Tarmoqlar iqtisodiyoti



Yüklə 108,7 Kb.
səhifə8/11
tarix30.05.2022
ölçüsü108,7 Kb.
#60083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ALIYEV ELSHOD

(1.6)


Spred yordamida bank omonatchilar va qarzdorlar o‘rtasidagi vositachilik rolini qanchalik darajada muvaffaqiyatli barayotganligi hamda bank xizmati bozoridagi raqobat darajasi aniqlanadi. Xizmatlar bozoridagi raqobatning kuchayishi odatda aktivlar bo‘yicha o‘rtacha daromadlar hamda passivlar bo‘yicha o‘rtacha xarajatlar o‘rtasidagi farqni kamaytiradi. Bu esa bank rahbariyatini foyda spredini qoplash uchun foyda olishning yangi yo‘llarini (masalan yangi turdagi xizmatlarni taklif qilish shaklida) qidirishga majbur qiladi.


Shuningdek, bankning daromadlilik ko‘rsatkichlaridan yana biri jami operatsion foydaning jami aktivlarga nisbati sifatida aniqlangan operatsion foyda marjasi hisoblanadi. Daromadlilikning ushbu ko‘rsatkichi ikki qismga bo‘linishi mumkin – aktivlar bo‘yicha o‘rtacha foizli daromad va aktivlar bo‘yicha o‘rtacha foizsiz daromadlar. Oxirgi element turli xizmatlar (masalan, xalqaro pul o‘tkazmalari) ko‘rsatishdan olingan komission mukofot evaziga tashkil topadi.
Bank operastion faoilyatida olingan daromadlaridan operatsion xarajatlarini chegirib tashlash va chiqqan summani aktivlarga bo‘lish orqali bankning sof foiz marjasini topadi.

(1.7)


Kreditlar va boshqa daromadli aktivlar bozoridagi raqobatning keskinlashuvi va ko‘pgina kreditlarning «umidsiz» sifatida baholanishi oqibatida, juda ko‘p banklar komission mukofot shaklidagi foizsiz daromadlarni oshirishga katta e’tibor bilan qarasha boshlashdi. Bunday mukofotlar jami foyda miqdorining oshishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida aksionerlarga to‘lovlarni ko‘paytiradi. Bundan tashqari bank rahbarlari daromad keltirmaydigan aktivlarga (masalan, kassadagi naqd pul, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar) yo‘naltirilgan resurslar hajmini kamaytirishga harakat qilishmoqda. Daromad keltirmaydigan aktivlarning nisbiy muhimlik darajasini (kreditlar va qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar ko‘rinishidagi to‘g‘ridan – to‘g‘ri daromad keltiruvchi aktivlarga taqqoslangan holda) aniqlashga yordam beruvchi ko‘rsatkichlardan biri – daromad bazasi ko‘rsatkichi hisoblanadi va quyidagicha hisoblanadi:



Yüklə 108,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin