Ma’lumki O‘zbekiston sharoitida tijorat banklari yuqoridagi ko‘rsatkichlardan kompleks tarzda foydalanishmaydi. Ba’zi ko‘rsatkichlar hisoblanmaydi. Bunga misol qilib esa xodimlar samaradorlik ko‘rsatkichlarini olishimiz mumkin. Tijorat banklarida xodimlar foydalilik darajasi hisoblanishi, ularning o‘z ishlaridagi unumdorlik darajasini oshirishga o‘ziga xos turtki vazifasini o‘tab beradi. Fikrimizcha yuqoridagi ko‘rsatkichlarni tijorat banklarida
kompleks tarzda hisoblab uni aholining keng qismiga ommaviy axborot vositalari orqali keng tarqatish lozim. Bu harakatlar uning shaffofligini ta’minlab, bank faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tashqi foydalanuvchilarini o‘ziga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan xalq bilan bilan muloqot va inson manfaatlarini har qanday narsadan ustun ekanligini, aholi uchun idoralarning ishlashini shaffoflashtirish lozimligini ta’kidlab kelmoqdalar. Bu esa bank sohasida bank sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlardan tashqari barcha ma’lumotlar ochiqligi va bank faoliyati shaffofligini ta’minlashni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va tijorat banklari oldiga qo‘yilgan vazifalardan hisoblanadi.
Ma’lumotlarni qamrab olish metodi bank faoliyat yo‘nalish modelini shakllantirib beradi va faoliyatning kirim va chiqimlarini aniqlaydi. Bank yo‘nalish modelida foydalaniladigan bir nechta yondashuvlar mavjud bo‘lib ular quyidagilardir:
Ishlab chiqarish yondashuvida bank faoliyati depozit hisobraqamlar egalari va qarzdorlar uchun xizmatlar xizmat ko‘rsatuvchi sifatida qaraladi. Ammo ushbu yondashuv muammosi shundaki mahsulotlar hajmini baholash yo‘lidir. Ya’ni mahsulotlar hajmini taqdim etishning eng qulay yo‘li qaysi biri ekanligidir.
Vositachilik yondashuvi ishlab chiqarish yondashuviga yordamchi yondashuv hisoblanadi. Uning farqi esa bank faoliyatining spesifikatsiyasi yo‘llaridadir. Ushbu model bank depozitdan kreditlarga o‘tkazish jarayonlarida asosiy rolini ta’kidlaydi.
Shuningdek, banklar kapitali va depozitlarining yuqori sur’atlarda o‘sishi, o‘z navbatida, ularning iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo‘llab- quvvatlashdagi ishtirokini faollashtirishga, bank aktivlari va kredit qo‘yilmalari hajmining ko‘payishiga ijobiy ta’sir qiladi. Respublikamiz bank amaliyotida aktiv
operatsiyalar tahlilidan keng foydalanish mijozlarning kreditlarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga, banklarning kredit operatsiyalari ko‘lamini kengaytirishga, kredit riskini ma’lum darajada minimallashtirishga va nihoyat, banklarning kredit operatsiyalaridan oladigan daromadlarini oshishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan tashqari bank samaradorligini aniqlash va uni shaffofligini ta’minlash ham muhim ahamiyatga egadir. Chunki bank faoliyati moliyaviy tahlil ma’lumotlaridan foydalanuvchilar va ularning talablarini, ma’lumotlarni ishlatish hamda baholash turlariga qarab quyidagicha guruhlashtirish mumkin (1.1-jadval).