Tarmoq xavfsizligi


Shifrlash algoritmlari quyidagicha



Yüklə 273,85 Kb.
səhifə2/35
tarix07.01.2024
ölçüsü273,85 Kb.
#209617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Asrorxonova Dilnavozxon KI 14-20 S 3 -mustaqil ish

Shifrlash algoritmlari quyidagicha:
WEP — RC4 algoritmiga asoslangan turli uzunlikdagi shifr statik yoki dinamik kalit (64 yoki 128 bit);
CKIP — Cisco’dan WEP protokoli o‘rnini bosa oluvchi, TKIP ning oldingi versiyasi;
TKIP — WEP protokoli o‘rinini bosa oluvchi yangilangan algoritm, qo‘shimcha tekshirish va himoya bilan ta’minlangan;
AES/CCMPmukammalroq algoritm, AES256 algoritmga asoslangan qo‘shimcha tekshirishlar va himoyaga ega.
Open Authentication, No Encryption kombinatsiyasi korxona yoki mehmonxonalarda Internetga ulanish kirish tizimlarida keng qo‘llaniladi. Ulanish uchun faqat simsiz tarmoq nomini bilish yetarli. Odatda bunday ulanish Captive Portal da qo‘shimcha tekshirish bilan birgalikda qo‘llaniladi. Tarmoqqa ulanish uchun foydalanuvchi kirishi HTTP so‘rov orqali qo‘shimcha sahifaga yo‘naltirilishi mumkin. Bu sahifada shaxsni tasdiqlash (login-parol, qoidalar bilan rozilik va boshqalar) amalini amalga oshirish so‘rovini tashkil etish mumkin. WEP shifrlash algoritmini buzish yo‘llari keng tarqalgan, shuning uchun uni ishlatish mumkin emas (hattoki dinamik kalit kiritilgan holat uchun ham).
Keng uchraydigan WPA va WPA2 tushunchalari shifrlash algoritmini (TKIP yoki AES) aniqlab beradi. Anchadan beri foydalanuvchi adapterlari WPA2 (AES) qo‘llay olish imkoniga ega bo‘lganligi sababli TKIP protokolini ishlatish ma’nosizdir. Barcha xavfsizlik ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Agar WPA2 Personal (WPA2 PSK)da ishlash jarayoni tushunarli bo‘lsa, korporativ yechim qo‘shimcha qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. WPA2 Personal va WPA2 Enterprise o‘rtasidagi farq shundan iboratki, AES algoritmi ishlashida foydalaniladigan shifrlash kalitlarining olinadigan joyidir. Xususiy foydalanish holatlarida (uyda) minimal uzunligi 8 belgidan iborat statik kalit (parol, kod so‘zi) ishlatiladi. Ushbu kalit barcha mijozlarning simsiz tarmoqlariga kirish nuqtasida kiritilishi zarur. Agar bunday kalit xavfsizligi buzilsa (parolni aytib qo‘yish, ishchi bo‘shab ketganda, noutbuk o‘g‘irlanganda), zudlik bilan barcha mijozlardan parol almashtirishni talab qiladi.
Korporativ ko‘rinishda foydalanganda hozirda ishlab turgan har bir ishchilar uchun individual bo‘lgan dinamik kalitdan foydalaniladi. Bu kalit ulanishda uzilish bo‘lmasligi uchun davriy ravishda almashtirilib turishi mumkin. Uning almashishiga qo‘shimcha dasturiy qism — avtorizatsiya serveri yoki ko‘pincha bu RADIUS-serverga yuklanishi mumkin.


Yüklə 273,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin