Aholi turmush darajasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
_______________________________________________________________________________________ “O‘zbekiston statistika axborotnomasi”
ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 99 statmirror.uz
YO.Abdullaev ta’kidlaganlaridek, Aholi daromadlari - bu oila a’zolari
tomonidan muayyan davrda olingan pul va natural ko‘rinishdagi mablag‘lar
qiymati yig‘indisini ifodalaydi. Har doim talabda-ehtiyojlar darajasi va tarkibi
ortib, uning daromadlari miqdoriga bevosita bog‘liq ravishda ta’sir
ko‘rsatadi[13].
Q.X.Abdurahmonov aholining turmush darajasiga quyidagicha ta’rif
bergan: “Turmush darajasi deganda, aholining zaruriy moddiy va nomoddiy
ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ularni iste’mol qilish
darajasi tushuniladi” [14].
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur maqolada xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning aholi turmush
darajasini statistik baholashga bag‘ishlangan ilmiy asarlari o‘rganilgan. Vazirlik
va idoralarning aholi turmish darajasini ifodalovchi ma‘lumotlarining tahlilida
statistik ma‘lumotlarni guruhlash, silishtirma tahlil, tanlanma kuzatuv
usullaridan foydalanildi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida adabiyotlar qiyosiy
tahlili, mantiqiy va tarkibiy tahlil qilish, statistik guruhlash, turli
umumlashtiruvchi
ko‘rsatkichlar
va
qiyosiy
taqqoslash
usullaridan
foydalanilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Bizning fikrimizcha, istiqbolda aholi pul daromadlarining oshirish va
ijtimoiy himoyalashni ta’minlovchi asosiy manbalar quyidagilardan iborat:
1. Aholining shaxsiy tomorqa uchastkalarini kengaytirish hisobiga oziq-
ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish. Hech
kimga sir emas, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bozorlarni mo‘l-ko‘lligini
ta’minlab turgan va narx-navoni nisbatan past bo‘lishini ta’minlovchi manba
sifatida aholini shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari maydonga chiqmoqda. Bu esa
aholining umumiy daromadlarini, birinchi navbatda shaxsiy yordamchi
xo‘jaliklaridan olinadigan daromadlarini ko‘payishiga zamin yaratadi;
2. Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan beriladigan
moddiy yordamlar orqali aholining kam ta’minlangan qatlami daromadlari
darajasini saqlab qolish;
3. Mehnat nafaqasi va oylik maoshlarini muntazam ravishda indeksastiya
qilish hisobiga aholining pul daromadi darajasini qo‘llab quvvatlash;
4. Ommaviy ishsizlikning oldini olish maqsadida norentabel ishlab
chiqarishda band bo‘lgan aholini ishdan bo‘shatishda extiyot bo‘lish siyosatini
qo‘llash;
O‘zbekistonda iqtisodiy islohatlarning 2-bosqichida ya’ni 1995-1999
yillarda mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgarishi yuz
berdi. Mustaqillikning beshinchi yilida ya’ni 1996-yilda birinchi marta (MDH