ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI FANIDAN REJA-ASOSNOMA MAVZU: TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI UMUM E’TIROF ETILGAN MEYORLAR,STANDARTLARVA ME’ZONLAR ASOSIDA BAHOLASHNI TAKOMILLASHTIRISH GURUH: MBDA-01 TAYYORLADI: ALIYEV ELSHOD ZULFIQOR O’G’LI QABUL QILDI: ____________________________________________
Belgilangan sana:
Topshirilgan sana:
Бали:
TOSHKENT – 2022
MUNDARIJA
I BOB. KIRISH 3
II BOB. ADABIYOTLAR SHARHI 7
1.1-jadval 10
(1.1) 11
(1.2) 12
(1.3) 12
(1.4) 13
(1.5) 13
(1.6) 13
(1.7) 14
(1.8) 14
(1.9) 15
(1.10) 15
4. Internet saytlari 22
I BOB. KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin xalqimiz oldida juda muhim masalan, ya’ni o‘z farovon istiqbolini yaratishda va rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetib borishda iqtisodiy rivojlanishning qaysi yo‘nalishini tanlash va ushbu yo‘nalishni O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbiq etish masalasi yuzaga keldi. Respublikamizda bozor iqtisodiyotini joriy qilishda davlatimiz tomonidan bir qancha iqtisodiy isloxotlar amalga oshirildi. Bularning naijasi o‘laroq, iqtisodiyotning muhim sohalaridan biri bo‘lgan bank tizimida ham sezilarli o‘zgarishlar yuzaga keldi. Bu davrda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risidagi”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi” Qonunlarii va respublikamizda bank tizimini tartibga solish va rivojlantirish bo‘yicha boshqa bir qancha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Bundan tashqari respublikamiz tijorat banklari 1996 yildan boshlab o‘zlarining buxgalteriya hisobini xalqaro bank tizimida joriy qilingan hisobvaraqlar rejasi asosida amalga oshirib kelmoqda. Joriy vaqtga kelib ushbu hujjatlar qayta ko‘rib chiqilib takomillashtirilmoqda.
Bugungi kunda ba’zi davlatlarda iqtisodiy inqiroz ta’siri sezilib turgan bir paytda bank samaradorligini o‘lchash va uni baholash bank sektori faoliyatida asosiy dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Xalqaro moliya bozorlarini globalizatsiyasi va bank sektorida raqobatning oshishi moliya institutlarini samaradorligi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda. Tijorat banklarini samaradorligini hisoblash bankning kelgusi faoliyat yo‘nalishini belgilab berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uning dolzarbliligi ham mana shu jihati bilan belgilab beriladi.
Ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda ham bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan siyosat izchillik bilan davom ettirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishbo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» PF-4947-sonli Farmonida keltirilganidek, bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning rentabelligini oshirish va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.1 Dunyoning barcha mamlakatlarida aholining yirik qismi, davlat va davlat tashkilotlari, korporativ mijozlar va boshqa barcha tashkilotlar tijorat banklarining xizmatlaridan foydalanadilar. Iqtisodiy tamoyil va me’yoriy qonunchilikga amal qilgan holda faoliyat ko‘rsatayotgan bank tizimi iqtisodiyotning rivojlanishini va milliy valyutaning barqarorlashuvini ta’minlaydi. Albatta, bank samaradorligi va iqtisodoy tamoyillarga amal qilishi qancha yuqori bo‘lsa, u shunchalik ko‘p foyda ko‘radi va natijada barqaror moliya institutiga aylanadi. Shuning uchun bank samaradorligini oshirish har qanday ijtimoiy rivojlanish darajasida har bir davlatda muhim vazifa hisoblanadi. Moliyaviy institut sifatida bank faoliyati likvidlilik holatini ta’minlab, risklarni kamaytirib, qo‘yilma egalari va aksiyadorlarning huquqlarini saqlagan holda yuqori daromad olishga qaratilgan faoliyatdir. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlanish bosqichida bank faoliyati samaradorligi masalasi o‘zgacha ma’no kasb etadi. Ushbu masalalarning aksariyat qismi banklarning barqaror resurs bazasiga ega bo‘lishi, daromad keltiruvchi aktivlarni ko‘paytirgan holda bank foydasini oshirish hamda bu orqali samaradorlikni oshirish orqali yechimga bo‘lish mumkin. Ushbu magistrlik dissertatsiyasi yuqoridagi dolzarb masalalarning hal qilinishi bo‘yicha amaliy takliflar berishga qaratilgan.