nafaqasi miqdori minimal ish haqiga nisbatan tez oshirilmoqda. Agar 1990-yilda
minimal ish haqi va mehnat nafaqasi miqdori teng bo‘lsa, hozirgi kunda minimal
mehnat nafaqasi miqdori minimal ish haqi miqdoridan qariyb 2 barobar ortiq.
2. Kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga yo‘naltirilgan ijtimoiy yordam
sifatida muntazam berib boriladigan nafaqa pullar;
- vaqtincha ishsiz qolgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi sifatida moddiy
yordam
berish,
mutaxassislikka
tayyorlash
jarayonida
kasb
hunar
o‘rganuvchilarni stipendiyalar berib o‘qitish va ishsizlik nafaqasiga ishsizning
qaromog‘ida bo‘lgan va har bir jon uchun 10 foizdan qo‘shimcha mablag‘ qo‘shib
berish;
- daromadni o‘sib borishi darajasiga qarab jismoniy shaxslardan soliq olish
va xakozo (oylik darajasi bir minimal maosh miqdorida bo‘lgan shaxslardan
soliq olinmaydi).
Jahon iqtisodiyotiga globallashuv sharoitida aholi daromadlarini
indeksastiyalash muxim ahamiyatga egadir, chunki bu aholi daromadlarini
oshishiga yordam beradi.
Indeksatsiya - bu fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha davlat
umumsiyosatining bir turi bo‘lib, aholining ayniqsa, qashshoq qatlamdagi
aholining (pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali oilalar, talabalar) pul
daromadlarini va ularni sotib olish qobilyatini saqlab qolishga qaratilgan.
Indeksastiyani amalga oshirishda iste’mol buyumlariga bo‘lgan baxo indeksi asos
qilib olinadi. Indeksastiyani amalga oshirishda eng kam iste’mol savati aniqlanadi.
“Iste’mol savati” insonga zarur bo‘lgan oziq-ovqat, sanoat mollari va
xizmatlarining tirikchilik uchun kifoya qiladigan xajmidir[5].
O‘zbekistonda ijtimoiy muhofaza tizimini isloh qilishning muhim yo‘nalishi
samarali pensiya tizimi, insonga keksayganda yashash manbaini yo‘qotmaslik,
o‘z xizmatlari uchun munosib taqdirlanish imkonini beradigan mexanizmning
yaratilishi bo‘ldi. Pensiya ta’minoti “Fuqorolarning pensiya ta’minoti
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Respublikada qonunga muvofiq pensiyaning 3 xil turi mavjud: yoshga ko‘ra
pensiya, nogironligi uchun pensiya, boquvchisini yo‘qotganligi uchun pensiya.
O‘zbekistonda o‘ziga xos mahalla instituti orqali amalga oshirilayotgan
maqsadli ijtimoiy ta’minot tizimi, garchi ayrim kamchiliklarga ega bo‘lsada,
boshqa har qanday tizim bilan solishtirganda yuqori samaradorlikni
ko‘rsatmoqda. Ushbu tizimning uzluksiz monitoringini o‘tkazish va uning
samaradorligini oshirish uchun mos keluvchi zarur o‘zgartirishlarni kiritish
zarur. Ilk tadqiqotlarda ko‘rsatilganidek, bolalar nafaqa to‘lovlari dasturi
ijtimoiy yordam dasturiga qaraganda, maqsadli guruhga erishishga nisbatan
yaxshiroq ishlaydi[6].
Mahallalar orqali maqsadli ijtimoiy yordam ko‘rsatishning asosiy kamchiligi
shundaki, maqsadli guruhni faqat har bir mahalla doirasida aniqlasa bo‘ladi,