Tarmoqlar iqtisodiyoti



Yüklə 108,7 Kb.
səhifə2/11
tarix30.05.2022
ölçüsü108,7 Kb.
#60083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ALIYEV ELSHOD

Mavzuning obyekti. Mavzuning obyekti tijorat banklarining barcha hisoblarini o‘zida mujassamlashtirgan va tashqi auditdan o‘tkazilgan yillik hisobotlari va ulardagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlanuvchi bank faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi.





1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF 4947 sonli Farmoni


Mavzuning predmeti. Dissertatsiya ishining predmeti sifatida tijorat banklarining samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq barcha iqtisodiy munosabatlar ko‘riladi.
Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari. Tadqiqot ishining maqsadi tijorat banklari faoliyatini samaradorligini va uning tahlilini o‘rgangan holda, banklarda samaradorlik tahlillarini takomillashtirish va uni oshirish bo‘yicha ilmiy taklfilar ishlab chiqish hisoblanadi.
Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish belgilab olingan:

  • tijorat banki samaradorligi mohiyati va uni aniqlash mezonlarini o‘rganish;

  • bank samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni ta’minlash ahamiyatini tushunish;

  • bank samaradorligini aniqlash va baholash bo‘yicha xoijiy tajribalarni o‘rganish;

  • mulkchilik shakllari bo‘yciha tijorat banklari faoliyatini joriy samaradorligini aniqlash va uni tahlil qilish;

  • tijorat banki faoliyati samaradorligi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni bartaraf qilish yo‘llarini tadqiq qilish;

  • respublikamizda bank faoliyati samaradorlik bo‘yicha amaliy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish.

Ilmiy yangiligi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat bo‘ldi:

  • tijorat banklari faoliyatini samaradorligini aniqlashda jamlanma ko‘rsatkichlar tahlilini olib borish taklifi kiritildi;

  • tijorat banklari faoliyatini samaradorligini uning mulkchilik shakli bo‘yicha tahlil qilish amaliyoti kiritildi;

  • respublikada xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklar faoliyatini rivojlantirish zaruriyatini qo‘yib uni ilmiy isboti keltirildi;

  • tijorat bankining samaradorligini hisoblashda hisobga olinishi lozim bo‘lgan yangi omillar guruhi keltirildi.


Yüklə 108,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin