga eng tez
reaktsiya
beradigan inson hisoblanadi. Demak, axborotni himoyalash ma'murlarining
o’qitishga va professional o’sishiga sarf-harajat axborot xujumlariga qarshi
turuvchi eng samarali vosita hisoblanadi.
Tarmoq texnologiyalari rivojining boshlang’ich bosqichida viruslar va
kompyuter xujumlarining boshqa turlari ta'siridagi zarar kam edi, chunki u davrda
dunyo iqtisodining axborot texnologiyalariga bog’liqligi katta emas edi.

Yüklə 44,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin