Tarmoq xavfsizligi Uslubiy ko\'rsatma 2022-2023 (2)
2-usul Kommutatorning muhimliligi (priority) bo`yicha Rootni tayinlash: s panning-tree vlan vlan-id priority value - tarmoq uchun asosiy bo`lgan kommutatorni (ildiz kommutatorni) ko`rsatish uchun foydalaniladi. Muhimliligi (priority) kichik kommutator asosiy kommutator hisoblanadi. (masalan, spanning-tree vlan 1 priority 24576). Tarmoqdagi kommutatorlar dastlabki holatda barchasi bir xil bo`ladi (Priority 32769).
soniga e’tibor beriladi, ya’ni har bir qadam uzunliligi 4096 ga teng.
Bu usul bo`yicha sw4 ni root switch qilib sozlaymiz (Eslatma: sw2ga sozlangan kommandani olib tashlang. sw2(config)#no spanning-tree vlan 1 root primary). Switch>enable
Switch#configure terminal
Switch(config)#hostname sw4
sw4(config)#spanning-tree vlan 1 priority 24576
Sw4(config)#exit
Yuqorida keltirilgan tarmoq parametrlari sozlangandan keyin kommutatorlar bir-biriga xabar jo`natib, LAN tarmog`i uchun ildiz kommutatorni tanlab oladi. Xozirgi mavjud konfiguratsiyalarni ko`rish uchun:
show spanning-tree – kommutator uchun ko`prik (most) muhimliliklarini ko`rishda foydalaniladi
show spanning-tree active - spanning-tree protokolida ishlayotgan faqat faol interfeyslarning konfiguratsiyasini ko`rsatadi.
show spanning-tree summary —port holatlari haqida ma’lumot beradi.
show spanning-tree root — ildiz ko`prigining konfiguratsiyasi haqida ma’lumot beradi.
show spanning-tree detail —port haqida batafsil ma’lumot olish
show spanning-tree interface — STP interfeysi va konfiguratsiyasi holati haqida ma’lumot beradi.
Topshiriq: 1. STP (spanning-tree protocol), RSTP protokollari bo`yicha topshiriq:
SW1, SW2 va SW3 kommutatorlar interfeyslarining 4.6-rasmda ko`rsatilgandek sozlang va tekshiring.
STP protokoli bo`yicha root switch va root secondary kommutatorlarni sozlang va tekshiring.
Har bir kommutatorni ildiz kommutator (root) qilib, kadrning harakat yo`nalishlarini o`zgartiring.
Har bir kommutator konfiguratsiya natijalarini tahlil qiling.
4.6 - rasm. STP protokoli asosida tuzilgan tarmoq topologiyasi