Tarmoqlar va sohalar



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix17.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#115819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Aholi turmush darajasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari

_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” 
ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 94 statmirror.uz
 
tizimi joriy etildi. Qisqa muddatda bu tizim orqali 527 ming fuqaroning bandligi 
ta’minlandi. 
Bundan tashqari, o‘zini o‘zi band qilgan aholi uchun soliq imtiyozlari 
berilishi hamda ko‘pgina cheklovlarning bekor qilinishi tufayli 500 ming nafar 
fuqaro mehnat faoliyatini qonuniy tarzda yo‘lga qo‘ydi. 
Dehqon xo‘jaligi va tomorqa er egalariga 300 milliard so‘m imtiyozli kredit 
va subsidiya ajratilgani ham qishloq aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda 
yangi yo‘nalishga aylandi [2]. 
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug‘ulanuvchi fuqorolar (dehqon xo‘jaligi a’zolari bilan birgalikda) 
pensiya ta’minoti tizimida ishtirok etishi ixtiyoriydir. 
Yuqoridagilarni hisobga olib, aytish mumkinki, respublikamizda turli 
qatlamdagi aholini ijtimoiy himoyalashni asosiy yo‘nalishlarini belgilash, kam 
ta’minlanganlar, pensionerlar, talabalar va vaqtincha ishlamayotganlarni 
himoyalash tizimini kuchaytirish kelgusida bajarilishi zarur bilan muhim 
ijtimoiy masalalar hisoblanadi 
O‘zbekiston o‘tish davrining boshidanoq aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy 
muhofaza qilish tizimini ta’minlash uchun katta kuch va resurslar sarflamoqda. 
Xususan, 1994-yilgacha Hukumat avvalgi ijtimoiy himoya tizimining ayrim 
elementlarini saqlab kelgan. Asosiy oziq-ovqat va xizmat turlariga subsidiyalar 
saqlab qolindi, sog‘liqni saqlash va ta’lim xarajatlarini avvalgi darajada 
saqlashga harakat qilib ko‘rildi. Nafaqa tizimi saqlab qolindi, vaqti-vaqti bilan 
nafaqalar indeksastiyasi o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, ish haqini «umumiy» 
indeksastiyalash muntazam o‘tkazib turildi. Biroq bu choralarning barchasi 
mamlakat byudjetiga katta yuk bo‘lib tushdi. Universal subsidiyalardan voz 
kechish va maqsadli ijtimoiy yordam ko‘rsatishga o‘tish qaror qilindi. 1994-yilda 
(milliy valyuta joriy qilingandan so‘ng) asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga 
subsidiyalar bekor qilindi (cheklandi) va kam ta’minlangan oilalarga maqsadli 
ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi joriy qilindi (mahalla tizimi orqali). 1997-yilda 
bolalar uchun to‘lov tizimi har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad, 
belgilangan chegaradan past bo‘lgan, 16 yoshgacha bolali oilalar olishi mumkin 
bo‘lgan maqsadli to‘lovlar bilan almashtirildi. 1999-yildan boshlab mahalla 
tizimi orqali ikki yoshdan kichik bolali ishlamaydigan onalar uchun maqsadli 
to‘lovlar beriladigan bo‘ldi [3]. 
Aholining 
umumiy 
daromadlari 
doimiy 
yoki 
takrorlanuvchi
xususiyatga ega bo‘lgan, yillik yoki undan kam vaqt oralig‘idagi davrda, uy
xo‘jaligi yoki uning alohida a’zolariga tushadigan pul va natura shaklidagi
tushumlardan tashkil topadi. 
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2022-yil holatiga ko‘ra, aholining umumiy 
daromadlari 634,8 trln.so‘mni tashkil etdi. Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish 
sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, 


TARMOQLAR VA SOHALAR 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin