PC1 va PC2 o‘rtasidagi aloqani tekshirish Mashrutlash to‘g‘ri bajarilganligini tekshirish (9.6-rasm).
9.6.Rasm. PC1-dan PC2-ga Ping
Tarmoqda RIP to’g’ri sozlanganini tekshirish uchun kompyuterlarga ma’lumot ko’natishni simulyatsiya jarayonida ham tekshirib olish kerak.
Topshiriq
Cisci Packet Tracer dasturida 2 ta, 3 ta routerlar bilan tarmoq quring va RIP protokolini sozlang. Tarmoqni to’g’ri sozlangani tekshiring va testdan o’tkazing
10–LABORATORIYA ISHI Mavzu: ACL RO`YXATINI SOZLASH (STANDART, EXTENDED) Ishdan maqsad: Ma’lumot uzatish tarmoqlarida qo‘llaniluvchi ACL-ro`yxati tuzish, sozlash va tekshirish qoidalarini tadqiq qilish.
Nazariy ma’lumotlar Tarmoq trafigini filtrlash uchun ACL (Access Control List) marshrutizatorning infterfeysida uzatilayotgan paketni o‘tkazishni yoki blokka tushirishni tekshiradi. Marshrutizator har bir paketni tekshiradi va ACL da o‘rnatilgan mezonlarga asosan paketni nima qilish: uzatish yoki tashlab yuborish kerakligini aniqlaydi.
ACL ni mezonlari quyidagilar:
IP ACL – bu IP paketga qo‘llaniladigan rad etish va ruxsat berish xolatlarining ketma – ket buyruqlar to‘plami. Marshrutizator ACL ni shartlariga mos ravishda bittalab paketni tekshiradi. IP ACL ni quyidagi turlari sozlanishi mumkin:
Standart ACL buyrug‘ini ko‘rinishi quyidagicha:
Standart ACL (faqat ro‘yxatdan o‘tgan mijozlar uchun) IP paketlarni uzatuvchi manzili bilan ro‘yxatga kiritilgan manzillarni solishtirish orqali trafikni boshqaradi.