Тадқиқот ишидан кутилаётган натижалар Tijorat banklari faoliyati samadorligi bu uning butun faoliyatining qanday olib borilayotganligiga baho beruvchi yakuniy bahodir. Ushbu bahoning ijobiy yoki salbiy bo‘lishi bankning kelgusi faoliyatini yo‘nalishini bevosita belgilab beradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.Yuqoridagi boblarda samaradorlik bilan bog‘liq nazariyalar va amaliy tahlillar orqali tegishli xulosalar shakllantirdik. Ammo ushbu xulosalarga ko‘ra tijorat bankining samaradorligini aniqlash va uni oshirish bilan bog‘liq ikki xil toifali muammolar mavjud. Birinchi toifa bu bankning samaradorligi va uning tahliliga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiluvchi toifa bo‘lsa, ikkinchi bankning umumiy iqtisodiy va siyosiy munosabatlari bilan bog‘liq umumiy toifaga ega muammolardir. Ikkala toifa bo‘yicha ham yechimlarning to‘g‘ri topilishi mos ravishda bank samaradorligi va uning tahliliga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Birinchi toifada bir qancha muammolar bor:
Tijorat banklari faoliyatini samaradorligini aniqlashda asosiy muammo bu uni hisoblashda ta’sir etuvchi ba’zi omillarning e’tibordan va hisobdan chetda qolishidir. Chunki fikrimizcha barcha omillarning to‘g‘ri hisobga olinmasligi samaradorlikning hisbolashda chalkashliklar yuzaga keltirib chiqadi.
Repsublika hududida ekoneometrika fanining keng o‘rgatilmasligi. Chunki ekonometrika bu samaradorlikni va unga omillar ta’sirini o‘rganishga yordam beradi. Ming afsuski bugungi kunda bundan ko‘chilikning xabari ham yo‘q.
Samaradorlikni oshirishda eng muhim narsa bu boshqaruv va mulkchilik shakli. Bizning bank tizimimizda esa ba’zi bir banklardan boshqa
barcha banklarimiz ushbu jihatlarni unutib qo‘yishmoqda, yoki e’tiborga olishmayapti xolos.
Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish yo‘llari sifatida biz ba’zi takliflarimizni keltirib o‘tamiz. Samaradorlikka ta’sir qiluvchi omillarning to‘g‘ri hisobga olinmasligi uning noto‘g‘ri hisoblanishiga olib keladi.
Fikrimizcha respublika bank tizimida samaradorlikni aniqlashda quyidagi omillarning ham ta’sirini o‘rganib chiqishimiz lozim. :
Tijorat banklari aktivlaridan samarali foydalanish darajasi va uning auditini takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
tijorat banklari aktivlarining likvidliligi va daromadliligi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikning optimal darajasini yuzaga keltirish;
tijorat banklarining kreditlardan olinadigan foizli daromadlarining yalpi daromad hajmidagi salmog‘ining barqarorligini ta’minlash maqsadida: kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ini pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik, kreditlar foiz stavkalarining keskin tebranishning oldini olish, muddati o‘tgan kreditlarning brutto kreditlar hajmidagi salmog‘i ko‘rsatkichining me’yoriy darajasini ta’minlash;
tijorat banklari foizli daromadlarini audit qilish jarayonida foizli daromadlarning yalpi daromad hajmidagi salmog‘ining pasayish sabablari aniqlanishi va ularni bartaraf qilish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Aynan ushbu uch omilni hisobga olish bankning samaradorligini oshirishda muhim ro‘l o‘ynaydi. Bankning boshqaruv strategik modelini ishlab chiqish lozim. Mulkchilik shakli va boshqaruv shakllarini o‘zaro bog‘liq hisoblanadi.Mulkchilik shakllarini biz kapital konsentratsiyasi va mulkdorlarning
identifikatsiyasiga ko‘ra ajratishimiz mumkin. Mulkdorlik kontsentratsiyasi va mulkdor identifikatori asosan ikkita mulkka asoslangan tuzilmalardir. Mulkchilik kontsentratsiyasi eng katta aksiyadorlar ovoz berish huquqi va shuningdek, ikkinchi va uchinchi yirik aksiyadorlarning ovoz berish huquqlari bilan baholanadigan ovoz berish huquqlarining kontsentratsiya darajasini tavsiflaydi. Mulkchilik konsentratsiyasi miqdori eng katta aksiyadorning boshqalarga nisbatan tafovut darajasi bilan taqqoslanishi mumkin. Mulkdor identifikatori eng katta aksiyadorning turiga qarab o‘lchanadi; chet el, mahalliy yoki davlat bo‘lishi mumkin. Ya’ni, agar bank kapitalida chet el kapitali ko‘proq bo‘lsa unda identifikator chet ellik, davlat ulushi ko‘p bo‘lsa unda davlat banki hisoblanadi.
Aksiyadorlar ovoz berish huquqining tafovuti ularga o‘z kapitalini minimal darajada kam jalb qilish orqali nazoratni qo‘lga kiritishga va boshqarishga imkon beradi. Mulkchilik kontsentratsiyasining va moliyaviy samaradorlik biri biriga o‘zaro teskaridir. Ya’ni firmaning mulkchilik kontsentratsiyasi ortib borayotganligi tufayli moliyaviy samaradorligi pasayib boradi. Buning sababi shundaki, mulkchilik kontsentratsiyasining oshishi bankning bozor likvidligini kamaytiradi, shuningdek, imkoniyatlarni diversifikatsiya qilish imkonini beradi, natijada firma kapitalining qiymatini oshiradi.
Yuqori malakali menejerlar tomonidan ko‘proq kapitalga egalik qilinishi faoliyatni ko‘proq rag‘batlantiradi, chunki bu holat monetar rag‘bat sifatida ishlaganligi sababli bank samaradorligini kuchaytiradi. Fikrimizcha katta aksiyadorlik kapitali ulushi egasi bo‘lgan rahbarlarni juda boy va kuchli ekanliklari bank faoliyatiga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki ular yetarlicha boy bo‘lganliklari sababli foydani maksimallashtirishga qiziqmaydilar va bu bilan firmaning moliyaviy ko‘rsatkichini pasaytiradi.
Tadqiqot rejasi