«Tarmoq xavfsizligi»



Yüklə 12,81 Mb.
səhifə10/73
tarix21.10.2023
ölçüsü12,81 Mb.
#159015
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73
Tarmoq xavfsizligi Uslubiy ko\'rsatma 2022-2023 (2)

4–Laboratoriya ishi
Mavzu: Rezervlash protokollari-stp, pvstpni sozlash.
Ishdan maqsad: STP (spanning-tree protocol), RSTP protokollari sozlash va ishlash tamoyillari bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish.
Nazariy ma’lumot
STP protokoli OSI modelining kanal pog`onasi protokoli bo`lib, IEEE 802.1d standartida asosida tavsiflangan. STP protokoli 1985 yilda Radia Perlman tomonidan ishlab chiqilgan. Protokolning quyidagi spetsifikatsiyalari mavjud: PVSP+, RSTP, MSTP, SPM.
STP protokolining asosiy maqsadi Ethernet tarmog`idagi ixtiyoriy topologiyada bir-biriga bog`langan bir nechta kommutatorlar o`rtasidagi kanalda pet (petel) hosil bo`lishini oldini olishga qaratilgan. STP protokoli tarmoqda kommutatorlar bir-biri bilan bog`lanishlarning mantiqiy daraxtini yaratishga asoslangan. Daraxtning yuqori qismida ildiz kommutator (Root switch) va undan keyingi filial (otvetvleniya), ya’ni ildiz bo`lmagan kommutatorlar joylashadi. Kommutatorlar bir-biri bilan bog`langan holatda, asosiy magistral kanalni ishlatib, boshqa kanallarni fizik jihatdan bog`lab, lekin mantiqiy jihatdan avtomatik bloklab qo`yish imkoniyatini beradi (4.1-rasm). Daraxtni qurish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

  • Ildiz kommutatorni tanlash  (root switch);

  • Ildiz portlarni tanlash (root port);

  • Belgilangan portlarni tanlash (designated port).


4.1-rasm. STP protokolidagi port turlari
Tarmoqda asosiy bo`lgan ildiz kommutatorni tanlashda kommutatorlarning eng kichik imtiyoz (prioritet) qiymati yoki uning ID qiymati asosida tanlanadi. Bu yerda ID qiymati kommutatorning MAC manzili anglatadi, ya’ni eng kichik qiymati tarmoqda ildiz kommutator hisoblanadi. Kommutatorlar har 2 soniyada bir-biriga Hello BPDU kadrlarni jo`natib qaysi biri ildiz kommutatorligini belgilab olishadi. Qo`shnilardan olingan kadrlarning imtiyoz va ID identifikator qiymatlarini taqqoslanadi va ularning qiymatlari yuqoriroq bo`lsa, u ildiz lavozimiga da’vo qilishni to`xtatadi va g`olibga Hello BPDU xabarini tarqatishni boshlaydi. Shuni bilishimiz kerakki, imtiyozlar taqqoslanganda ular teng qiymat bo`lib qolsa, u holda ularning ID taqqoslash orqali ildiz kommutator tanlanadi.
Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1s standartida tavsiflangan va keyinchalik IEEE 802.1Q-2003 bilan qo`shimchalar kiritilgan. MSTP protokoli bir nechta STP protokoli nusxasini qo`llab-quvvatlash maqsadida IEEE 802.1w (RSTP) standartini takomillashtirilgan ko`rinishi. U tarmoqni tezroq ishlashini, VLAN sozlangan tarmoqda yuklamani balanslash imkoniyatini ta’minlaydi. 802.1s MSTP standartiga qo`shimcha 802.1Q standartida qo`shimcha kiritilgan.

Yüklə 12,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin