Tarmoqlar iqtisodiyoti



Yüklə 108,7 Kb.
səhifə3/11
tarix30.05.2022
ölçüsü108,7 Kb.
#60083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ALIYEV ELSHOD

Tadqiqot asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqotimizning asosiy masalasi bu tijorat banklarini samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq. Ayni vaqtda jahon miqyosida globalizatsiya jarayonlarini tezlashishi iqtisodiy integratsiyalashuvlarning kuchayishi va bank sohasida raqobat muhitini ortishi banklar faoliyatida xar bir elementni qaytadan ko‘rib chiqqan holda takomillashtirishga majbur qilmoqda. Birinchi navbatda banklarning samaradorliligini hisoblashni xorij amaliyotidan foydalanish uchun eng avvalo bank moliyaviy natijalarini xalqaro standartlar asosida ko‘rib chiqmog‘imiz lozim.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqot natijasida olingan ilmiy xulosalar va ular bo‘yicha shakllantirilgan takliflarni darslik va o‘quv qo‘llanmalarga kiritib kelgusi yillarda kollej o‘quvchilari,bakalavr va magistrlar uchun kerakli ma’lumot sifatida taqdim qilish nazarda tutilgan. Tadqiqot asosida ishlab chiqilgan ilmiy takliflarni tijorat banklari faoliyatini samaradorligini aniqlash va uni oshirishda qo’llash tadqiqot ishining amaliy ahamiyatini ifodalaydi.








\








II BOB. ADABIYOTLAR SHARHI


Tijorat banklarining samaradorligni aniqlash va uni oshirishga oid masalalarning nazariy va amaliy jihatlari xorijlik iqtisodchi olimlar – A.Smit, Samuelson, Kapiga, Rose, Classiens, Kempbell R.Makkonnell, Stenli A.D.SHeremet, Lavrushin O.I, E.V.Negashev, A.V.Tyutyunin, V.E.CHerkaev o‘zbekistonlik iqtisodchi olimlardan Vaxabov A.V,Qoraliev T.M, I.T.Abdukarimov, Abdullaeva. SH.Z, A.Omonov, M.M.Pardaev va boshqalar keng o‘rganilib, yoritib berilgan.2


Shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Xalqaro Hisob-Kitob Banki va Jahon banki mutaxasislari ham o‘zlarining bir qancha ilmiy tadqiqot natijalarini berishgan. Bunda ular banklarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil metodlarini kengroq yoritishga va turli banklarning bu yo‘nalishdagi afzallik va yutuqli tomonlarini o‘rgangan holda o‘zlarining tavsiyalarini berishga harakat qilishgan.3

Yüklə 108,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin