1-Rasm. WPA2 Enterprise
Bu yerda qo‘shimcha turli protokollar to‘plami bilan ish olib boramiz. Mijoz tomonida maxsus dasturiy ta’minot qo‘yilgan bo‘lib, supplicant (odatda OT tarkibiy qismi) AAA server avtorizatsiya qismi bilan o‘zaro aloqa qiladi. Quyidagi misolda yengil kirish nuqtasi va kontroller asosida qurilgan unifitsiyalangan radiotarmoq ishi ko‘rsatilgan. «Miyali» kirish nuqtalarini ishlatilgan holatda mijoz va server o‘rtasidagi barcha vazifani kirish nuqtasi o‘ziga olishi mumkin. Bu holatda ma’lumotlar mijoz uzatish qurilmasi orqali 802.1x (EAPOL) protokoliga sifatida shakllantirilgan uzatiladi. Kontroller (qabul qilish qurilmasi)da esa ular RADIUS-paketlarga qayta aylantiriladi.
Tarmog‘ingizda EAP avtorizatsiya mexanizmidan foydalanish mijoz autentifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng u mijozdan RADIUS-server infratuzilmasida avtorizatsiyadan o‘tishni talab etadi. WPA2 Enterprise dan foydalanish sizning tarmog‘ingizda RADIUS-serverini talab qiladi. Hozirgi kunda xavfsizlikni ta’minlash qobiliyatiga ko‘ra yuqori turuvchi quyidagi mahsulotlar bor:
Bunda kontroller axborot almashishi jarayonini diqqat bilan kuzatib boradi va avtorizatsiyadan o‘tishni yoki undagi xatolikni kutadi. RADIUS-server muvaffaqiyatli o‘tishdan so‘ng RADIUS-serverga kirish nuqtasiga qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni (abonentni qaysi tarmoqqa ulash, unga qanday IP-manzil berish, QoS darajasi) berish mumkin. Uzatish to‘xtagandan so‘ng RADIUS-server mijoz va kirish nuqtasiga shifrlash kalitlarini yaratish va almashtirishga yordam beradi.
EAP protokolining o‘zi konteyner hisoblanadi, ya’ni, avtorizatsiyadan o‘tish mexanizmi to‘liqligicha ichki protokollar hisobidan amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: |