Tarmoqlar iqtisodiyoti



Yüklə 108,7 Kb.
səhifə7/11
tarix30.05.2022
ölçüsü108,7 Kb.
#60083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ALIYEV ELSHOD

(1.1)


Shu bilan bir qatorda, ROE – bank aksionerlari uchun daromadlilik o‘lchovidir. U aksionerlar tomonidan investitsiya qilingan mablag‘lar bo‘yicha olinishi mumkin bo‘lgan sof foydaning (ya’ni, ma’lum daromad olish uchun o‘z mablag‘larini joylashtirish yuzasidan riskning) taxminiy miqdorini ko‘rsatadi.


(1.2)


Operatsion daromadning sof marjasi, sof foiz marjasi va nofoiz marja samaradorlik va daromadlilik ko‘rsatkichlari bo‘lib, bank rahbariyati va xodimlarining daromadlarning (birinchi navbatda bank kreditlari va investitsiyalari bo‘yicha foizlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komission haq) xarajatlarga (asosan depozitlar va pul bozoridan qarzlar bo‘yicha foiz to‘lovlari) nisbatan tezroq o‘sishini ta’minlash yuzasidan muvaffaqiyatli (yoki muvaffaqiyatsiz) faoliyatini baholashga xizmat qiladi. Sof foizli marja foizlar bo‘yicha olingan daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi farq (spred) ni aniqlaydi va bank xodimlari tomonidan bankning daromadli aktivlarini optimal ishlata olishi va jalb qilinayotgan mablag‘larning arzon manbalarini topa olish ishlari qay darajada ekanligini ko‘rsatadi.


(1.3)


Nofoiz marja nofoiz ko‘rinishidagi daromadlar (banklar tomonidan depozitlarga xizmat ko‘rsatishdan va boshqa xizmatlardan olingan komission xaq) va nofoiz xarajatlar (jumladan ish xaqi, bank uskunalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash) o‘rtasidagi farqni aniqlaydi. Ko‘pgina banklarda, keyingi paytlarda turli xildagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olinadigan komission mukofotning (masalan, xalqaro pul o‘tkazmalaridan) oshib borishi hisobiga nofoizli marja ijobiydir, chunki foizsiz xarajatlar hajmi tegishli daromadlar hajmiga nisbatan kamroq.


(1.4)


Nihoyat, bir aksiyaga to‘g‘ri keluvchi sof foyda ko‘rsatkichi bankning asosiy egalari bo‘lgan aksionerlar foydasiga to‘lovlarni amalga oshirilishi holatini ko‘rsatadi.


(1.5)


Bank daromadliligining yana bir an’anaviy ko‘rsatkichi foyda farqi (spred) ko‘rsatkichidir va u quyidagicha aniqlanadi:



Yüklə 108,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin