Tarmoq xavfsizligi Uslubiy ko\'rsatma 2022-2023 (2)
Xavfsiz MAC-manzillarni sozlash Manzillarni dinamik saqlash (sticky) buyrug`i orqali ishga tushurish:
switch(config-if-range)# switchport port-security mac-address sticky
Agar manzillarni statik tarzda kiritish kerak bo`lsa sticky buyrug`i o`rniga manzillar yoziladi:
switch (config-if) # switchport port-security mac- address 0050.3e8d.6400
Xavfsizlik buzilishiga javob berish (реагирование) rejimini sozlash
Xavfsizlik buzilishiga javob berish ning uchta usuli mavjud:
switch(config-if)# switchport port-security violation
switchport port-security violation restrict – buzilishga javob berish rejimini ko`rsatish. Bunda, agar interfeysda uchinchi notanish MAC-manzil paydo bo`lsa, undan keluvchi barcha paketlar qabul qilinmaydi. Undan tashqari syslog, SNMP trap, violetion counter ka`bi jurnallashtiruvchilarga xabar jo`natiladi.
switchport port-security violation shutdown- buzilish aniqlanganda interfeysni error-disabled holatiga o`tkazadi va o`chiradi. Undan tashqari syslog, SNMP trap, violetion counter ka`bi jurnallashtiruvchilarga xabar jo`natiladi. Ushbu holatdan chiqarish uchun shutdown va no shutdown buyruqlaridan foydalaniladi.
switchport port-security violation protect-buyrug`i kiritilgan bo`lsa, unda notanish MAC-manzil paketlari qabul qilinmaydi va xech qanday xabar yaratilmaydi, hamda port shutdown holatiga o`tmaydi.
Ushbu usullardan switchportport-security violation restrict ko`pchilik hollarda tavsiya etiladi.
Kommutator portlarini tekshirish switch(config-if-range)#do show ip int br
yoki switch(config-if-range)#do show run