Tarmoqda uzatiluvchi axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni


Rossiyaning axborotni shifrlash standarti



Yüklə 18,07 Kb.
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü18,07 Kb.
#186971
1   2   3
KIBERXAVFSIZLIK MARUZA12

Rossiyaning axborotni shifrlash standarti. Rosssiya Federatsiyasida hisoblash mashinalari, komplekslari va tarmoqlarida axborotni kriptografik o’zgartirish algoritmlariga davlat standarti (GOST 2814-89) joriy etilgan. Bu algoritmlar maxfiylik darajasi ixtiyoriy bo’lgan axborotni hech qanday cheklovsiz shifrlash imkonini beradi. Algoritmlar apparat va dasturiy usullarida amalga oshirilishi mumkin. Standartda axborotni kriptografik o’zgartirishning quyidagi algoritmlari mavjud: 1.oddiy almashtirish; 2. gammalash; 3.gammalash; 4.teskari bog’lanishli gammalash; 5. imitovstavka. AQSHning axborotni shifrlash standarti. AQSHda davlat standarti sifatida DES(Data Encryption Standart) standarti ishlatilgan. Bu standart asosini tashkil etuvchi shifrlash algoritmi IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, AQSH Milliy Xavfsizlik Agentligining mutaxasislari tomonidan tekshirilgandan so’ng davlat standarti maqomini olgan. DES standartidan nafaqat federal departamentlar, balki nodavlat tashkilotlar, nafaqat AQSHda, balki butun dunyoda foydalanib kelingan.
Xeshlash funktsiyasi Xeshlash funktsiyasi (xesh-funktsiyasi) shunday o’zgartirishki, kirish yo’liga uzunligi o’zgaruvchan xabar M berilganida chiqish yo’lida belgilangan uzunlikdagi qator h(M) hosil bo’ladi. Boshqacha aytganda, xesh-funktsiya h(.) argument sifatida uzunligi ixtiyoriy xabar (xujjat) M ni qabul qiladi va belgilangan uzunlikdagi xesh-qiymat (xesh) H=h(M)ni qaytaradi. Elektron raqamli imzo tizimining printsipial jihati— foydalanuvchining elektron raqamli imzosini uning imzo chekishdagi maxfiy kalitini bilmasdan qalbakilashtirishning mumkin emasligidir. SHuning uchun imzo chekishdagi maxfiy kalitni ruxsatsiz foydalanishdan ximoyalash zarur. Elektron raqamli imzoning maxfiy kalitini, simmetrik shifrlash kalitiga o’xshab, shaxsiy kalit elituvchisida, himoyalangan holda saqlash tavfsiya etiladi. Imzo chekiluvchi faylga joylashtiriluvchi elektron raqamli imzo imzo chekilgan xujjat muallifini identifikatsiyalovchi qo’shimcha axborot-ga ega. Bu axborot xujjatga elektron raqamli imzo hisoblanmasidan oldin qo’shiladi.
Har bir imzo quyidagi axborotni o’z ichiga oladi: - imzo chekilgan sana; - ushbu imzo kaliti ta’sirining tugashi muddati; - faylga imzo chekuvchi shaxs xususidagi axborot (F.I.SH., mansabi, ish joyi); - imzo chekuvchining indentifikatori (ochiq kalit nomi); - raqamli imzoning o’zi. Elektron raqamli imzoning qator algoritmlari ishlab chiqilgan. 1977 yilda AQSH da yaratilgan RSA tizimi birinchi va dunyoda mashhur elektron raqamli imzo tizimi hisoblanadi va yuqorida keltirilgan printsiplarni amalga oshiradi. Ammo raqamli imzo algoritmi RSA jiddiy kamchilikka ega. U niyati buzuq odamga maxfiy kalitni bilmasdan, xesh-lash natijasini imzo chekib bo’lingan xujjatlarning xeshlash natijalarini ko’paytirish orkali hisoblash mumkin bo’lgan xujjatlar imzosini shakllantirishga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslari: 1.Kiberxavfsizlik asoslari kitobi 2. https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/- 3. https://uz.denemetr.com/docs/134/index-86534.html 4. https://tami.uz/matnga_qarang.php?id=209
XULOSAM
Men prezintatsiyani tayyorlash jarayonimda kriptogradfiya haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ldim. Uning usullari, ishlatiladigan atributlar va atamalar haqida nazariy bilimlarni o’zalshtirdim.O’z ustimda ishlab xato va kamchiliklarimni to’g’irlashga harakat qildim. Bu mavzuni yoritishda ko’plab ma’lumotlarni ko’zdan kechirdim va o’ylaymanki, bu menga foydali bo’ldi
Yüklə 18,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin